Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti


Download 25.11 Kb.
bet2/8
Sana29.09.2023
Hajmi25.11 Kb.
#1690001
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
82432 (1)398

TAVSIFNOMA


6-“A” sinf o quvchisi Ahmadjanova Mehribon bilimli, ijodkor va boshqalarga nisbatan iqtidorli o quvchi. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiradi va a’lo baholarga o qiydi. Shuningdek, dunyoqarashi keng, o’z fikrini boshqalarga erkin tushuntirib bera oladi, jamoat ishlarida, tadbirlarda, bilimlar bellashuvida ham faol qatnashadi. O’z ustida doimiy ishlashi tufayli so’z boyligi yuqori. Mustaqi ravishda sodda gaplarni tuza oladi, o’zi haqida qisqacha bo’lsa ham ma’lumot bera oladi.


O qituvchilari va sinfdoshlari bilan yaxshi aloqada, tarbiyali o’quvchi. Dars jarayonlariga muntazam qatnashadi, darsliklar bilan cheklanib qolmay, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan ham foydalana oladi. Bir necha tadbir va musobaqalarda olgan faxriy yorliq va diplomlari ham mavjud.
O zi mustaqil ravishda mavzuni o’zlashtiradi va darsni tashkillay oladi.
Mas’uliyatli o’quvchi sifatida o’z kelajagi haqida qayg’uradi va oliy o’quv yurtida o’qishni davom ettirishni, kelajakda malakali kadr bo’lib yetishishni xohlaydi.
Maktab direktori: Daminova O

Maktab psixologi: Tursunov J


Sinf rahbari: Jabborova V


Amaliyotchi talaba: Umarova I


Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti O zbek tili. Filologiya va tillarni o qitish yo nalishi 4-kurs 02-guruh talabasi Umarova Intizor tomonidan Samarqand shahar XTBga qarashli
19-umumiy o’rta ta’lim maktabining 6-“A ”sinf o quvchilariga

TAVSIFNOMA


6-“A ”sinf o’quvchilari pedagogik amaliyot davomida intizomli, zukko, tirishqoq va bilimli o’quvchilar sifatida o’zlarini ko’rsatishdi. Bilimlarni har doim qunt bilan o’rganishga harakat qilishadi va darslarga diqqat bilan quloq solib, so’raganda izchil javob berib borishadi. Ularning dars davomida faol ishtirok etishlari bilan bir qatorda, mashg’ulotlarni qoldirmaslikka bo’lgan harakatlari, intilishlari, ayniqsa, tahsinga sazovor.


6-“ A ”sinf o’quvchilari “Ona tili” va boshqa fanlardan qunt va ixloslari, tirishqoqlik bilan harakat qilishlari bois maktabda hamda tuman olimpiadalarida yetakchi o’rinlarni egallab kelishgan. Ushbu o’quvchilar o’qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni kechiktirmasdan, o’z vaqtida to’la va puxta bajarib borishadi. Maktab va sinflararo o’tkaziladigan tashkiliy, jamoa ishlarida, jumladan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham faol qatnashadi.
6-“A ”sinf o’quvchilar to’g’ri so’zligi, odobliligi, do’stlariga mehribonligi, ahil- inoqligi bilan o’qituvchilarining, shu qatorda, mening hurmatimga sazovor bo’lishdi.
Amaliyot rahbari: Hasanov A

Amaliyotchi talaba: Umarova I



Download 25.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling