Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti


Download 25.11 Kb.
bet5/8
Sana29.09.2023
Hajmi25.11 Kb.
#1690001
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
82432 (1)398

BAYONNOMASI


Sana: “30”-mart 2022-yil


Tahlilda ishtirok etdilar:
Maktab direktori: O. Daminova
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi: G. Qo’ziboyeva Ko’rilgan masala: ochiq darsning tahlil qilinishi.
6-sinfda ona tili fani bo’yicha “Sifat so`z turkumi” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars tahlili.
Masala yuzasidan maktab direktori so’zga chiqdi. U o’z so’zida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi. U pedagogik amaliyotchining quyidagi yutuq va kamchiliklari haqida aytib o’tdi:
Yutuqlari: Darsda o’quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanildi: kartochka, buklet, tarqatma materiallardan foydalanildi.
Yig’ilishda fan o’qituvchilari ham dars to’g’risida o’z fikrlarini aytdilar:
Jumladan, G. Qo’ziyeva o’z so’zida dars davomida ba’zi o’quvchilar o’qituvchi nazaridan chetda qolganligi, buning natijasida o’quvchilarga darsda berilishi kerak bo’lgan BKM (bilim, ko’nikma, malaka) elementlari o’zlashtirilmay qolganligi ta’kidlab o’tildi. Darsda erishilgan yutuqlar txususida to’xtalib, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy o’qitishning interfaol uslub metodlardan foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuq va kamchiliklarga to’xtaldi.
Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qarori:

  1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan o’tkazilgan dars “yaxshi” deb baholansin.

  2. Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin.

Yig’ilish raisi: Daminova
Samarqand davlat universiteti 402-guruh talabasi Umarova Intizorning

Samarqand viloyati Samarqand shahar 19-umumiy o’rta ta’lim maktabida amalga oshirgan pedagogik amaliyoti bo’yicha


HISOBOTI


2021-yil 4-sentabrda “O’zbek tili va adabiyotini o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchilari va 4-kurs talabalari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishni filologiya fakulteti dekani prof. A. Pardayev ochib berdi va pedagogik amaliyot haqida tushuncha berdi. Undan keyin pedagogik amaliyot raisi , “O’zbek tili va adabiyotini o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri prof. I. Mirzayev so’zga chiqdi va pedagogik amaliyot o’tkazilish tartibi, muddati hamda bu amaliyotning ahamiyati va mas’uliyati haqida so’z yuritdi. So’zini yakunlar ekan, talabalarga omad tiladi. Undan keyin Hasanov A. so’zga chiqdi va amaliyot xususida fikrlarni to’ldirdi hamda kafedra o’qituvchilari qaysi talabalarga amaliyot rahbari ekanligini ma’lum qildi. Mening amaliyot rahbarim Hasanov A. ekan.


Men Samarqand viloyati Samarqand shahri XTBga qarashli 19-umumiy o’rta ta’lim maktabi bilan shartnoma tuzdim hamda shu maktabda amaliyot o’tadim. Amaliyot rahbarim malakali pedagog o’qituvchi G. Qo’ziyeva hisoblanadi. Menga 6-“A” sinfi biriktirildi, ushbu sinfga ona tili va adabiyot fanlaridan dars mashg’ulotlarini olib bordim.
Dars o’tish bilan birgalikda dars tahlili bilan ham shug’ullandim. Amaliyot rahbarimdan hujjat ishlarini o’rgandim.
Amaliyotim davrida turli o’qituvchilarning darslarini kuzatdim. Bulardan bittasi amaliyot rahbarim G. Qo’ziyeva 6-sinfga ona tilidan “Fe’l nisbatlari” mavzusida o’tgan darsiga tahlil qilish uchun kirdim. O’qituvchi darsni yurtimizda sodir bo’layotgan yangiliklarni yetkazishdan boshladi. Darsning asosiy qismiga o’tib, o’tgan darsni savol-javob qildi. Keyin yangi mavzuni qiziqarli ma’lumotlar bilan tushuntirdi, klaster, baliq skeleti metodlaridan foydalanib dars olib bordi.
O’quvchilar darsga faol qatnashdilar. Dars mazmunli va qiziqarli o’tdi. Men bu dars mashg’ulotidan ta’lim metodlarini qo’llashni o’rgandim.
Amaliyot davomida darslarni kuzatib tajriba orttirdim. Shunday darslardan biri ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Yodgorova G.ning darsi bo’ldi. 5-sinflarga adabiyot fanidan “Oybek” mavzusida o’tgan ochiq darsida qatnashdim. O’qituvchi darsni yaxshi tashkil qildi. Dars juda tushunarli va qiziqarli bo’ldi. Bundan tashqari tarix, matematika, fizika fanlaridan darslarni kuzatdim, tahlil qildim. O’zim ona tili va adabiyot fanlaridan mustaqil ravishda dars o’tdim.
Shuningdek, amaliyotim davomida tarix fani o’qituvchisi Majidov Husanning 6- sinflarga “Tarix svilizatsiyasi” mavzusida o’tgan darsiga tahlilga kirdim. Darsni kuzatdim va tahlil qildim.
Dars tahlillari davomida Pardayeva Faridaning 6-sinfga Adabiyot fanidan “Zarbulmasal” mavzusida o’tgan darsida kuzatuvchi sifatida qatnashdim.
G. Qo’ziyeva , H. Majidov va F. Pardayevalarning darslarida muntazam kuzatuvchi sifatida qatnashdim va tahlil qildim. Ulardan dars o’tish texnikasi, pedagogik mahorat sirlari va darsda vaqtni to’g’ri taqsimlashni, shuningdek, metodlarni qachon va qanday qo’llashni o’rgandim.
Pedagogik amaliyotim davomida 6 ta (2 ta ona tili va 4 ta adabiyot fanidan) ochiq dars o’tdim.
15-Sentabr kuni 5-“A”sinfiga “Maqollar” mavzusida ochq dars o’tdim. Darsga kuzatuvchi sifatida N. To’rayeva, G. Qo’ziyevalar kirdi. Darsni tashkil qildim.
O’tgan mavzuni savol-javob qildim va baholadim. Yangi mavzuni turli xil metodlar asosida tushuntirdim. Yangi mavzuni mustahkamladik. Uyga vazifa qilib maqollarni o’qib-o’ganib kelishni berdim. Dars qiziqarli o’tdi. Darsdan keyin o’qituvchilar yutuq va kamchiliklarimni aytib o’zlarining fikrlarini bildirdilar.
28-fevral kuni 2-sinf o’quvchilariga o’zbek tili fanidan “Harflar maydonchasi” mavzusida ochiq dars o’tdim. Darsga kuzatuvchi sifatida Z. Murodova va J. Hamrayevlar kirishdi. Darsni tashkil qildim. O’tgan mavzuni savol-javob qildim va
baholadim. Yangi mavzuni darsga doir taqdimot asosida tushuntirdim. Harflar bilan bog’liq o’yin daraxtchasini o’ynattirdim. Yangi mavzuni mustahkamladik. Uyga vazifa qilib harflarni takrorlashni berdim. Dars qiziqarli o’tdi. Darsdan keyin o’qituvchilar yutuq va kamchiliklarimni aytib ozlarining fikrlarini bildirdilar.
25-mart kuni 6-sinfga “Aniq va mavhum otlar” mavzusida ochiq dars o’tdim. Darsga Xolmirzayeva D., Siddiqova M. lar kuzatuvchi sifatida kirdi. Darsni tashkil qildim.
O’tilgan mavzuni “Aqliy hujum” metodi orqali so’rab, mustahkamladim va baholadim. Yangi mavzuni tushuntirgach, mustahkamlash uchun “Baliq skeleti”, “Klaster” usullaridan foydalandim. Berilgan mashqlarni bajardik, Uyga vazifa qilib 106-mashqni berdim. Darsdan keyin tahlil qilgan o’qituvchilar dars yaxshi o’tganini, darsni namunali dars sifatida olinishini, o’quvchilar darsga yaxshi tayyorlanib kelishganini aytishdi.
30-mart kuni 6-sinfga ona tili fanidan “Sifat” mavzusida ochiq dars o’tdim. Darsga kuzatuvchi sifatida N. To’rayeva, M. Maxmudovalar kirdi. Darsni tashkil qildim. O’tgan mavzuni “Zanjir” usuli orqali savol-javob qildim va baholadim. Yangi mavzuni “Lola guli” va “Venn diagrammasi” metodlari asosida tushuntirdim. Yangi mavzuni “Aqliy hujum” orqali mustahkamladik. Dars qiziqarli o’tdi. Darsdan keyin o’qituvchilar yutuq va kamchiliklarimni aytib o’zlarining fikrlarini bildirdilar.
20-aprel “Muhammad Yusuf hayoti va ijodi” munosabati bilan 8-sinflar bilan “Muhammad Yusuf – el ardog’idagi shoir” nomli bayram tadbirini tashkil qildim. Bayramni tashkil etish, o’quvchilarni tayyorlash, ssenariy tuzish ishlarida maktab jamoasi menga yaqindan yordam berdi. Bayram O’zbekiston Respublikasi madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Bayramni maktab direktori O.Daminova o’z nutqi va bayram tabrigi bilan ochib berdi. O’quvchilar tilimiz haqida she’rlar aytishdi, sahna ko’rinishlari, raqslar ijro etishdi. Tadbir mazmunli va chiroyli o’tdi.
Amaliyotchi: Umarova Intizor
Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti, O zbek tili. Filologiya va tillarni o qitish yo nalishi
4-kurs 02-guruh talabasi Umarova Intizorning 6- sentabrdan 31-oktabrgacha bo’lgan vaqt davomida
Samarqand shahar XTBga qarashli 19-umumiy o rta ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti yuzasidan tayyorlagan oylik

Download 25.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling