Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet38/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

Nazorat uchun savollar:

  1. Oila, mahalla, maktab hamkorligi bola tarbiyasiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  2. Maktab, oila, mahalla hamkorligini amalga oshirish mexanizm deganda nimani tushunamiz?

  3. Oila, mahalla, maktab hamkorligini vazifalarini aytib bering.

  4. Mahalla, oila, maktab hamkorligini amalga oshirish tamoyillarini izohlab bering.

  5. O’quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish uslublari.

  6. Insonni tarbiyasida oila qanday rol o’ynaydi?

  7. Kichik maktabdagi bolalarni tarbiyalashda ota-onalar qanday pedagogik funksiyalarni bajarish shart?

  8. Maktab, oila va jamoatchilikning tarbiyadagi maqsadlarining birligi nimadan iborat?

  9. Maktab bu ishlarining boshqaruvchi bo’lib, qanday funksiyalarni bajaradi?

  10. Mahalla qo’mitasining hamkorlik ishlarida qanday o’rin tutadi?

  11. Hamkorlik ishlari samarali bo’lishi uchun qanday shart-sharoitlarini yaratish kerak?

III BOB. SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLAR


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni amalga oshirishda direktor o’rinbosarining ish metodikasi
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish metodikasi
Jamoa haqida umumiy tushuncha. Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash
Ота оналар билан ишлаш


3.1. SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNING MAQSADI VA VAZIFALARI

O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega bo’lishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.


Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida»gi farmonida ko’rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, avvalo, komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq. Ushbu Konsepsiya[6] ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg’armalar, qo’mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling