Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geologiya yo’nalishi talabasining “Litologiya” fanidan


Download 279.57 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi279.57 Kb.
#1496199
1   2   3   4
Bog'liq
letalogiya 4

Bu ma’lumotlaming barchasi geologiyada juda muhim bo'lgan hududning nafaqat geologik rivojlanish tarixini tiklash uchun, balki foydali qazilma konlarini qidirishning aniq yo'nalishlarini belgilashda ham zarurdir. Cho'kindi hosil bo'lishdagi fatsial-paleogeorpafik muhitni tiklashda foydalaniladigan asosiy begilami ko'rib chiqaylik. Cho'kindi hosil bo'ladigan suv havzalarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini xemogen cho'kindilar tarkibi va ularda uchraydigan organik qoldiqlar yordamida aniqlash mumkin. Ohaktoshlar normal sho'rlikdagi dengiz suvlaridan, dolomitlar-yuqoriroq sho'rlikda, gips va angidrit-sezilarli yuqori sho'rlikda, galit va kaliy-magnezial tuzlar konsentratsiyasi yuqori bo'lgan namakoblardan (rapa) juda issiq iqlim sharoitida hosil bo'ladi.

MASS-SPEKTROMETRIK TAHLIL. Mass- spektrometriya usulida tekshiriladigan modda bug' holiga o'tkaziladi va undan ionlar hosil qilinadi. Hosil bo'ladigan ionlar ko'pincha musbat zaryadli bo'ladi. Ionlarni ular massasining (m) zaryadiga (z) nisbati bo'yicha bir-biridan ajratish mumkin . Ionning zaryadi birga teng bo'lsa, m/z qiymati uning massasiga teng bo'ladi. Ushbu qiymat massaning uglerod birligidagi massa soni deb yuritiladi. Ajratilgan ionlar m/z qiymatlariga ko'ra ion qabul etgich yordamida qayd qilinadi, natijada tegishli spektr hosil bo'ladi. Spektrdagi signallarning o'rni m/z qiymatga, ularning intensivligi esa ionning chastotasiga to'g'ri keladi. Bu signallar cho 'qqilar deb ataladi.

Mass-spektrometriya usuli bug'simon holatga o'tadigan barcha element va moddalarni analiz qilish uchun ishlatiladi. Anorganik birikmalar va elementlar analizi, ko'pincha, moddalar tarkibidagi izotoplarni aniqlashga, organik moddalar analizi esa moddalarni identifikatsiyalash va ularning strukturasin: aniqlashga qaratiladi. Mass-spektrometrik analiz asoslari. Tekshiriladigan modda molekulalari (yoki atomlari) tezlashtirilgan elektronlar dastasi bilan bombardimon qilinganda, ulardan bitta yoki ikkita elektron urib chiqariladi: M+e→M++2e; M+e→M2++3e


Download 279.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling