Samarqand davlat universiteti german m. V., Yuldashev sh. Q., Usmanova d. Q.,Xalikova L. N


Katta biznes uchun IT infratuzilmasi


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/129
Sana24.09.2023
Hajmi4.58 Mb.
#1687032
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   129
Katta biznes uchun IT infratuzilmasi. 
Odatda yirik kompaniyalar malakali IT-mutaxassislarni jalb qiladilar, ammo bu 
o'zlarining AT bo'limiga qo'shimcha sifatida AT-autsorsingdan foydalanishni istisno 
etmaydi. Bu erda motivatsiya haqiqatan ham yuqori darajada ishonchli va samarali 
axborot infratuzilmasiga intilishdir. 
 O‘z-o‘zini tekshirish savollari 
 
1. Elektron biznes infratuzilmasining mohiyati nimada? 
2. Elektron biznes uchun infatuzilmaning qanday afzalliklari mavjud? 
3. Axborot iqtisodiyot sharoitda O’zbekistonda infratuzilma muhitida qanday 
holat kuzatilmoqda? 
4. Komminikacion servislarning qanday turlari mavjud? 
5. Kichik biznes uchun IT-infratuzilmaning ahamiyati nimadan iborat? 
6. O’rta biznes uchun IT-infratuzilmaning ahamiyati nimadan iborat? 
7. Yirik biznes uchun IT-infratuzilmaning ahamiyati nimadan iborat? 
Mavxu 5. Elektron tijorat va biznesning huquqiy asoslari 
5.1. «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonunning ahamiyati
5.2. Elektron tijoratda axborot almashinuvi 
5.3. Elektron tijorat va biznesning me’yoriy-huquqiy bazasi 


42 
5.1. «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonunning ahamiyati
Yurtimizda elektron tijorat sohasidagi munosabatlarning normativ-huquqiy 
asoslari yaratilgan. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, 
“Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Elektron 
hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlar ana 
shular jumlasidandir. Ushbu huquqiy hujjatlar asosida elektron bank hujjat aylanishi 
elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti.
Barchaga ma’lumki, keyingi yillarda, yurtimizda iqtisodiyotning jadal 
rivojlanishi kuzatilmoqda. Natijada elektron tijoratning ahamiyati tobora oshib, 
aholining ushbu soha xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlari yuksalib borayapti. 
Shak-shubhasiz, elektron tijorat bozorini taraqqiy toptirish axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanib, tegishli mexanizmlarni 
kengroq joriy qilish, eng avvalo, elektron tijorat sohasining huquqiy asoslarini 
yanada takomillashtirish zaruratini kun tartibiga olib chiqdi. Oliy Majlis Senatining 
ikkinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi kutilayotgan yangi tahrirdagi “Elektron 
tijorat to‘g‘risida”gi Qonun ham ana shu talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda 
ishlab chiqilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur huquqiy hujjat Prezidentimizning 
mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-
yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan 
vazifalar doirasida tayyorlangan. 
Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida keng jamoatchilik, soha 
mutaxassislari, siyosiy partiyalarning faol ishtirokida, xalqaro va xorij tajribasi 
chuqur o‘rganilib, ilg‘or yutuq hamda tajribalar hisobga olingan holda qabul 
qilingan. Senat tomonidan ushbu hujjatning keng muhokamasi tashkil etildi. 
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Qonun elektron tijoratni rivojlantirish uchun 
yangi huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va texnik sharoitlar yaratadi. U tadbirkorlikni 
rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo‘shimcha 
sharoitlar yaratish imkonini beradi. Elektron tijoratni yanada rivojlantirishga, 
elektron savdoda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 
qilishga, bitimlarni tuzish tartib-taomillarini soddalashtirishga, elektron tijorat 
ishtirokchilari huquqlarini ro‘yobga chiqarishning huquqiy mexanizmlarini 
o‘rnatish va muhofaza etishga xizmat qiladi. 
Mazkur Qonun respublikada elektron tijoratni yanada keng joriy etishga 
huquqiy zamin yaratib, savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar 
(tranzaksiya xarajatlari)ni kamaytiradi. Elektron tijorat subyektlarining biri-biridan 
geografik uzoqligi bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi. Sotuvchilar va xaridorlar 
o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni o‘rnatish 
uchun sharoit tug‘diradi. Jumladan, bozorda yangi ishtirokchilarning paydo 
bo‘lishida muhim omilga aylanadi. Qolaversa, u tadbirkorlik va ishbilarmonlik 
muhiti yanada yaxshilanishi, xalqaro standartlarga javob beradigan texnologik 
bozor infratuzilmasini yaratishga qo‘shimcha imkon beradi. 
Umuman, Qonunda ko‘zda tutilayotgan qoidalar umumdavlat va hududlar 
manfaatlariga uyg‘un bo‘lib, ular mamlakatda kichik biznes hamda xususiy 


43 
tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligi, investitsiya faolligini 
yuksaltirib, ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotlar 
hamda 
ko‘rsatilayotgan 
xizmatlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligi va sifati oshishida ayni muddao 
bo‘ladi. 
O‘zbekiston Internet tarmog‘idan foydalanish orqali biznes faoliyati 
rivojlanishining dastlabki bosqichida turibdi. Shu bilan birga, ushbu jarayon 
boshlangan. Internetdan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada o‘sishi 
kuzatilmoqda. Hozirgi paytda Respublikamizda elektron biznesning predmetini 
asosan kitoblar, audio hamda videokassetalar va xizmatlarning ba’zi turlari tashkil 
qiladi.Qayd etilgan tovarlar tanlovi ularni xaridorga yetkazish nisbatan osonligi 
bilan izohlanadi. Bu esa respublikada yaxshi rivojlanmagan transport 
infratuzilmasi 
uchun 
ayniqsa 
muhimdir.Ekspert 
ma’lumotlariga ko‘ra, 
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elektron magazinlar soni 100 taga yaqin. 
Ularning 70 foizi Toshkentda joylashgan. Ushbu magazinlarda chop etilgan 
nashrlarning electron versiyalarini sotib olish, kitoblar, musiqa hamda 
videokompakt disklar, kompyuter o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi tovarlar va 
xizmatlar, video-mahsulot montaji uchun uskunalar hamda dasturiy ta’minotni, 
san’at asarlarini sotib olish mumkin. Maxsuslashtirilgan elektron magazinlaridan 
tashqari, tovarlarni keng assortimentini taklif etadigan savdo uylari ham mavjud 
(avtomobil ehtiyot qismlari, kompyuterlar va maishiy texnika, xo‘jalik tovarlari, 
qurilish materiallari, ofis mebeli, antikvariat va h. k.). Internet yordamida, 
shuningdek, moliya, ishga yollash, turizm so-hasida fond, riyelterlik, kompyuter va 
boshqa bozorlarida ishlaydigan firmalarning turli xil xizmatlaridan foydalanish 
mumkin. Misol tariqasida biz www.torg.uz oziq-ovqat mahsulotlari uchun
mo‘ljallangan elektron magazin, www.artel.uz esa texnika mahsulotlarini sotib 
olish uchun mo‘ljallangan elektron magazinlarni aytib o‘tishimiz mumkin. 
Elеktron tijorat faoliyati O’zbеkiston Rеspublikasining “Elеktron tijorat 
to’g’risida”gi 2004 yil 29 aprеldagi 613-II son Qonuni bilan bеlgilanadi va amalga 
oshiriladi. Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda 
oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyutеr 
tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, sеrvis xizmatini ko’rsatishni 
amalga oshirish, markеting tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta'minlaydi. 
«Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonun 2004 yilda qabul qilingan. 11 yil o‘tgach, 
2015 yilda uning yangi tahriri tasdiqlangan, u ayni paytgacha amal qilib kelmoqda. 
2018−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish 
dasturida ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, 
xususan, qonunga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. 
Amaldagi hujjatga tayangan holda, loyihada boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlarning ayrim qoidalari jamlangan. Masalan, elektron tijoratni amalga 
oshirish qoidalari, Shartnomalarni tuzishda elektron raqamli imzolarni qo‘llash va 
elektron hujjatlarni hamda elektron tijoratda qo‘llaniladigan elektron xabarlardagi 
mavjud axborotni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom, Dasturiy mahsulotlar va 
axborot 
mahsulotlaridan 
foydalanish 
huquqini 
amalga 
oshirish 
hamda 
rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va buxgalterlik 
hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom va boshqalarni tilga olish mumkin. 


44 
Natijada qonun bilan tartibga solinadigan mexanizmlar qamrovi kengaygan. 
Hujjatning amaldagi va taqdim etilgan tahriri solishtirma tahlili quyidagilarni 
ko‘rsatdi: 
birinchidan, qonunga juda keng tushunchalar apparati kiritilmoqda. Bazaviy 
atamalar bilan bir qatorda, unga raqamli mahsulotlar, ularni import va eksport 
qilish, raqamli distributsiya, transchegaraviy elektron tijorat va hokazo. ta’riflari 
kiritilgan; 
ikkinchidan, elektron tijoratni amalga oshirishning qo‘shimcha prinsiplari qayd 
etilgan. Xususan, hujjatlarni, shu jumladan elektron hujjatlarni birxillashtirish, 
axborot xavfsizligini, tovarlar (ishlar va xizmatlar) sifati lozim darajada bo‘lishini 
ta’minlash, shuningdek tartib-taomillarning ochiq-oshkoraligi, shaffofligi va 
tushunarliligi haqida so‘z yuritilgan. Mazkur soha asoslangan har bir prinsipning 
mazmun-mohiyati alohida ochib berilgan; 
uchinchidan, sohani davlat tomonidan tartibga solish tartibi belgilangan: 
Vazirlar Mahkamasi, Axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
(vakolatli organ, tahr.), davlat organlari va mahalliy hokimiyatlarning vakolati 
cheklangan; 
to‘rtinchidan, elektron tijorat ishtirokchilarining (sotuvchi va xaridorlar, biznes- 
operatorlar, sh. j. bitimlarni tuzishda ishtirok etuvchi yoki bunda yordam beruvchi 
savdo platformalarining operatorlari, tahr.) tarkibi, shuningdek ularning o‘zaro 
munosabatlari xususiyati belgilangan; 
beshinchidan, bitimlarni tuzish tartibi, shu jumladan ularni hujjatlashtirish 
shakli va tartibi, elektron hujjatlar va xabarlarning yuridik kuchi, ularni saqlash 
shartlari va muddatlari, shuningdek bitim taraflari to‘g‘risidagi axborot tarkibi va 
hokazo batafsil qayd etilgan. Hisob-kitob qilish, tovarlarni yetkazib berish, ularni 
qaytarish va to‘lov summalarini qoplash tartibiga oid masalalar tartibga solingan; 
oltinchidan, raqamli mahsulotlar bilan bog‘liq bitimlarni tuzish qoidalari tilga 
olingan. Transchegaraviy elektron tijoratga alohida bob bag‘ishlangan. 
Bu qonun hujjatlar va ularga kiritilayotgan o’zgarishlarning barchasi yurtimizda 
electron tijoratni rivojlantirish va amaldagi electron tijorat faoliyatlarini qonuniyligi 
va huquqlarini taminlashdir. 

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling