68
beradi. O`zaro aloqalar mijoz-server gipermatn(HTTP) protokolini yetkazishda
foydalanadigan mijoz-server mexanizmi yuzasida amalga oshiriladi.
8 .1. -rasm. Veb-serverlar tasnifi
Trafiklarni boshqaruvchi serverlar yakunlovchi serverlarni yo`naltirishga
bo`lgan ehtiyojini qondirishga mo`ljallangan.
Bu guruhga serverning qidiruv,
katalog, tashabbuskorlik singarilarni ham kiritish mumkin
Qidiruvchi tizimlar internetda veb -server mazmunini indeksiyalash maqsadida
kalit so`zlarni topishda yordamlashish uhcun taqdim etishga xizmat qiladi.
Qoidaga muvofiq qidiruv tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Har bir qidiruv tizimi o'z spayderida ishlaydi;
- Har bir tizim sahifalarni o'ziga xos tarzda indekslaydi va ularni qidirishda
ustuvorliklarga ham ega. Shuning uchun, har bir qidiruv tizimidagi muayyan
kalit so'zlar yoki birikmalarning so'rovi natijalari turlicha bo`ladi.
Qidiruv tizimlariga o'xshash vazifalar server-kataloglari
tomonidan amalga
oshiriladi, unda qidiruv foydalanuvchi tomonidan qo'lda pog`analashtirilgan tarzida
tashkil etilgan kataloglarning mavzuiy tuzilishi bo'yicha amalga oshiriladi. Katalog
ichidagi sahifalar alifbo tartibida beriladi. Katalogda ro'yxatdan o'tish uchun ma'lum
bir shaklni to'ldirishingiz yoki sahifangizni qaysi bo'limga
joylashtirishni
istayotgangizni, saytning qisqacha tavsifini va katalogdagi sahifani qidirish uchun
kalit so'zlar ro'yxatini o'z ichiga olgan so'rov yuborishingiz kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: