Samarqand davlat universiteti huzuridagi jomboy raqamli texnologiyalar texnikumi kompyuter tarmoqlari fanidan


Download 27.17 Kb.
bet4/5
Sana19.04.2023
Hajmi27.17 Kb.
#1362445
1   2   3   4   5
Bog'liq
Magistral tarmoqlarda .Mustaqil ish

Optik aloqa tizimlari
Optik aloqa (OA) bu axborot yorug‗lik nuri ko‗rinishida optik tola bo‗ylab yoki ochiq fazo atmosferada uzatiladigan aloqadir. Optik to‗lqin va signallar yordamida axborotlarni ma‘lum masofalarga uzatishga mo‗ljallangan, boshqacha qilib aytganda, optik signallarni shakllantirishni, qayta ishlashni, uzatishni ta‘minlovchi optik qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig‗indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi. Axborot tolali optik uzatish muxiti orqali uzatilsa, tolali optik aloqa (TOA) tizimi, ochiq atmosferada uzatilsa, ochiq optik aloqa (OOA) tizimi deyiladi. Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan boshqasiga uzatish hisoblanadi. Odatda axborotlarni uzatish mos keluvchi axborot signallari bilan modulyasiyalangan elektromagnit tebranishlar yordamida amalga oshiriladi. So‗ng modulyasiyalangan signal uzatish muhitida tarqaladi va qabul qiluvchi qurilmaga tushadi. Qabul qilgichda signal demodulyasiyalanadi va axborotlar ajratib olinadi. Aloqa tizimlari ko‗pincha elektromagnit tebranishlar, tashuvchi chastota signallari egallagan diapazon bilan tasniflanadi (1.1-rasm). Spektral diapazonga mos xolda radiodiapazon, o‗ta yuqori chastota, millimetrli va optik diapazon tizimlari farqlanadi. Optik aloqa tizimlarida tashuvchi chastota tebranishlari spektrning optik diapazonini egallaydi. Optik diapazon 5 TGs (100 mm) dan boshlanib, unga infraqizil, ko‗rinuvchi va ultrabinafsha diapazonlar kiradi. Infraqizil diapazon 3*1012 dan 4*1014 Gs doirasida joylashib, 100- 0,75 mkm to‗lqin uzunligiga mos keladi. Ko‗rinuvchi spektr 4*1014 dan 0,75*1015 Gs (0,75-0,4 mkm) sohani egallaydi. Demak inson ko‗zi 0,4-0,75 mkm spektrdagi nurlarga sezgir. Quyosh spektri 0,3 dan 1,5 mkm diapazonda joylashadi.
Tashuvchi chastotaning oshishi aloqa tizimining o‗tkazish polosasini oshiradi. 8 OOA tizimlarida nurlanish manbalari elektromagnit to‗lqinlarni ochiq fazoga nurlantiradi, bunda nurlanishni tarqalish yo‗nalishi faqatgina antennaning yo‗nalish diagrammasi bilan aniqlanadi. OOA tizimlarining uzatuvchi muhiti o‗z navbatida uch turga bo‗linadi: atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari.
O‘tkazish oralig‘ining kengligi. Bu tashuvchi chastotasining juda yuqoriligi 1014 _ 1015 Gs bilan tushuntiriladi. Bitta optik tola bo‗ylab sekundiga bir necha terabit axborotlar oqimini uzatish imkoniyati mavjud. O‗tkazish oralig‗ining kengligi tolali optik aloqaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun turuvchi eng muhim afzalligidir.
Optik tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi. Xozirgi kunda ko‗plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik tolalar 1 kanal kilometr hisobida 1,55 mkm to‗lqin uzunligida 0,2-0,3 dB/km so‗nishga ega. So‗nish va dispersiya qiymatlarining kichikligi optik signallarni TOA liniyalari bo‗ylab retranslyasiyasiz 100 km va undan uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Shovqin sathini kichikligi optik tolaning o‗tkazish qobiliyatini oshiradi. Shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi. Optik tola dielektrik materiallar – kvars, ko‗p tarkibli shisha, polimerlardan tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash xususiyatiga ega atrofidagi mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning (elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar) tashqi elektromagnit shovqinlariga ta‘sirchan emas. Shuningdek ko‗p tolali optik kabellarda ko‗p juftli mis kabellarga xos elektromagnit nurlanishlarning o‗zaro ta‘siri kabi muammolar yuzaga kelmaydi
Engilligi, xajmi va o‘lchamlarining kichikligi. Optik kabellar mis kabellar bilan solishtirilganda ancha engil va xajmi kichik. Masalan, 900 juftli 7,5 sm diametrli mis telefon kabeli 0,1sm diametrli bitta optik tola bilan almashtirilishi mumkin. Agar optik tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va bron po‗lat lenta bilan qoplangan bo‗lsa, bunday tola diametri 1,5 sm ga teng bo‗ladi, bu esa ko‗rilayotgan mis kabel diametridan bir necha marta kichik. Optik tolaning bu afzalligi optik kabelli liniya traktlarini qurishda ancha engilliklar yaratadi. Engilligi va o‗lchamining kichikligi tufayli optik tolaning samolyot, vertolyot va boshqa transport vositalarida ishlatilishi tolali optik aloqaning juda muhim yutug‗idir. Masalan, axborotlarni yig‗ish va boshqarish vazifalarini bajarish uchun maxsus jihozlangan samolyotlarda bog‗lovchi kabellar og‗irligini 1 tonnadan oshiqqa kamaytiradi [2].
Aloqaning maxfiyligi. Tolali optik kabellar radio to‗lqin diapazonida umuman nur uzatmasligi sababli, undan uzatilayotgan axborotni uzatib-qabul qilishni buzmasdan ruxsatsiz tashqi ulanishlarda eshitish juda qiyin. Optik aloqa liniyasining monitoring tizimi (uzluksiz nazorat) tolaning yuqori sezgirlik xususiyatini qo‗llab, darxol ruhsatsiz tashqaridan eshitilayotgan aloqa kanalini o‗chirishi va xavf (trevoga) signalini uzatishi mumkin. Tarqaluvchi optik signallarning interferensiya effektini qo‗llovchi tizimlar tebranishlarga, bosimni ozgina og‗ishlariga sezuvchanligi juda yuqori. Xukumat, bank va ma‘lumotlar himoyasiga yuqori talablar qo‗yiladigan boshqa maxsus xizmatlarning aloqa liniyalarini tashkil etishda bunday tizimlar ayniqsa zarurdir [1]. Yong‘indan himoyalanganligi. Optik tolada uchqun hosil bo‗lmasligi kimyoviy, neftni qayta ishlovchi korxonalarda, portlash va yong‗in xavfi mavjud bo‗lgan binolarda xavfsizlikni oshiradi. Iqtisodiy jihatdan samaradorligi. Optik tola kvarsdan ishlab chiqariladi. Uning asosini tabiatda keng tarqalgan kremniy ikki oksidi SiO2 tashkil etadi. Demak tolali optik kabellarni ishlab chiqarish uchun noyob rangli metal sarflanmaydi. Mis va qo‗rg‗oshinning dunyoviy zahiralari 12 chegaralangan xozirgi vaqtda noyob bo‗lmagan maxsulotga o‗tish kabelli aloqa texnikasining kelgusi rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Natijada optik kabellarning narxi mis kabellarga nisbatan arzonlashadi. Tolali optik kabellar signallarni uzoq masofalarga retranslyasiyasiz uzatish imkonini beradi. Uzoq masofali TOA liniyalarida optik kabellarning qo‗llanilishi retranslyatorlar sonini qisqarishiga olib keladi. Buning natijasida ham sarf harajatlar kamayadi. Foydalanish muddatining uzoqligi. Tola vaqt o‗tgan sari eskiradi, ya‘ni yotkazilgan kabellarda so‗nish asta sekin oshib boradi. Biroq, optik tola ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarining mukammallashuvi bu jarayonni sekinlashtiradi va foydalanish muddatini uzaytiradi. Tolali optik kabellardan foydalanish muddati taxminan 25 yilni tashkil etadi.


Xulosa.

Men bu mustaqil ish yozish mobaynida interet tarixi, insoniyatning optik tolali


aloqa liniyalari rivojlanishigacha bo’lgan davrdan to shu kungacha bo’lgan davrini kuzatdim.
Optik tolali chiziqlar an'anaviy simlardan farqini urgandim. Aloqa liniyasi (LAN)bu ma'lumotlar uzatuvchi uskunalar va oraliq uskunalarning axborot signallari uzatiladigan fizik vosita. Optik tolali aloqaning afzalliklari:
Juda yuqori tashuvchi chastotalar tufayli keng polosali optik signallar. Bu shuni anglatadiki, ma'lumot optik tolali liniya orqali taxminan 1 Tbit / s tezlikda uzatilishi mumkinligi haqida malumotlarga ega buldim.
Kompyuter tarmoqlarida optik tolali aloqa liniyalaridan foydalanish kunikmasini va optik tolali aloqa liniyalarining ishlash prinsipini o’rgandim.
Foyda optik tolali aloqa liniyalari (FOCL)) an'anaviy "metall" uzatuvchi
vositalardan farqlarini angladim. Optik tolali kabelni o'rnatish tartibi va
xususiyatlarini o’rgandim. Menga bu mustaqil ish yozishda bilim va asosan kunikmalarga ega bo’lganimdan xursandman.


Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling