Samarqand davlat universiteti ijtimoiy ish kafedrasi 5760100 – “Ijtimoiy ish”


I bob. II. Ijtimoiy ish xodimining axloqiy majburiyatlarini shakllanishi va rivojlanishi


Download 341 Kb.
bet2/3
Sana24.11.2020
Hajmi341 Kb.
#151248
1   2   3
Bog'liq
Ijtimoiy ish xodimining manayiy axloqiy majburiyatlari


I bob. II. Ijtimoiy ish xodimining axloqiy majburiyatlarini shakllanishi va rivojlanishi.
Ijtimoiy ishda axloq tushunchasi insonlarning va jamoaning fikrlar yig’indisidan iborat bo’lib, ijtimoiy ish xodimining faoliyatini asosini tashkil etadi. Ijtimoiy ish xodimi o’zining ish faoliyatida axloqiy me’yorlar, axloqiy normalar orqali ish yuritishlar va axloqiy tushunchalarga amal qilgan holda yondashadilar. Bu faoliyat ularning axloqiy burchini belgilaydi.

Axloq – ijtimoiy ong shakli sifatida muayyan xalq, elat yoki uyushmaning asrlar davomida shakllangan xulq-atvor, xatti-harakatlar, his-to’yg’u va kishilar o’rtasidagi o’zaro real munosabatlar tizimini ifoda etadi. Axloq muayyan xalqning atrof muhitga, kishilarga va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlari sifatida, bir jihatdan, mahalliy-milliy xususiyatga ega bo’lsa, ikkinchi jihatdan, millatning umumjamiyat talablariga uyg’un muvofiqligini ta’minlovchi umuminsoniy xususiyatga ham egadir.

Axloq va ijtimoiy munosabatlar uchun mushtarak manbalardan biri, tabiiyki, til hisoblanib, u ijtimoiy ahborotni saqlovchi, ifodalovchi va yetkazuvchi muhim vosita bo’lib, kishilar hatti-harakati, fe’l-atvorlarini (axloqiy ta’sir-ta’ziyq, ishontirish, tushuntirish, rag’batlantirish, jazolash va hokazo) boshqarish omilidir.

Axloq va jamoatchilik fikri hodisalarining bog’liqligi insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichi va undan keyingi davrlarida namoyon bo’la boshlagan bo’lib, u qabila hamda elatlar maishiy va ijtimoiy ongida o’z ta’sirini o’tkaza boshlagan. Maishiy hayot doirasida axloq asosan quyidagi yo’nalishlarda namoyon bo’lgan:

A) Munosabatlar

B) Faoliyat

Axloqiy sifatlar insonning hatti-harakatlarida namoyon bo’lib, uning gnosiologik, iqtisodiy va ijtimoiy kelib chiqishi, hozirgi mavqyei va axloqiy qarashlariga ishora va guvohlik berib turgan. Axloqiy sifatlar yoki hatti-harakatlar ilk kishilik tarixi, ya’ni insoniyatning zaminga dastlabki qadamlar qo’yilishidan shakllanish bosqichiga kirgan va shu boisdan har bir xalq, elatlarda u o’ziga hos va betakrordir. Xuddi shu ongning muayyan holati hisoblanmish jamoatchilik fikri ham o’zining shakllanishi manbaalarining salmog’i, real kuchga aylanish sur’ati, uyushqoqlik darajasi, xissiy-emosional potensiali hamda mantiqiy-intellektual asoslariga ko’ra milliy iqlimiy, mahalliy hamda regional o’ziga xosligiga egadir.

Axloq asrlar davomida odamlarni jamoaga, uyushuvga, boshqalar manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan yuqori qo’yib, yondashuvga undab kelgan. Bu xususda ulug’ donishmandlar ibratli fikr – qarashlarni ilgari surganlar. Sharqning buyuk olimlaridan Hazrati Bahovuddin Naqshbandiy aytar edilar: “Har kim o’zgalarni hohlasa, o’zini hohlabdi, kimki o’zgani hohlamabdi, bilsinki o’zini hohlamabdi”.

Sharq axloq qoidalari nafaqat shaxsning uyushuviga undaydi, balki uyushgan holda har kishining shaxs sifatida bir butunligi, barqaror turmog’i, jamoaviy integrasiya doirasida ham ruhiy botiniy yaxlitlik saqlanmog’i zarurligi, umumiy bir butunlik ko’plab serjilo va mustaqil yaxlitliklar yig’masidan iboratligini yorqin ifodalaydi. Jamoada shaxs bir butunligi yemirilmaydi, umumlashtirishlar negiziga qurbon etilmaydi, balki mantiqiy muvofiqlik mezoni doirasida uyg’un birlashuv jarayoni tabiiy ravishda amalga oshiriladi. Ayni chog’da shuni e’tiborda saqlash kerakki, har qanday uyg’unlashuv o’lchovsiz, chegarasiz bo’lmasligi, har bir harakatda xissiy va aqliy xushyorlik bo’lishi xalqimiz fe’l-atvorligiga xos an’anaviy belgidir.

Jamoada o’zlikni anglash, ammo unda gegamonlik huquqini talab etmaslik, maqsadga intilishda kamtar va kamsuqumlik daholarimiz ilgari surgan muqaddas shiorlardan biri edi. Hazrat Bahovuddin Naqshbandiy uqtirgan “Xilvat dar anjuman (Anjumanda xilvat yohud o’zlikda qolish), Safar dar vatan (Vatanda safar yohud o’z o’lkangga mutloq emasliging, bu fano zaminda mehmonligingni doimo his etishing) va zoxirda xalq bilan bo’lishlik uqtiriladi. Ammo botinda Haq bilan bo’lish” xususidagi o’gitlari fikrimizning isbotidir.

Movarounnahr xalqlari axloq tizimi jamoatchilik fikrini salmog’ini, uning Haq va Islom qoidalariga nechog’li muvofiq kelishiga bog’liq ekanligini alohida qayd etadi. Shu jamoa a’zolarining to’g’ri va halolligiga, gunoh ishlardan qanchalik o’zlarini forig’ tuta bilishlari bilan ham o’lchanishiga e’tibor qaratiladi. Ayni chog’da jamoa a’zolari gunoh yo’lga kirgudek bo’lsalar, ularni tarbiyalash ishidan bo’yin tovlamaslik zarurligi ham uqtiriladi. “Bu toifa ahlidan har kim bir gunoh qilsa, unga chora tadbir bor, biroq undan yuz o’girish ravo emas”.

Hazrat Bahovaddin Naqshbandiy ayni chog’da axloqning buyuk qudrati va salohiyati uning cheksiz imkoniyatlariga yuksak baho beradi. Xalqni ayblash noto’g’ri va bexuda ish ekanligini uqtiradi. Mabodo el-ulus to’g’ri axloq iznidan va xatto Haq yo’lidan adashgan holda ham unga tushuntirish ko’zi bilan qaramoq lozimligini, xalqni bevosita emas, bilvosita usullarda tarbiyalamoq joizligini tayinlaydi.

Zero inson bir umr shakllanadi, tarbiyalanib boradi. Aslida inson o’z hayotini butun umr davomida ma’qulroq tartiblarga tushurish, jamiyat talablariga muvofiqroq yo’nalishlarga solish tashvishlari bilan yashab o’tadi. Shu boisdan ham jamoatchilik fikri jamiyat axloqiy qarashlari, talab va yo’riqlariga har jihatdan bog’liq bo’lib keladi. Chunki jamiyat axloqiy butunligi insonlar a\loqiy jihatlarining yig’indisidir.

Insoniyatning ongli faoliyati boshlangan ilk davrlarda insonning tashqi dunyo bilan bog’liqligini anglatuvchi ilk mafkuraviy yo’nalish totemizm. “Totemizm” so’zi Shimoliy Amerikalik xindular tilidan olingan bo’lib, e’tiqodiga ko’ra, g’ayri tabiiy kuchga ega bo’lgan hayvon yoki o’simliklarning turlarini ifodalash uchun ishlatiladi va ishlatilgan. Odatda jamiyatdagi har bir urug’ yoki qabila o’zining shaxsiy totemiga ega bo’lib, u bilan bog’liq marosimlarni o’tkazib kelgan. Bu holat ibtidoiy jamoa kishisining o’z kelib chiqishi turli xil hayvon qushlarga olib borib taqash nuqtai nazari chuqur ildiz otishiga olib keldi. Bu xususiyat har xil elatlarda turlicha namoyon bo’lib, tegishli hayvonlarda o’z o’tmishini ko’rish, shu hayvonlar bilan bog’liq tasavvur, ramzlar odat hamda irimlar tizimini ham yuzaga keltirdi. Misol o’rnida xindularda sigir, qozoqlarda uchqur ot, inglizlarda burgut, o’zbeklarda afsonaviy xumo qushi va hokazolarni misol keltirish mumkin. Totemizm xalqlarning tashqi dunyo bilan bog’liq ildizlarini izlash xoxish istaklari, tabiat bilan uyg’unlashuv, undan himoya izlash va intilishlardan guvohlik beradi.

Totemizm – Xalqlar ma’naviyatining shakllanishida tabiiyki, muhim bosqich hisoblanib, u ilk mafkuraviy silsila sifatida elatlarning etnik jihatdan o’z-o’zini anglash qobiliyati hamda etnik asoslaridagi jamoatchilik fikrini tarkib toptirishda katta axamiyat kasb etadi. Bu davr ma’naviyatida axloqiy qoidalar garchi qog’ozlarda ifodalanmagan bo’lsa-da,urug’ umumiy qarashlarida muhrlangan og’zaki yo’sinda ifodalanuvchi barcha axloqiy talablar so’zsiz va bekamu-ko’st bajarilib borishi bilan e’tiborlidir. Shu boisdan ham urug’ tarkibida jismonan o’z-o’zini saqlash instinkti va sayi harakatlari bilan bir paytda jamoa umumiy fikrining mu’tadil saqlanib turishi, turli antogonistik qarashlar avj olib ketmasligining oldini olish uchun ham muayyan mafkuraviy ish doimiy tarzda olib borilgan. Jamoa tarkibidagi kishilarning ana shunday axloqiy faoliyati boshqa ijtimoiy tashkiliy mehnat turlaridan ajralib turgan va ahamiyati jihatidan quyi mavqyelarda bo’lmagan.

Shu boisdan ham o’zbek xalqi yaxlit, to’laqonli ma’naviy merosning ikki yo’nalishi – ayollar va erkaklar axloqiy madaniyati mavzusini alohida maxsus tadqiq etilishi maqsadga muvofiqdir.

Shuni alohida qayd etish lozimki, har qanday axloqiy qoida va talablar jamiyat tomonidan e’tirof etilib, jamoatchilik fikrida mustaxkamlangan holdagina umrboqiylik kasb etadi. Shu boisdan ham axloq jamoatchilik fikrining asosi va unga bevosita bog’liq ijtimoiy ong ko’rinishi bo’lib, jamoa axlini fikrini belgilaydi.

Ijtimoiy ish kasbini asosiy mezonlarida ham umumiy axloqiy tamoyillar va uning ko’rinishlari o’zining barcha yo’nalishlari bilan namoyon bo’ladi. Ijtimoiy ish xodimi xodimning ma’naviy axloqiy dunyosi o’ziga xos tamoyillarni o’z ichiga qamrab oladi. Chunki uning kasbiy faoliyatidan kelib chiqib, yordamga muhtoj insonlarga yordam berishda insonparvarlik, erkparvarlik, vatanparvarlik, tinchlikparvarlik tamoyillari dasturulamal bo’lib xizmat qiladi.



Insonparvarlik. Axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri bo’lib, u insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo’lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch tamoyili sanaladi.

Biz qurayotgan erkin Fuqarolik jamiyati ham insonga mehr-muhabbat va izzat hurmat ko’rsatishni asosiy tamoyil qilib olgan bo’lib, shaxsni har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo’lgan haqiqiy insoniy shart-sharoitlarni yaratishni oliy maqsad deb biladi.



Erkparvarlik. Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq-huquqlari himoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo’lsa, erkparvarlik tamoyili uning ma’lum ma’noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi.

Erkparvar inson qullikning, mute’likning har qanday ko’rinishini inkor etishi barobarida inson huquqlarining tom ma’nodagi jangchisiga ham aylanadi. Bu jangchi bir tomondan, har bir shaxsning so’z erkinligi, o’z fikrini erkin bayon qilishi, saylash huquqini, vijdon erkinligi uchun kurashadi, ikkinchi tomondan, butun-butun millatlar erki masalasini o’rtaga tashlar ekan, ma’lum ma’noda milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi. Odatda erkparvar shaxslar muayyan davrning qahramonlariga aylanadilar. Zero, ular o’zgalar erki uchun o’z erkini, o’z hayotini qurbon qilishdan ham cho’chimaydilar.

Vatanparvarlik. Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu – vatanparvarlik. U insonning o’z Vataniga muhabbatini, uni asrab avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko’pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar. Aslida esa bu tamoyilning qamrovi juda keng – u insonparvarlikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U eng avvalo, o’z Vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, insonparvarlikning inson ozodligini hatti-harakatlaridir.

Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoiylarcha idrok etish, muayyan hudud va xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bog’liq. Hozirgi vaqtda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash, ularni Vatan ma’nosini terang anglab yetishga o’rgatish, vatanparvarlik – yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish zaruriy holatdir.



Millatparvarlik. Yana bir muhim axloqiy tamoyili, bu millatparvarlik. U, ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilini yanada muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning bo’lishi yoki rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas. O’z millatini chin dildan sevmagan odam hyech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi.

Fidoiylik. Ma’lumki, inson muayyan mamlakat va jamiyatdagi qoidalarni, huquqiy me’yorlarni buzmay yashashi mumkin. Fidoiylik tamoyilining mazmunini turli tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarda turlicha muayyanlashadi. Hozirga kelib asta sekinlik bilan jamiyatimizda fidoiylik ustivor tamoyil maqomini egallab bormoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning fidoiylik tamoyili mohiyatini to’la anglatadigan “Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak!” degan so’zlarini axloqiy ishlar shiori qilib olgan jamiyatimiz a’zolarining ilg’or qismi tobora ko’payib bormoqda. Ana shu ko’payib borish jarayoni qancha tezlashsa, biz qurayotgan davlatning shakli shamoyili shuncha muayyanlik kasb etadi. Bugungi kundagi jamiyatimiz hayotidagi muhim o’zgarishlar har bir mamlakatimiz fuqarosidan fidoiylikni talab qilmoqda. Chunki, milliy istiqlolga erishgan yurtimiz bu kunlarga fidoiy insonlarning joni, mehnati evaziga yetib keldilar.

Ijtimoiy ishchilarning ahloqiy majburiyatlari

Milliy Assotsiatsiyaning Ahloq Kodeksiga binoan ijtimoiy ishchilar mijozlar oldidagi ahloqiy majburiyatlarga ega. Bunda madaniyat va uning jamiyat hamda inson xulq-atvoridagi vazifasi amalga oshirilishi tushuniladi. Ijtimoiy ishchilar o’z mijozlarning madaniy mansubligi haqida xabardor bo’lib, bu borada yetarli bilimlarga ega bo’lishlari va insonlar va turli guruhlar orasidagi madaniy farqliklarga tushunib munosabatda bo’lishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar ijtimoiy o’zgarishlarning realligi va ehtimoliyligi hamda jabr-zulm tabiatini, ayniqsa irqiy, etnik mansublik, etnik kelib chiqish, tanasining rangi, jinsiy yo’nalganligi, yoshi, oilaviy sharoiti, siyosiy dunyoqarashi, diniy, jismoniy yoki aqliy imkoniyatlarning cheklanganligi hodisasini tushunishga urinishlari zarur (NASW 1996:1.05). Mazkur amal qilinishi zarur bo’lgan ahloqiy qo’llanmalar Inson Huquqlarining Umumiy Deklaratsiyasi nizomlarida aks ettirilgan.

Ahloqan to’g’ri faoliyat yurituvchi ijtimoiy ishchilar ishining ahamiyati haddan ziyod bahorlanib yuborilishi ham kerak emas. Inson huquqlari va ijtimoiy adolatga erishish borasidagi g’oyaga amal qilish yo’lida ular ahloqiy tamoyillar amalga oshirilishi mumkin bo’lgan sharoitlarni yaratishga harakat qilishlari zarur. Shu mazmunda ezgu ish ijtimoiy ishchi mavjud bo’lgan umumiy kasbiy vaziyatdan farqli o’laroq asosiy hal qiluvchi omil bo’lmay qolishi mumkin.

Etikani tadqiq etgan Rendi Koxenning fikricha, guruhiy dinamika ko’pincha insonlarning individual hulqini buyurib turishi mumkin. o’zining chuqur mazmunli hamda kuchli kitoblaridan birida Kurashuvchi Shaxs (Litso Srajeniya), Britaniyalik harbiy tarixchi Djon Kigan nima uchun askarlar beshafqat jang va dahshat azoblari bilan yuzma-yuz kelganda qochib ketmasliklari haqidagi masalani muhokama etadi. Uning xulosa qilishicha, askarlarda aslo patriotizm ideallari yoki ideologiya va umuman biz ahloq deb ataydigan biron-bir narsa motiv vazifasini bajarmaydi. Kiganning fikricha, askarlarning jasurlikni namoyon etishga chorlovchi kuch bu o’zgalardan kam bo’lib qolmaslikka intilish istagidir. Ayniqsa, butun armiya mazmunida emas, balki yaqin turgan insonlar nazarida. Kiganning tahminicha, xatto eng ekstremal va ko’pchilikni dahshatga soluvchi sharoitlarda biz kabi ko’pchilik ham xuddi bizning yaqin atrofimizdagi kishilar o’zini tutgani kabi xuddi shunday tarzda tutadi (Cohen 2002:22)

Bizni atrofimizni qurshab turgan kishilardek harakat qilish tarzi jang maydonidan askarlarning qochishga urinishiga olib kelishi mumkin.

Koxenning fikriga ko’ra, politsiya ofitserlarining ilk ish tartibida ham xuddi yuqoridagi kabi holatni kuzatish mumkin. Agarda yangi ishga qabul qilingan politsiyachi korrupsiya bilan shug’ullanish imkoni bo’lgan politsiya uchastkasiga ishga qabul qilinsa, u taqdirda uning ham poraxo’r bo’lishi ehtimoli yuqori bo’ladi. Agarda shu yosh politseyskiy oddiy politsiya uchastkasiga ishga joylashtiriladigan bo’lsa, shunisi aniqki, undan sofdil politsiyachi chiqadi. Uning shaxsiy etikasi ushbu vaziyatda katta xal qiluvchi kuchga ega bo’lmaydi.

Koxenning taxminicha, individual etika odatda ahloqiy iqlimning yaratilishida katta rol o’ynamaydi. Individual etika faqatgina u mavjud bo’lgan jamiyat bioan o’zaroaloqadorligidagina tushunilishini inobatga olinadigan bo’lsa, u taqdirda individual ahloqiy sifatlarning eng yaxshi namunasi faqatgina adolatli jamiyatda ommaviy tarzda rivojlanishi mumkin, degan fikr to’g’ri bo’lar edi. Har bir jammoatchilik o’zgaruvchan, uning qadimgi Sparta davlatimi yoki politsiya uchastkasimi, ahamiyati yo’q. Biz jamoatqchilik orasida shunchalik yashamaymiz, biz o’z harakatlarimiz bilan uni barpo etamiz. Va biz nafaqat ob’ektiv olamda, balki o’zimizning miyamizda yashayotganimizni tushunish katta ahamiyatga ega. Biz uning tuzilishini shakllantirganimiz kabi ular bizning qadriyatlarimizni shakllantiradi (Cohen 2002:22).

Ahloqiy muammolarga murojaat etish aniq tarzda inson huquqlari mavzusiga eltadi. Biroq e’tiborimiz ham insonga, ham uning atrofidagi butun atrofga ham bir xil tarzda yo’naltirilgan bo’lishi lozim.

Inson huquqlariga munosib ahloqiy majburiyatlar – keys-stadi

Inson huquqlari mavzusi bilan ijtimoiy ish kasbining ahloqiy standartlari o’rtasida kuchli aloqa mavjud. Ijtimoiy ishchilar turli xil sharoitlarda, turli xil insonlar va guruh bilan ishlashini inobatga olgan holda har bir alohida vaziyatni va uning atrofidagi sharoitni izchil ravishda tahlil qilish lozim bo’ladi. Quyida ilova etiladigan keys-stadi mazkur fikrimizni aks ettiradi.

Keys-stadi

Mayya 40 yoshda. Uning 5, 7 va 11 yoshlik uch nafar farzandlari bor. U oxirgi uch yil mobaynida oq tanli anglo-amerikalik kishi bilan yashab kelmoqda. Mayya bir osiyo mamlakatlaridan AQSh lariga migratsiya qilganiga 4 yil bo’ldi. Farzandlarining otasi deyarli bolalari bilan muomala qilmaydi. Mayyaning farzandlaridan biri jiddiy kasallikka duchor bo’lgan, davolanish munosabati bilan Mayyada katta miqdordagi sarf-harajat muammosi paydo bo’ladi. Mayya ilgari muqim ravishda kotibalik lavozimida ishlagan, uning bir yildagi daromadi 25000 dollarni tashkil etardi. Hozir esa u ishsiz. Mayyaning hamrohi esa uni ura boshladi. Biroq Mayya u bilan qisman iqtisodiy sabab tufayli munosabatini davom ettiraverardi. Biroq yaqinda, u o’z hamroxidan qo’rqqani uchun uch nafar farzandlari bilan priyutga ketib qoladi. Hozirda Mayyaga uning o’z shaxsiy tanlovi yo’qdek tuyulmoqda. Agar u hamroxi oldiga qaytib keladigan bo’lsa, u taqdirda uning va farzandlarining xotirjamligiga kafolat yo’q. Lekin agarda qaytib kelmasa ham, boshqa borar joyi yo’q va boshqa joydan turar joy qidirish uchun puli ham yo’q.



Yuqorida keltirilgan vaziyatni inson huquqlari mazmunida tahlil etadigan bo’lsak, ijtimoiy ishchi ishning dastlabki qismida inson huquqlari masalasi bilan bog’liq muammoli bandlarini belgilashga harakat qiladi. Bunday bandlarini belgilab olgandan so’ng ijtimoiy ishchi ularni ijtimoiy ish amaliyotida aniq qilib belgilab berilgan ahloqiy majburiyatlar bilan bog’laydi. Inson huquqlari bilan ahloqiy majburiyatlar orasidagi aloqadorlik belgilab olingandan so’ng mijozning vaziyati bo’yicha munosib intervensiyani shakllantirilishini boshlash mumkin bo’ladi.

Inson huquqlari muammolari

  • “Hech kim qiynoq yoki beshafqatlik, odamzodga zid yoki kamsitilgan munosabat yoki jazo ob’ektiga aylanmaydi” (United Nations 1948:31!. 5). Mayya bilan kechgan fismoniy beshafqat munosabat beshafqat va kamsituvchi munosabat yoritilgan bandga to’g’ri keladi.

  • “Har kim yashash, ozodlik va shaxsiy xavfsizlikka ega bo’lish huquqiga ega” (art. 3). Mayya shaxs, inson sifatida o’zining xavfsizligini his qilishi lozim. Mayya esa shunday xavfsizlikka ejga bo’lish huquqi bo’lishiga qaramay buni his qilolmaydi.

  • “Har kim uning sog’lig’i va o’zi hamda uning oilasining farovonligiga, ya’ni oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, tibbiy va boshqa zarur ijtimoiy xizmatlarni olish, shuningdek ishni yo’qotgan vaziyatida, betoblikda, nogironlikda, er yoki xotinini yo’qotganda, qarilik yoshiga yetganda ta’minot olish yoki boshqa turdagi yo’qotishlarda mavjud bo’lish, yashash uchun uning imkoniyati va nazoratidan chiquvchi vositaga ega bo’lish huquqiga ega” (art. 25). Mayyaga tibbiy xizmat, ovqat va turar joy berilishi lozim. Mayya o’z farzandlari sog’lig’i xavfsizligi mavjud emas. Ayni davrda u priyutda bo’lgani uchun na o’zini va na bolalarini boqa olish imkoniyatiga ega emas, bu yerda yashash vaqti esa cheklangan. Unga o’z hamroxi yashayotgan joydan uzoqroqda joylashgan turar joy kerak.

Mayya bilan bog’liq ish sharoiti yuqorida keltirilgan inson huquqlari bilan bog’liq bandlarni o’z ichiga oladi. Keyinchi qadam Mayya bilan bog’liq mazkur vaziyatga munosib ravishda insonning bu kabi huquqlarini ijtimoiy ishchining ahloqiy majburiyatlari bilan ishonch bilan bog’lashaga qaratiladi.

Ahloqiy majburiyatlar

  • Ijtimoiy ishchilar o’z mijozlari oldida ahloqiy majburiyatlarga egadirlar. Bu o’z ichiga mijoz mansub bo’lgan madaniyatni va uning jamiyatdagi hamda insoniy xulq-atvordagi o’rnini tushunishni oladi (NASW 1996:1.053). Ijtimoiy ishchi Mayyaning osiyolik o’tmishi bilan bog’liq madaniy sohalar bilan tanish bo’lishi hamda ularni tushunishga harakat qilishi lozim.

  • Ijtimoiy ishchilar jamiyatning umumiy farovonligiga erishishga yordam berishlari va insonning asosiy ehtiyojlarining qondirilishiga xizmat qiluvchi hayot tarzining yaratilishi tarafdori bo’lishlari lozim (6.01). Ijtimoiy ishchi yuqorida keltirilgan Kodeks bandida qayd etilgani kabi Mayyaning asosiy ehtiyojlarining qondirilishi tarafdori va himoyachisi sifatida namoyon bo’lishi kerak.

  • Ijtimoiy ishchilar har qanday inson, guruh yoki sinfga, millatiga, jinsiga, qarshi ustunligi, ekspluatatsiya va tazyiqqa qarshi kurashish va ularni bartaraf etish bilan bog’liq ahloqiy majburiyatga egadirlar (6.04d). Mayya vaziyatida ijtimoiy ishchi hamrohi tomonidan yo’l qo’yilayotgan jismoniy beshafqat munosabatni to’xtatishga urinib aralashishi lozim. Chunki bunday munosabatda jins va milliy kelib chiqishi bilan bog’liq tazyiq holati ko’rinib turibdi.

  • Ijtimoiy ishchilar insonning asosiy ehtiyojlariga javob beruvchi va ijtimoiy adolat o’rnatilishiga olib keluvchi o’z ahloqiy majburiyatlariga ega. Ular Qo’shma Shtatlari va butun dunyoda madaniy va ijtimoiy farqliklarga nisbatan hurmatning namoyon bo’lishiga xizmat qilishi lozim (6.04c). Mayya vaziyati bilan bog’liq ishni tahlil qilayotgan ijtimoiy ishchi mazkur ishni aniq bir aralashuvni nazarda tutuvchi nafaqat individual ish sifatida, balki yanada kengroq tuzilmaviy muammolar bilan to’qnashuvchi vaziyat sifatida talqin etishi zarur bo’ladi. Bu kengroq qarashlar tizimini qo’llash imkonini berib, mazkur vaziyatning nafaqat milliy darajada, balki global darajadagi ahamiyatga egaligini belgilash imkonini beradi.

Keys-stadida keltirilgan misol inson huquqlari va ijtimoiy ish etikasi o’rtasidagi aloqadorlikni o’zida aks ettirgan. Har bir alohida vaziyatdagi aniq sharoitlarni inson huquqlari va ahloqiy majburiyatlarga amal qilish asosida ko’rib tahlil qilgan holda ijtimoiy ishchilar ularning kasbida inson huquqlari mavzusining naqadar ahamiyatli ekanligiga guvoh bo’lamiz. Barcha narsani shu tariqa tushungan holda inson huquqlariga amal qilish tamoyili xuddi Ijtimoiy Ishchilar Milliy Assotsiatsiyasi Ahloqiy Kodeksida bayon etilgani kabi o’zida ahloqiy majburiyatlarni aks ettiradi degan xulosaga kelish mumkin.

Xulosa

Jismoniy shafqatsiz munosabatdan qutulish muammosi, tibbiy xizmat olishga, turar joyga bo’lgan huquqi kabi inson huquqlari muammosi ham ijtimoiy ishchilarning ahloqiy majburiyatlari sohasiga to’g’ri keladi. Ijtimoiy ishda inson huquqlariga alohida urg’u bergan holda ijtimoiy ishchilar o’z ahloqiy majburiyatlari sohasini kengaytirishlari mumkin.

Ijtimoiy ishda ahloqiy tamoyillar bilan inson huquqlarini muvofiqlashtiruvchi ijtimoiy ishchilar har bir alohida sharoitlar chegarasidan chiquvchi muammolarni yaxshiroq talqin etishlari mumkin. Masalan, inson huquqlari istiqboli nuqtai nazaridan ijtimoiy ishchi oilaviy zo’ravonlik vaziyatiga alohida namoyon bo’ladigan individual yoki oilaviy o’zgarishlar sifatida emas, balki milliy va halqaro ko’lamda ahamiyatga ega bo’lgan muammo sifatida qarashi lozim bo’ladi. Agarda har bir inson xavfsizlikka ega bo’lish huquqiga ega bo’lsa, u taqdirda mazkur tamoyil har bir inson uchun har qanday sharoit, har qanday muhit, istalgan vaqtda qo’llanilishi lozim bo’ladi. Ijtimoiy ishchilar ijtimoiy ishdagi ahloqiy tamoyillarga binoan uydagi zo’ravonlik muammosiga keng qamrovli muammo sifatida qarab, faoliyatni amalga oshirishda ham kengroq yondoshishlari zarur bo’ladi.

Insonlar yakkalikda har doim ham zulmni yenga olmaydilar, ayniqsa qarshiliklar kengroq qamrovli qiyinchiliklardan kelib chiqayotgan bo’lsa. Inson huquqlari va ahloqiy istiqbollarning o’zaro muvofiqligini qabul qilish ijtimoiy ishchilarga munosib intervensiyani rejalashtirishda tuzilmaviy qiyinchiliklarni aniqroq tarzda muhokama qilishlariga yordam beradi. Tuzilmaviy qiyinchiliklarni inson huquqlari hamda ahloqiy tartib-intizom huquqlari sifatida tan olish orqali ijtimoiy ishchilar o’z ishida oldindan belgilangan maqsadlarga erishish imkonini yanada oshirgan bo’lar edilar.



Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling