Samarqand davlat universiteti Intellektual tizmlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti
Download 0.8 Mb.
|
informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antivirus dasturlari
Qattiq diskni tekshirish
Kompyuterni harid qilgach, uning vinchesterida nima borligini tekshirish darkor. Endigina sotib olingan kompyuter vinchesteridagi barcha dasturlariga xuddi yangidek qarash kerak. Shuning uchun, yangi olingan mashina vinchesterini testdan o'tkazing, shuningdek, hamma disketalarni virusdan detektor-dasturlar bilan tekshiring. Vinchesterni testdan o'tkazish chog'ida, albatta, yozuvdan saqlangan, toza sistema disketalari yordamida yuklanadi.Himoyalashning o'ziga xos usullari:Disketaning normal holati - uning yozuvdan himoyalangan holatidir. Himoya faqat axborotni yozish chog'ida olinishi kerak. Faqat yozishdan himoyalangan disketalarni ishlatib, antivirus dasturlari, sistemali disketalarni ko'ngil to'q bo'lishi uchun ehtiyot qilib saqlash joiz. Axborotlarni tiklash:Shuni ta'kidlash kerakki, "zaralangan" axborotlarni eng qiyin vaziyatlarda ham tiklash mumkin. Biroq viruslar "zararlagan" fayllarni tiklash sistema dasturchilaridan yuksak mahorat talab etadi. Ko'pincha qutqarish mumkin bo'lgan fayl yoki ma'lumotlar sistemali bloklarni formatlash jarayonida shikast yeydi, bunda axborotning yo'qolib ketish ehtimoli ha Yuqorida aytganimizdek, dasturni saqlashning eng yaxshi yo'li - uni arxivlab qo'yish. Lekin shunday bo'lsa ham har ish kuni so'ngida dastur va fayllarning joylashishini birma-bir ko'zdan kechirish darkor. Antivirus dasturlari Kompyuterdagi ma'lumotlar va dasturlar ma'lum virus dasturi tomonidan o'chirilib yuborilishi yoki shikastlanishi mumkin. Virus-dasturlari dasturchilar tomonidan tajriba uchun yoki yomon niyatlarda yaratilib, asosan ular quyidagi vositalar orqali Sizning kompyuteringizga kirishi mumkin: - noma'lum disketadagi ma'lumotlarni o'qish natijasida (hujjat, o'yin va boshqalar); - internet tarmog'idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida; - elektron-pochta orqali; - lokal tarmoq orqali; - noqonuniy ko'chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish oqibatida; Virus dasturlari asosan Assembler dasturlash tilida tuziladi va ular salbiy ta'siri bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi: 1. Sodda viruslar - operativ xotirani band qilib, kompyuterning ishlashi sekinlashtiradi. 2. Maxsus "stels" viruslari, ular joylashishini o'zgartirib turadi va ularni topish ancha murakkab. 3. Ma'lumotlarga o'zgartirish kiritadigan viruslar. 4. Ma'lumotlarni o'chiradigan viruslar. 5. Foydalanuvchining ayrim bir (mahfiy) ma'lumotlarini Internet tarmog'i orqali virusni yaratgan shaxsga yuboradigan viruslar. Kompyuterdagi ma'lumotlarni viruslardan himoya etish uchun antivirus dasturlar ishlab chiqarilgan. Antivirus dasturlar AQSh, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan ishlab chiqarilmokda. Antivirus dasturlar rezident va norezident turlarga bo'linadi: rezident antivirus dasturi kompyuter yoqilganidan o'chirilguncha qadar operativ xotira, aktiv (joriy) dasturlarni, fayllarni virusga tekshirib turadi. Rezident antivirus dasturi o'zining ishini foydalanuvchiga bildirmasdan olib boradi, faqat ayrim hollarda foydalanuvchidan virusi mavjud faylni davolashga ruxsat so'raydi. Norezident antivirus dasturlar esa faqat foydalanuvchining o'zi ko'rsatgan joylarni va belgilangan vaqtda tekshiradi va davolaydi. Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlar keng tarqalgan: 1. DrWeb for DOS; 2. DrWeb for Windows; 3. Antiviral Tool Kit Pro; 4. AVP Platinium; 5. Norton Antivirus; 6. McAfee; 7. Aidstest; Doctor Web, AVP, Aidstest antivirus dasturlari Rossiyaning "Kasperskiy" laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va u MDH davlatlarida ko'p uchraydigan viruslardan xabari bor. Norton Antivirus mashhur Symantec firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo'lib, u topa oladigan viruslar soni 100000 dan ortiq. AVP dasturi virusdan himoyalaydigan eng ishonchli antivirus dasturi hisoblanadi. DrWeb dasturining rezident tekshiruv dasturi Spider - Windows rejimida tekshiruvni olib boradi. Bitta kompyuterda bir nechta turdagi antivirus dasturlar o'rnatmagan ma'qul, chunki ularning virusni topish usullari (algoritmlari) har xil hamda ular ham ?zlarini viruslar kabi tutadilar va bu holda ular o'zaro "kelisha olmay qolishlari" mumkin. Mavzu:Microsoft office dasturlarini o’qitish uslubiyati Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani yechishda, hujjatlarni taxrirlashda va boshqa ishlarda unimli foydalanishi mumkin. Officedan foydalangan foydalanuvchi ekranni oʻz xohishi boʻyicha oʻzgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni tanlashi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qoʻshimcha kompyuter qurilmalarini oʻrnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, kompyuter ishini oʻz xohishiga moslab kompyuter xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, qoʻshimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi mumkin. Mashxur Microsoft korporatsiyasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun koʻpgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan, foydalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar toʻplamini ham ishlab chiqarishgan.Koʻpgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar toʻplamini chalkashtirishadi. Toʻgʻri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft korporatsiyasi ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga oʻrnatishga moʻljallangan. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, Windows NT, Windows XP va hokazo. Office dasturlar toʻplamini esa quyidagi versiyalari mavjud: Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar toʻplamini shaxsiy kompyuterga oʻrnatish uchun kompyuterda Windows operatsion tizimi oʻrnatilgan boʻlishi, soʻng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb boʻlishi va qattiq diskda kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan foydalanish imkoniyatiga qarab) boʻsh joy boʻlishi lozim. Office tarkibimanbasini tahrirlaMicrosoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi. Ularning farqi toʻplam tarkibi va narxida. Office dasturlar toʻplamining nisbatan toʻliqroq variantiga quyidagi dasturlar kiradi:Microsoft Word — har xil koʻrinishdagi oddiy va murakkab matnlarni taxrirlashga moʻljallangan matn muharriri.Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Writer, LibreOffice Writer, StarOffice Writer, KWord, NeoOffice Writer, Corel WordPerfect, Apple Pages (bu faqat Mac OS tizimida) va AbiWord.Microsoft Excel — har koʻrinishdagi hisob—kitobli maʼlumotlar bilan ishlashga moʻljallangan elektron jadvalli dastur. Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Calc, LibreOffice Calc, KSpread, StarOffice, Gnumeric, Corel Quattro Pro va Apple Numbers (bu faqat Mac OS tizimida). Microsoft PowerPoint — maʼlumotlarni taqdimot, reklama qilishga moʻljallangan taqdimot dasturi. Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Impress, LibreOffice Impress, KPresenter, Corel WordPerfect va Apple Keynote. Microsoft Access— maʼlumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga moʻljallangan dastur. Oʻrnini bosuvchi dasturlar: OpenOffice.org Base, LibreOffice Base, Kexi. Microsoft Publisher — har xil koʻrinishdagi noshirlik ishlarini bajarishga moʻljallangan muharrir dastur. Microsoft Outlook (Outlook Express bilan chalkashtirmang)— elekton pachtadan foydalanishga moʻljallangan dastur va hokazo Uning tarkibiga taqvim, ish rejalashtirgich, qaydnoma, manzillar kitobi va shaxsiy pochta kiradi. Pochta xizmati uchun — Mozilla Thunderbird/SeaMonkey, Novell Evolution, Claws Mail, Eudora Mail, The Bat!; shaxsiy maʼlumotlar dispetchiri — Mozilla, Lotus Organizer и Novell Evolution. Microsoft InfoPath — maʼlumot yigʻish va uni boshqarish dasturi. Microsoft Communicator (Microsoft Lync) — insonlar bilan har tomonlama muloqot qilishni tashkilashtiradigan dastur. Microsoft Visio — biznes va texnik diagrammalar bilan ishlovchi dastur. Muqobil dasturlar: LibreOffice Draw, OpenOffice.org Draw, yEd Grapth Editor. Microsoft Project — loyihalar bilan ishlovchi dastur. Microsoft Query — maʼlumotlar omboridan maʼlumot oluvchi va koʻrib chiquvchi dastur. Microsoft OneNote — qaydnomalar yozish uchun moʻljallangan dastur. Microsoft Groove — birgalikdagi ishni qoʻllab quvvatlovchi dastur. Microsoft SharePoint Designer — Microsoft SharePoint tizimida dastur yaratish uchun vosita. Microsoft Picture Manager — rasmlar bilan ishlash. Muqobil dastur: OpenOffice.org Draw. Microsoft Document Image Writer — virtual printer. Microsoft Diagnostics — Microsoft Officening zararlangan dasturlarini diagnostika qiluvchi va tuzatuvchi dastur. Office dasturlar toʻplamini oʻrnatishda yuqorida koʻrsatilgan dasturlarni tanlash orqali, yaʼni keraklisini oʻrnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni tejash mumkin. Informatika va axborot texnologiyalarini va ularni o’qitish uslubiyoti tarixi. O’qitishning asosiy didaktik tamoyillari Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling