Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Download 1.06 Mb.
bet40/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   195
Shafqat. Shafqat istilohi hozirgacha axloqshunoslikka doir asosiy o‘quv ada-biyotlarda va ilmiy tadqiqotlarda asosiy mezoniy tushuncha sifatida taqdim etil-maydi. Vaholanki shafqatning ildizi inson shaxsiga bo‘lgan muhabbatga borib taqa-ladi, u ham muhabbat kabi qamrovli hissiyot. Agar muhabbat mehrga asoslansa, shafqat muruvvat bilan bog‘liq. Lekin u ayni paytda muruvvatdan jiddiy farq qiladi. Muruvvat bir insonning ko‘p hollarda o‘ziga aloqasi yo‘q boshqa bir insonga achinish hissi orqali yordamga qo‘l cho‘zishi bo‘lsa, shafqat kishining o‘ziga aloqa-dor odamga, aybdor, gunohkor, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jazolanishga loyiq kimsaga kechirimlilik orqali insonparvarlik ko‘rsatishdir.
Shafqat hissi shafqatga muhtoj kishi o‘rniga xayolan o‘zini qo‘yib fikr yuritish orqali vujudga keladigan, o‘zga bir inson iztiroblarini yengillatishga qaratilgan axloqiy hodisa. Masalan: ro‘zg‘orini zo‘rg‘a tebrayotgan qo‘shningizning kasbiy xizmat yuzasidan ham, biror bir jamiyatga a’zoligi jihatidan ham, biznesdagi hamkorlik masalasida ham sizga aloqasi yo‘q, shuningdek, u sizga do‘st yoki dush-man sifatida ham aloqador emas. Siz unga ehson qilib, og‘ir sharoitdan chiqib olishi-ga iqtisodiy yordam berdingiz, bu ‒ muruvvat. Demak, muruvvat agar sizning ol-dingizda burchli bo‘lmagan kimsaga ko‘rsatgan yordamingiz bo‘lsa, shafqat esa oldingizda javobgar, jazoga loyiq odamni, uning insoniy huquqini va tabiatini hisob-ga olib, kechirishdir.
Olmon faylasufi Artur Shopenhauer, shafqat hissini axloqning asosi, shafqat tushunchasini axloqshunoslikning asosiy tushunchasi deb ataydi. Uning nazdida shafqat universal tabiatiga ega u, insonni na faqat insonga, balki hayvonga bo‘lgan munosabatida ham namoyon bo‘ladi, zero hayvonga beshafqatlilik qilgan odam insonga shafqatli bo‘lmaydi150.
Shafqat tushunchasining ahamiyati inson hayotini oliy qadriyat deb e’tirof qilish uning yashashga bo‘lgan huquqi himoyaga olish hozirgi sharoitda yana ham dolzarbligi kasb etmoqda. Demak, shafqat tushunchasini Shopenhauer aytganidek, axloqning asosi sifatida tahlil, talqin va targ‘ib qilmoq lozim. Uning XXI asr jamiyati uchun eng muhim axloqiy hodisa ekanligini e’tirof etish zamon talabidir.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling