Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1800392
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Kurs ishi (namuna)

 
Kalomel elektrod 
Kalomel elektrod nihoyatda ko‘p qo‘llaniladigan, qaytarlik darajasi yuqori 
bo‘lgan va qayta takrorlanuvchan natijalar beradigan elektroddir. Unda sodir 
bo‘ladigan elektrod reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Hg
2
Cl
2
+2e

2Hg+2Cl
-

Elektrod tarkibiga simob va kalomel (Hg
2
Cl
2
) dan tashqari kaliy xloridning 
turli konsentratsiyali eritmalari ham kiradi. Kaliy xloridning konsentratsiyasiga 
ko‘ra, elektrod uch xil bo‘ladi:
1) To‘yingan kalomel elektrod – kaliy xloridning to‘yingan eritmasi bilan 
to‘ldirilgan, uning elektrod potensiali +0,2488 V (t=25 
o
C). Bu elektrod 
potensialining doimiylik darajasi va harorat koeffitsiyenti ancha yuqori.
2) Normal kalomel elektrodi – kaliy xloridning 1 N eritmasi bilan 
to‘ldirilgan. Uning potensiali +0,2828 V (t=25 
o
C). Bu elektrod potensialining 
doimiylik darajasi pastroq bo‘ladi.
3) Desinormallik kalomel elektrodi – 0,1 N kaliy xlorid eritmasi bilan 
to‘ldirilgan, uning potensiali +0,3365 V (t=25 
o
C). 
 


15 
Kumush xloridli elektrod 
Kumush xloridli elektrod potensiometriyada juda ko‘p ishlatiladigan 
elektrod bo‘lib, bu elektrodning potensiali +0,2224 V (t=25 
o
C), uning doimiylik 
darajasi yuqori, elektrodning o‘lchami kichik, suvda va suvsiz eritmalarda ham 
ishlatilishi mumkin. Elektrod, ko‘pincha, kumush va platina simiga elektrolitik 
cho‘ktirilgan kumush yoki kumush xlorid asosida tayyorlanadi. Eng ko‘p tarqalgan 
zanjir: Pt, H
2
/HCl, MeCl/AgCl. 
Potensialni belgilovchi reaksiyalar quyidagilardan iborat:
(1/2)H
2

H
+
+e; AgCl+e

Ag+Cl


Elektrodlar, shuningdek, birinchi, ikkinchi va uchinchi tur elektrodlarga 
bo‘linadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling