Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (namuna)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.Uchunchi tur elektrodlari
6.Birinchi tur elektrodlar Birinchi tur elektrodlarning potensiali elektrod reaksiyasida ishtirok etgan metalning o‘z ioniga nasbatan qaytarligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kumush nitrat eritmasiga tushirilgan kumush elektrod bunga misol bo‘la oladi. Kumush elektrodning potensiali: ( =0,059) formula bilan ifodalanadi. Birinchi tur elektrodlar tuz ko‘prigi yordamida tutashgan holda taqqoslash elektrodi bilan birgalikda kationlarni aniqlashda ishlatiladi. 7.Ikkinchi tur elektrodlar Ikkinchi tur elektrodlar deb, potensiali anionlarning aktivligi bilan belgilanadigan elektrodlarga aytiladi. Ikkinchi tur elektrodlar ikki xil bo‘ladi: 1) o‘zining kam eruvchan tuzi bilan qoplangan, tarkibida boshqa metallning shu kam eruvchan tuz bilan bir ismli anioni bo‘lgan metall elektrod (kumush xloridli –Ag/AgCl, KCl; kalomel – Hg/Hg 2 Cl 2 , KCl va boshqalar); Ag Ag o Ag a E E lg , 16 2) gaz elektrodlar (xlor xlorid – Pt, Cl 2 /HCl; kislorod – Pt, O 2 /KOH) va boshqalar). Ikkinchi tur elektrodlarning birinchi toifasiga kiruvchilari taqqoslash elektrodlari sifatida hamda anionlarni aniqlashda, ikkinchi toifasiga kiradiganlari esa erigan gazlarning konsentratsiyasini aniqlashda ishlatiladi. 8.Uchunchi tur elektrodlari Bir xil anionga ega bo‘lgan, ikki kationdan biriga nisbatan qaytar elektrodlar uchinchi tur elektrodlarni tashkil etadi. Bunga simobning simob va kalsiy oksalatdagi elektrodi misol bo‘lishi mumkin. Uning potensiali ikkinchi metall ionining aktivligi bilan belgilanadi. Masalan, Uchinchi tur elektrodlarning qaytarlik darajasi yuqori va ular elektrod metaliga nisbatan begona bo‘lgan kationlarni aniqlash uchun indikator elektrod sifatida ishlatiladi. Elektrolitik bo‘g‘indan tok o‘tganda quyidagi hodisalar kuzatiladi: 1) modda konsentratsiyasi bir yoki har ikkala elektrod sirti chegarasida o‘zgaradi; 2) bo‘g‘inning qarshiligiga muvofiq ravishda kuchlanish pasayadi; 3) bo‘g‘inning tabiatiga elektronlarning tashilish jarayonlari kinetikasi ta’sir ko‘rsatadi. Agar yuqorida keltirilgan rux mis galvanik elementi olinib, unga tashqi elektr manbaining qarama-qarshi qutblari ulansa va tashqi manbaning kuchlanishi galvanik elementning kuchlanishiga teng bo‘lsa, zanjirdan tok o‘tmaydi. Agar tashqi manbaning kuchlanishi elementning kuchlanishidan katta bo‘lsa, element elektrolitik bo‘g‘in vazifasini bajaradi va unda Zn 2+ + Cu Zn+Cu 2+ reaksiya sodir bo‘ladi. Agar rux nitrat va mis sulfat eritmaning umumiy hajmida bir xil taqsimlangan bo‘lsa, elementdan o‘tadigan tok E tash E el ayirmasi bilan chiziqli bog‘lanishga ega bo‘ladi (E tash tashqi kuchlanish; E el galvanik elementning elektr yurituvchi 2 lg Ca o a n E E 17 kuchi). Bu vaqtda galvanik element qarshilik vazifasini bajaradi va tok kuchi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: , bu yerda R elementning umumiy qarshiligi, Om. Ushbu ifodani E tash -E el =IR shaklda yozish mumkin. Galvanik element elektrolitik bo‘g‘in vazifasini bajarishi uchun E tash qiymat E el qiymatdan IR miqdor qadar katta bo‘lishi kerak. IR qiymat kuchlanishning pasayishi deb yuritiladi. Kuchlanishning pasayishi asosida tekshirish uchun usul tanlash masalasi hal etiladi. Masalan, R qiymat katta bo‘lsa, tok kuchining o‘zgarishi sezilarli bo‘lmaydi va tekshirish uchun potensiometriya usulini tanlash mumkin; voltamperometrik usullardan esa foydalanish mumkin emas. Voltamperometrik usullardan foydalanish uchun eritmaning qarshiligini kamaytirish va tokning migratsiya natijasida o‘tishini ta’minlash kerak, buning uchun eritmaga fon Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling