Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1800392
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kurs ishi (namuna)

elektroliti (elektroliz sharoitida oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida 
qatnashmaydigan inert yoki indifferent modda) deb ataladigan befarq elektrolit 
eritmasini qo‘shish kerak bo‘ladi. Fon elektrolitini tanlash uchun sodir bo‘ladigan 
elektrod jarayonining katod yoki anod sohasiga mansubligi hisobga olinadi. Agar 
elektrod reaksiyasi anod sohasiga mansub bo‘lsa, fon elektroliti sifatida, asosan, 
ishqoriy metallarning sulfat, nitrat, perxlorat singari oksidlanmaydigan tuzlari 
olinadi.
9.Elektr kimyoviy reaksiyalar
Elektr kimyoviy analiz usullari elektr kimyoviy reaksiyalarni tekshirishga 
asoslangan. Elektr kimyoviy reaksiya deganda, ikkita elektr o‘tkazuvchan tutash 
fazaning ayrim qismlaridan ionlar yoki elektronlarning fazalar chegarasidan o‘tishi 
natijasida tok hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan geterogen reaksiya tushuniladi. 
Yuqorida keltirilgan
Zn

Zn
2+
+2e va Cu
2+
+2e

Cu

reaksiyalar elektr kimyoviy reaksiyalarga misol bo‘la oladi. Birinchi reaksiya 
natijasila hosil bo‘ladigan tok anod toki, ikkinchi reaksiya natijasida hosil 
R
E
E
I
el
tash




18 
bo‘ladigan tok esa katod toki deyiladi. Anod erib, musbat zaryadlangan metall 
ionlari hosil bo‘lsa, anodda manfiy zaryadlangan ionlar eritmadan erkin metall 
holiga o‘tadi. Elektr kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo‘luvchi anod va katod 
toklar Faradey toklari deb nomlanadi. Tok kuchi qiymati elektrodning sirt 
yuzasiga mutanosib bo‘ladi (1.3-chizma).
Tok kuchi qiymatining elektrod sirt yuzasiga nisbati tok zichligi deyiladi. 
Tokning zichligi elektrod jarayonining tezligi bilan belgilanadi. Elektrod sifatida 
olingan bir metallni boshqa metall bilan almashtirganda elektrod reaksiyasining 
tezligi juda keskin o‘zgarishi, shu bilan birgalikda, sistemalarning qaytarligi ham 
o‘zgarishi mumkin. O’lchash davomida elektroliz tufayli elektrodning materiali 
ham, uning sirt yuzasi ham o‘zgarishi mumkin. 
Elektrod sirt yuzasining o‘zgarishi elektrod tayyorlangan metallning 
oksidlanishi (Zn-2e

Zn
2+
) va uning sirtiga cho‘kma tushishi bilan izohlanishi 
mumkin. Moddalarning elektrod sirtiga adsorbilanishi, katod sirtida kationlarning 
qaytarilishi oqibatida ham elektrodning sirti va materiali o‘zgarishi mumkin. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling