Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1800392
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kurs ishi (namuna)

Bevosita potensiometriya usulida potensialni belgilovchi moddaning aktivligi 
elektrod potensialini aniqlash asosida topiladi. Bu usul ionlarning aktivligini 
to‘g‘ridan to‘g‘ri aniqlashga imkon beradigan yagona usul hisoblanadi. U quyidagi 
turlarga bo‘linadi:
1. pH-metriya – eritmalarning pH qiymati, kislota va asoslarning 
(protolitlarning) kislota-asosli konstantalari, protolitik xususiyatga ega 
bo‘lgan kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari va shu kabilarni 
aniqlashga imkon beradi.
2. IonometriyapH-metriyaning rivojlanishi natijasida mustaqil usul sifatida 
shakllangan zamonaviy usullardan biri. Bu usulda indikator elektrodi 
vazifasini turli xil ion selektiv elektrodlar bajaradi. 
3. Oksredmetriya – oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va oksred juftlarning 
potensiallarini tekshirishga asoslangan usul bo‘lib, uning yordamida oksred 
juftlarning standart va real potensiallari, ular yordamida esa turli xil 
konstantalar hamda kinetik kattaliklar aniqlanadi.
Bevosita potensiometrik usullar kimyoviy va elektr kimyoviy reaksiyada 
qatnashuvchi elektronlar soni, kimyoviy reaksiyalarning stexiometrik va aktivlik 
koeffitsiyentlari kabilarni aniqlash imkonini beradi.
Bilvosita potensiometriya usuli qisqa tarzda potensiometrik titrlash deb 
yuritilsa-da, aslida titrlashning oxirgi nuqtasini potensiometrik aniqlash deb 
qaralmog‘i lozim (IYUPAK). Potensiometrik titrlash usullari kislota-asosli 
(protolitometrik), oksidlanish-qaytarilish (oksredmetrik), komplekslanish va 
cho‘ktirish reaksiyalari asosida moddalarni aniqlash va tekshirish uchun keng 
qo‘llaniladi. Shu negizda moddalarning konsentratsiyasigina emas, balki ularning 
turli xil konstantalarini ham aniqlash mumkin.
Potensiometrik va boshqa asbobli (instrumental) titrlash usullarining vizual 
usullarga ko‘ra bir qator afzalliklari mavjud:


27 
1) titrlashdagi subyektiv xatolar deyarli yo‘qoladi;
2) aniqlashning sezuvchanligi ancha yuqori bo‘ladi;
3) loyqa va rangli eritmalar ham osongina titrlanadi;
4) muayyan sharoit yaratilganda eritmada bo‘lgan bir necha modda aralashmasi 
tabaqalab titrlanadi;
5) titrlash jarayoni osongina avtomatlashtiriladi.
Titrlashning oxirgi nuqtasi yaqinida elektr kimyoviy indikator reaksiyalarining 
biri ikkinchisi bilan almashinadi, buning natijasida sistemaning potensiali keskin 
sakrash bilan o‘zgaradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling