Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (namuna)
Kalomel elektrod Kalomel elektrod nihoyatda ko‘p qo‘llaniladigan, qaytarlik darajasi yuqori bo‘lgan va qayta takrorlanuvchan natijalar beradigan elektroddir. Unda sodir bo‘ladigan elektrod reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Hg 2 Cl 2 +2e 2Hg+2Cl - . Elektrod tarkibiga simob va kalomel (Hg 2 Cl 2 ) dan tashqari kaliy xloridning turli konsentratsiyali eritmalari ham kiradi. Kaliy xloridning konsentratsiyasiga ko‘ra, elektrod uch xil bo‘ladi: 1) To‘yingan kalomel elektrod – kaliy xloridning to‘yingan eritmasi bilan to‘ldirilgan, uning elektrod potensiali +0,2488 V (t=25 o C). Bu elektrod potensialining doimiylik darajasi va harorat koeffitsiyenti ancha yuqori. 2) Normal kalomel elektrodi – kaliy xloridning 1 N eritmasi bilan to‘ldirilgan. Uning potensiali +0,2828 V (t=25 o C). Bu elektrod potensialining doimiylik darajasi pastroq bo‘ladi. 3) Desinormallik kalomel elektrodi – 0,1 N kaliy xlorid eritmasi bilan to‘ldirilgan, uning potensiali +0,3365 V (t=25 o C). 15 Kumush xloridli elektrod Kumush xloridli elektrod potensiometriyada juda ko‘p ishlatiladigan elektrod bo‘lib, bu elektrodning potensiali +0,2224 V (t=25 o C), uning doimiylik darajasi yuqori, elektrodning o‘lchami kichik, suvda va suvsiz eritmalarda ham ishlatilishi mumkin. Elektrod, ko‘pincha, kumush va platina simiga elektrolitik cho‘ktirilgan kumush yoki kumush xlorid asosida tayyorlanadi. Eng ko‘p tarqalgan zanjir: Pt, H 2 /HCl, MeCl/AgCl. Potensialni belgilovchi reaksiyalar quyidagilardan iborat: (1/2)H 2 H + +e; AgCl+e Ag+Cl – . Elektrodlar, shuningdek, birinchi, ikkinchi va uchinchi tur elektrodlarga bo‘linadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling