Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (namuna)
(c)
i (bu yerda E – elektrod potensiali; c – konsentratsiya; i – tok kuchi) funksiya o‘rganiladi. Potensiometriyada esa E= (c) i=0 funksiya o‘rganiladi, ya’ni potensiometriyada elektrodlarga tok berilmaydi (i=0). Agar elektrodga kichik qiymatli tok kuchi berilsa, bu usul voltametriya (IYUPAK) yoki tok ishtirokidagi potensiometriya deb yuritiladi. Agar elektrodlardan biri qutblansa, bu usul bitta qutblangan elektrodli voltametriya deyiladi. Agar taqqoslash elektrodi o‘rnida ham qutblangan elektrod ishlatilsa, bu usul ikkita qutblangan elektrodli voltametriya deb ataladi. Voltametriya usuli qaytmas oksred juftlarni tekshirish uchun qulay usul hisoblanadi. Tok ta’siridan yetarlicha qaytar bo‘lmagan juftlarning qaytarligi ortadi. Qaytmas juftlarni voltametrik titrlaganda, potensial sakrashi potensiometrik titrlashdagiga qaraganda ancha katta bo‘ladi. Bu usul adabiyotlarda bitta yoki ikkita qutblangan elektrodli potensiometrik titrlash deb ham yuritiladi. Potensiometriya usuli tekshiriladigan eritmaning elektrod potensialini o‘lchashga asoslangan. Nernst tenglamasiga binoan elektrod potensiali potensialni belgilovchi M moddaning aktivligiga bog‘liq bo‘lganligi uchun elektrod potensialini o‘lchash yordamida M moddaning aktivligi (konsentratsiyasi) aniqlanishi mumkin. Agar kimyoviy reaksiya davomida elektrod potensiali o‘zgarsa, bu o‘zgarish yordamida eritmadagi modda konsentratsiyasining o‘zgarishini va titrlashning oxirgi nuqtasini topish mumkin. Potensiometrik analiz sanoatning turli sohalarini kimyoviy – tahliliy nazorat qilishda va moddalarning miqdorini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Potensiometriya M o a nF RT E E ln 26 usuli Zyorensen fanga pH haqidagi tushunchani kiritgandan (1909 y.) so‘ng tez rivojlanib ketdi. Potensiometrik analiz bevosita va bilvosita usullarga bo‘linadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling