Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (namuna)
5 II.Asosiy qism 1. Elektr kimyoviy analiz usullari Elektrodlar ustida yoki elektrodlar oralig‘ida sodir bo‘layotgan jarayonlarga asoslangan. Bunda sistemaning qator kattaliklari (potensial, tok kuchi, elektr miqdori, qarshilik, sig‘im, elektr o‘tkazuvchanlik yoki dielektrik xossalari) o‘zgaradi. Bu kattaliklar aniqlanadigan moddalarning eritmadagi konsentratsiyalariga mutanosib bo‘lganligi yoki ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanganligi uchun ular yordamida o‘sha moddalarning tabiati va miqdorini aniqlash mumkin. O‘lchanadigan mazkur qiymatlarning ko‘p sonli umumlashmalari mavjud. Barcha elektr kimyoviy analiz usullarida elektr zanjiri asosiy o‘rinda turganligini hisobga olib, usullar sinflanishining asosiga elektrodlarda bo‘ladigan jarayonlarni qo‘yish maqsadga muvofiq. Shu asosda barcha elektr kimyoviy analiz usullari uch guruhga bo‘linadi: 1) elektrod reaksiyalariga asoslangan elektr kimyoviy usullar (potensiometriya, voltamperometriya: polyarografiya, amperometriya, xronoamperometriya, xronopotensiometriya, inversion voltamperometriya, kulonometriya, elektr gravimetriya va boshqalar); 2) elektrod reaksiyalariga bog‘liq bo‘lmagan usullar (past va yuqori chastotali konduktometriya, dielkometriya); 3) qo‘sh elektr qavatning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan usullar (tenzammetriya, elektr sorbsion analiz). Elektr kimyoviy analiz usullarining o‘lchanadigan qiymatlariga asoslangan bir qator boshqa sinflari ham mavjud, biroq ular, fikrimizcha, ilmiy negizga ega emas. 2.Elektr kimyoviy zanjir. Elektrolitik jarayon elektronlar tashilishining geterogen reaksiyasi sifatida qaralishi mumkin. Elektronlar eritma elektrod chegarasida tashiladi. Bunday geterogen sistemadagi reaksiyaning tezligi quyidagi bosqichlarning tezligi bilan belgilanadi: 6 1) reaksiyaga kirishuvchi moddaning qattiq sirtga tomon diffuziyasi; 2) reaksiyaga kirishadigan moddaning elektrod sirtiga yutilishi; 3) sirt yuzasida elektronlarning tashilishi; 4) moddalarning sirt yuzasidagi va suyuq fazadagi harakati; 5) reaksiya mahsulotlarining sirt yuzasidagi diffuziyasi va hokazolar. Bu jarayonlarning hammasi elektrolitik bo‘g‘inda kuzatiladi. Umuman ikki xil bo‘lgan elektrolitik bo‘g‘indan biri galvanik element, ya’ni ichki kuchlanishga ega bo‘lgan bo‘g‘indir. Galvanik element tarkibiga kiruvchi kimyoviy moddalar orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalar natijasida elektr toki paydo bo‘ladi. Masalan, rux nitrat va mis sulfatdan iborat bo‘lgan o‘zaro tuz ko‘prigi orqali tutashtirilgan rux nitrat eritmasiga rux, mis sulfat eritmasiga mis plastinka tushirilsa (1.1- chizma), rux metall oksidlanib: Zn-2e Zn 2+ , eritmadagi mis ioni qaytariladi: Cu 2+ +2e Cu Ruxning oksidlanishi anod jarayonini, mis ionining qaytarilishi esa katod jarayonini tashkil etadi. Bu reaksiyalar natijasida zanjirda paydo bo‘ladigan tok tegishli jarayonlarni ta’minlaydigan oksidlanish-qaytarilish juftlari normal oksred potensiallarining turlichaligi bilan tushuntiriladi, ya’ni: Cu 2+ +2e Cu; E 1 =E o,1 =0,345 B; Zn-2e Zn 2+ ; E 2 =-E o,2 = 0,792 B; Cu 2+ +Zn Cu+Zn 2+ ;
1 -E 2 =1,137 B. Bundan tashqari, turli konsentratsiyali bir xil tabiatga ega bo‘lgan moddalarning o‘zaro yarim o‘tkazgich g‘ovak to‘siq bilan tutashtirilgan eritmalari orasida ham potensiallar ayirmasi yuzaga keladi (1.2-chizma). Idishning bir qismiga 0,1 M va ikkinchi qismiga 0,01 M HCl eritmalari solingan bo‘lsa, konsentratsiya yuqori bo‘lgan eritmadan kichik konsentratsiyali eritmaga diffuziya natijasida H + va Cl - ionlari o‘ta boshlaydi. H + ionining harakatchanligi ( o =349,8) Cl - ioninikiga ( o =76,3) nisbatan bir necha baravar 7 katta bo‘lganligi uchun H + ioni Cl - ioniga ko‘ra tezroq harakatlanadi. Buning oqibatida 0,01 M eritmaga vodorod ioni ko‘proq o‘tganligi uchun bu eritma musbat, 0,1 M eritmada xlorid ion ko‘proq qolganligi uchun manfiy zaryadlanadi. Elektrostatik kuch ta’siridan H + ionining diffuziyasi sekinlashganligi va xlorid ioniniki tezlashganligi uchun turg‘un holat qaror topadi. Turg‘un holatda bu eritmalar orasida doimiy potensiallar farqi kuzatiladi. Bunday galvanik element Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling