12
.
Selektivlik koeffitsiyenti qattiq membranali elektrodning asosiy ko‘rsatkichi
hisoblanadi.
qiymat qanchalik kichik bo‘lsa, elektrodning selektivligi
shuncha yuqori bo‘ladi. Suyuq membranali elektrodlar suv
bilan aralashmaydigan
suyuq fazali organik moddalar bo‘lib, ular o‘z tarkibiga harakatchan ionlar va
ionogen birikmalarni oladi. Suyuq membranalar qattiq
membranalardan farqli
ravishda harakatchan ionogen guruhlarga ega. Selektivlik faqat to‘liq dissotsilanish
davridagina erituvchiga bog‘liq bo‘lib, erigan moddaning tabiatiga bog‘liq emas.
Membrananing potensiali eritmaning tarkibiga, potensialning o‘rnatilish
vaqti va
elektrodning ichki qarshiligi va organik faza qavatining qalinligiga bog‘liq. Suyuq
membranali elektrodlar qattiq membranali elektrodlarga qaraganda qator
afzalliklarga ega:
1) ularning almashinish tezligi yuqori;
2) muvozanat tez qaror topadi;
3) elektr aktiv moddaning konsentratsiyasi
va tabiatini keng oraliqda
o‘zgartirish mumkin.
Bulardan tashqari, plyonkasimon membranali
elektrodlar ham mavjud
bo‘lib, ularni ishlatish suyuq membranali elektrodlarga ko‘ra qulay. Bunday
elektrodlarning ishlab chiqarilishi suyuq membranali
elektrodlarning tuzilishini
takomillashtirdi. Endilikda suyuq membranali elektrodlarni tayyorlash uchun
suyuq ionit befarq (indifferent) asosga o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: