13
selektivligiga bog‘liq. Har bir ferment faqat
bir xil reaksiya turigagina
katalizatorlik qila olgani uchun ferment elektrodlarning yaratilishi turli xil biologik
jarayonlarni o‘rganish uchun katta imkoniyatlar yaratdi.
Hozirgi vaqtda ayrim
hayvonlarning to‘qimalari asosida ferment elektrodlar yaratish yo‘lga qo‘yilgan.
5.Taqqoslash elektrodlari
Taqqoslash elektrodlari
sifatida normal vodorod, to‘yingan kalomel,
kumush
xloridli, talliy xloridli, merkur-yodid va boshqa elektrodlar, shuningdek, sirt yuzasi
katta bo‘lgan turli xil metallar ishlatiladi.
Taqqoslash elektrodlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) potensialni belgilovchi elektrodning ichki reaksiyasi termodinamik qaytar
bo‘lishi kerak;
2) elektrodning qutblanuvchanligi kam bo‘lishi, ya’ni undan tok o‘tganda
o‘z potensialini nihoyatda kam o‘zgartirishi kerak;
3) elektrod uzoq vaqt saqlanganda va turli xil sharoitlarda ham o‘z
potensialini o‘zgartirmasligi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: