Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Ta`limning maktabdan tashqari shakllari


Download 3.27 Mb.
bet123/283
Sana11.10.2023
Hajmi3.27 Mb.
#1698548
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   283
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Ta`limning maktabdan tashqari shakllari. Ta`limning maktabdan tashqari shakllari xilma-xil bo`lib, ular orasida uy vazifalari, ekskursiyalar alohida qimmatga ega. Uy ishlari sinfda bajarilgan ishlarning tabiiy davomi bo`lib, ular o`quvchilarda mustaqillikni tarbiyalashning yyetakchi shakli sanaladi.
Hozirgi didaktik adabiyotlarda uy vazifalarini tashkil etishning normativ chegaralari belgilangan: 1 - sinfda 1 soat, 2 - sinfda 1,5 soat, 3 – 4 – sinflarda 2 soat, 5 - 6 - sinflarda 2,5 soat, 7- sinfda 3soat, 8 – 9 - sinflarda 4 soat.
Uy vazifalari o`qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko`rsatmalariga ko`ra bajariladigan amaliy va nazariy topshiriqlardir. Uy vazifalari quyidagi pedagogik talablar asosida tashkil etiladi:
-o`quvchilarda uy vazifalarini bajarishga ishtiyoq, havas, qiziqishlarni oshirish. Buning uchun uy vazifasining maqsadi, ahamiyati tushuntiriladi, sinfda va uyda bajariladigan ishlar o`rtasida vorislik o`rnatiladi;
-uy vazifalarini bajarishga javobgarlik hissini tarbiyalash. Uy vazifalarining bajarilishini nazorat etish, bolalarni rag`batlantirish, eng yaxshi bajarilgan uy ishlarini numuna qilib ko`rsatish yo`llari bilan bolalarda uy vazifalarini bajarishga javobgarlik hissi tarbiyalanadi;
-uy vazifalarining tushunarliligini ta`minlash. Uy vazifalari bolalarning kuchi yetadigan bo`lishi shart. Har bir uy vazifasini bajarish uchun yetarli miqdorda maslahatlar berish;
-uy vazifalarini asta-syokin murakkablashtirib borish, ularning optimal qiyinligini ta`minlash;
-uy vazifalari turlarini o`zgartirib turish. Bir xil uy topshiriqlari (masalan, grammatik mashqlarni bajarish, misol va masalalarni echish) o`quvchilarning o`quv predmetlariga qiziqishlarni susaytiradi;
-o`quvchilarni uy vazifalarini bajarishga tayyorlash. Buning uchun uy vazifasini bajarish maqsadi tushuntiriladi, zarur ko`rsatmalar beriladi;
-uy vazifasini bajarish uchun gigiyenik talablarga javob beradigan sharoit yaratish.
O`quvchilarda kuzatish, fakt to`plash va ularni tahlil qilishga oid ko`nikmalarni rivojlantirishda o`quv ekskursiyasini ahamiyati nihoyatda katta. O`quv ekskursiyalari o`quv dasturlarida ko`zda tutilgan bo`lib, u yoki bu o`quv predmeti uchun ajratilgan vaqt doirasida o`tkaziladi. ekskursiya o`rganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda kuzatish ta`limni hayot, ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog`lanishning yetakchi shakli sanaladi. ekskursiyaning tarbiyaviy ahamiyati ham katta: uning vositasida bolalarda jamoatchilik, vatanparvarlik, estetik tarbiya amalga oshiriladi.
O`quv ekskursiyalari to`rt tomonlama tasnif etiladi: o`quv predmetlariga ko`ra; ajratilgan vaqtga ko`ra; ta`lim jarayonidagi o`rniga ko`ra; tarkibiga ko`ra.
O`quv predmetlariga ko`ra ekskursiyaning quyidagicha turlari farqlanadi: ona tilidan lingvistik ekskursiya; tarixdn tarixiy obidalarga tarixiy ekskursiya; fizika va ximiyadan zavod, fabrikalarga ekskursiya; tabiatshunoslikdan tabiatga ekskursiya.
Ta`lim jarayonidagi o`rniga ko`ra ekskursiyaning quyidagicha turlari ajratiladi: kirish ekskursiyalari – o`quv predmeti yoki uning biror bo`limini o`rganishdan oldin o`tkaziladi. Uning yordamida shu bulim, o`quv predmetiga oid faktlar to`planadi; joriy ekskursiya – o`quv predmetini, uning biror bo`limini o`rganish bilan aloqador ekskursiya. ekskursiyaning bu turi o`quv predmetiga oid katta mavzu, bo`limlarni o`rganish bilan parallel` o`tkaziladi; yakunlovchi ekskursiya – o`quv predmeti to`liq o`rganilgandan keyin tashkil etiladi.
Tarkiban ekskursiyaning ikki turi ajratiladi: bir o`quv predmetiga (masalan, faqat adabiyotga) oid ekskursiya kompleks ekskursiya– bir qancha o`quv predmetiga oid (masalan, tabiatga) ekskursiya. Bunday ekskursiya materiallari geografiya, biologiya, fizika kabi qator o`quv predmetlari bo`yicha to`planadi.
Ajratilgan vaqtga ko`ra ekskursiyaning ikki turi farqlanadi: qisqa muddatli ekskursiya – masalan, biologiyadan “Gulning tuzilishi” mavzusini o`tishdan oldin maktab bog`iga qisqa muddatli ekskursiya o`tkazish, yerga tushgan gullarni to`plash, dars paytida ulardan jonli material sifatida foydalaniladi; uzoq muddatli ekskursiyalarga bir kun, hatto o`quv haftasi ajratilishi mumkin.



Download 3.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling