Вставить menyusi
yordamida jadvalimizga ma’lumotlar kiritamiz. Ma’lumotlarni kiritib bo’lgach вперëд tugmasini bosamiz (10-rasm).
10-rasm
E’tibor bersak kiritilayotgan to’liq maydonlar guruhi 2 ta bo’lib ular sonini Продолжить вставку строки darchasiga sonini yozish orqali ko’paytirishimiz mumkin.
12-rasm
Saqlash uchun вперëд tugmasini bosgandan so’ng ma’lumotlarni kiritishni tasdiqlashni so’rovchi va jarayonni SQL so’rovi yordamida aks ettiruvchi oyna hosil bo’ladi tasdiqlash uchun yana bir bor ok tugmasini bosish kerak bo’ladi. Kiritilgan ma’lumotlarni ko’rish uchun Обзор menyusiga o’tamiz va natija xuddi 12-rasmda aks ettirilgandek aks etadi.
Xuddi MS Accessda bo’lgani kabi MySQL da ham jadvallar ustida amallarni biz ikki xil usulda amalga oshirishimiz mumkin: 1-si dastur interfeysidagi buyruqlar; 2-si SQL so’rovlari yordamida.
1-usulning bir qismini yuqorida ko’rib o’tdik endilikda SQL so’rovlari yordamida ma’lumotlar strukturasi bilan ishlashni ko’rib chiqamiz. Buning uchun dastur chap yuqori qismidagi uy belgisi yordamida bosh oynaga chiqib olamiz va bu oynaning SQL menyusi yordamida SQL so’rovlari yoziladigan maydonni hosil qilamiz (13-rasm).
13-rasm
SQL yordamida ham yuqoridagi kabi ma’lumotlar bazasini yaratishimiz mumkin. Buning uchun dastavval Dorixona nomli ma’lumotlar bazasini o’chiramiz. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: 1) ikonkasi yordamida bosh sahifaga o’tamiz; 2) Базы данных menyusini tanlaymiz; 3) Dorixona nomli ma’lumotlar bazasi oldigbayroqchani o’rnatamiz va tugmasini bosamiz; 4) hosil bo’lgan ogohlantirish oynasidan OK tugmasini bosamiz va natijada baza o’chiriladi.
SQL da yangi ma’lumotlar bazasini yaratish sintaksisi quyidagicha: CREATE DATABASE database_name; Ushbu sintaksisdan foydalanib Dorixona nomli ma’lumotlar bazasini yaratamiz. Buning uchun 13-rasmdagi oynaga quyidagi kodni yozamiz va Ok tugmasini bosamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |