To‘liq shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi
Python dasturlash tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni to‘liq shartli ko‘rinishida ifodalash uchun if else operatoridan foydalaniladi. Algoritm tarkibidagi shartlar chin qiymat qabul qilganda ma’lum bir operatorlar, yolg‘on qiymat qabul qilganda boshqa operatorlar bajarilishi ham mumkin.
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni python dasturlash tilida to‘liq shartli operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha
if :
operatorlar1
else:
operatorlar2
if else operatori tarkibidagi shartlarning chin qiymat qabul qilganda operatorlar1 bajariladi, aks holda operatorlar2 bajariladi.
Misol: Berilgan son juft bo‘lsa 2 ga ko‘paytirib juft so‘zini aks holda toq bo‘lsa 3 ga ko‘paytirib toq so‘zini ekranga chop eting.
a=15
if a%2==0:
print('juft')
print(2*a)
else:
print('toq')
print(3*a)
============= RESTART: C:\Users\User\Desktop\2.py
==============
toq
45
>>>
|
Misol. Pythonda quyidagi masalani dasturiy ta’minotini yarating.
x=float(input('x='))
from math import*
if x>0:
y=0.5*cos(x)
else:
y=x+8
print('y=',y)
============ RESTART: C:\Users\User\Desktop\2.py
================
x=-2.8
y= 5.2
>>>
|
elif operatori
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni algoritmlash vaqtida, albatta, shartga e’tibor berish talab etiladi, chunki algoritm shart bo‘yicha tarmoqlanib qismlarga ajralib ketadi. Masalan, dastur bajarilishining birorta qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko‘ra boshqaruvni dasturning u yoki bu bo‘lagiga uzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |