Samarqand davlat universiteti


Download 234.5 Kb.
bet1/3
Sana27.02.2020
Hajmi234.5 Kb.
  1   2   3

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Ro‘yxatga olindi: TASDIQLAYMAN

№ ________________ SamDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori _______

2019- y. “___” _______ prof.A.Soleyev

“__” ____ 2019-yil

«NUTQ MADANIYATI VA MUTOLAA SAN’ATI »

fanidan
ISHCHI O‘QUV DASTURI

(2-kurs)
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha



Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar

Ta’lim yo‘nalishi: 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek filologiyasi)

Samarqand – 2019

Fanning ishchi o‘quv dasturi namunaviy o‘quv, ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.


Tuzuvchi:

S.A.Karimov. – SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, f.f.d.

S.M.Umirova. – SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, f.d. (PhD)
Taqrizchilar:

Х.Z.Xayrullayev – SamDChTI professori, f.f.d.
Fanning ishchi o‘quv dasturi SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasining 2019-yil 22-iyundagi 14-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: prof. Pardayev A.B.
Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘quv-uslubiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil ___ iyuldagi ___-sonli bayonnoma).
Fakultet o‘quv-uslubiy

kengashi raisi prof. Abdiyev M.
Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘zbek filologiyasi fakulteti Ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil ___iyuldagi ___-sonli bayonnoma.
Fakultet Ilmiy

kengashi raisi prof. Eltazarov J.

Kelishildi:

O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i Aliqulov B.
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili adabiyoti universitetini tashkil qilish to‘g‘risidagi Respublika Prezidenti farmonida (2016 yil 13-may) «O‘zbek tili va adabiyoti, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash», bugungi filolog mutaxassislarning muhim vazifasi deya ta’kidlandi. Hozirda nutq madaniyati, notiqlik va mutolaa san’ati doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, nutq madaniyati va notiqlik tarixining muhim bosqichlari borasida tasavvur hosil qilish, notiqlikning asosiy shartlari, nutq madaniyati asoslari, notiqlik yo‘nalishlari va maktablari, voizlik san’ati, mumtoz manbalardagi nutq madaniyatiga oid qarashlar haqida ma’lumot berish, nutq sifatlari, uslublari, adabiy til me’yorlariga amal qilish, nutqni maqsadga muvofiq shakllantirish, yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini talab darajasida egallagan o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

«Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» fani madaniy nutq tuzish, ifodali o‘qishga o‘rgatishni, mutolaa madaniyatining talablari, qonun-qoidalarini o‘zlashtirishni, millat va mamlakat hayotida kechgan ijtimoiy-tarixiy, ruhiy-ma’naviy, adabiy-estetik jarayonlarni tushunish, og‘zaki va yozma nutq me’yorlari bo‘yicha muayyan ko‘nikma hosil qilishni maqsad qiladi.

«Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» fani «Madaniyatshunoslik», «YOzma nutq me’yorlari», «Davlat tilida ish yuritish», «Hozirgi o‘zbek adabiy tili», «Mutaxassislikka kirish», «Darslikdan foydalanish metodikasi», «Adabiyot nazariyasi», «Mumtoz adabiyot tarixi», «Sotsiologiya», «Psixologiya» fanlari bilan aloqador.

Ushbu fanni o‘qitish orqali o‘zbek tili va adabiyotini tarixiy va nazariy poetika, jahon adabiyoti kontekstida tushunadigan, og‘zaki va yozma nutqi ravon, barmoq va aruz vaznidagi she’rlarni, badiiy matnni ifodali o‘qiy oladigan, nutq madaniyati va notiqlik san’ati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali pedagog kadrlar va ilmiy xodimlar tayyorlash ko‘zda tutiladi.
II.O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

«Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» moduli maqsadi talabalar e’tiborini jalb qilish mohiyatiga ega bo‘lgan nutq yaratish, me’yoriylikka asoslangan og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilangan:

- nutq texnikasini o‘rganish;

- mutolaaa madaniyati talablarini o‘zlashtirish;

-nutq madaniyati tarixini o‘rganish, G‘arb va SHarqdagi notiqlik san’ati taraqqiyoti haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

- notiqlik san’atining asosiy masalalarini o‘zlashtirish;

- nutq madaniyati asoslarini belgilash;

- nutq sifatlarini o‘zlashtirish va shu asosda maqsadga mos tarzda ta’sirchan nutq yaratish;

- muomala madaniyatini egallash, muloqot vaziyatlarini to‘g‘ri baholay olish;

Fanni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- «Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» fani tarixi, notiqlik san’ati, notiqlar faoliyatini;

- nutq bo‘limlari, notiqlik san’atining asosiy tushunchalarini;

- nutq madaniyati asoslarini;

- nutq madaniyatining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari;

- nutq sifatlari haqidagi muhim ma’lumotlarni;

- nutq madaniyatining shaxs ma’naviy qiyofasini belgilovchi omillardan biri ekanligini bilishi zarur;

- adabiy til me’yorlariga amal qilish;

- rasmiy muloqot madaniyati talablarini anglash;

- nutq sifatlarini belgilash;

- notiqlikning asosiy talablarini belgilash;

- nutq madaniyati talablariga amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari zarur;

- til va madaniyat munosabatlarini anglash;

- nutqni adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda namoyon etish;

- nutqni ta’sirchan, auditoriya e’tiborini tortadigan darajada obrazli tarzda ifoda etish malakalarini egallashlari zarur;

- mutolaa san’atining taraqqiy etishiga ta’sir etgan muhim omillar va ushbu adabiyotning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

- mutolaa madaniyati va ritorikaning mazmun-mohiyati davriy hodisalar ta’sirida o‘zgarib, boyib borishini bilishi va ulardan foydalana olishi;

-talaba mutolaa san’atining nazariy masalalariga oid muammolar bo‘yicha echimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
«Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 3-semestrda o‘qitiladi. «Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan «Tilshunoslik va tabiiy fanlar», «Sotsiolingvistika», «Tilshunoslik nazariyasi», «Falsafa», «Psixologiya» fanlarida o‘rganiladigan muammolar borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.

Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyaning so‘nggi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni

Fanning asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarga madaniy nutq haqida to’la tasavvur berish, ularda adabiy nutq malakalarini shakllantirishdan iborat.

Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar hal etiladi: nutq madaniyatini o’rganish tarixiga oid ma’lumotlar berish; madaniy nutq, unga qo’yiladigan talablar haqida to’la ma’lumot berish; nutqning asosiy sifatlari (to’g’riligi, mantiqiyligi, aniqligi, sofligi, ta’sirchanligi) to’g’risida ma’lumot beish; olingan nazariy bilimlar asosida adabiy nutq malakalarini shakllantirish
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

«Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» fanini o‘zlashtirishda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning «Klaster», «Bumerang», «Keys-stadi», «Matbuot konferetsiyasi» singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o‘tkaziladi.


Asosiy qism
1-modul. Nutq madaniyati

«Nutq madaniyati» faniga kirish. Nutq madaniyati tushunchasi, tarixi.

Fanning maqsad, vazifalari. Nutq madaniyati tushunchasi va tarixi. Nutq madaniyati va muomala odobi. «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul haqoyiq», «Qobusnoma», «Mahbub ul qulub» kabi asarlarda nutq madaniyati, so‘zlashish odobi masalalari. Jamiyat va nutq madaniyati. Nutq madaniyatining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati.


Notiqlik san’ati tarixi

Notiqlik san’atining shakllanish tarixi. Notiqlikning yuzaga kelish omillari. Yunon notiqligi. Qadimgi Yunoniston – notiqlik san’atining vatani. Qadimgi Gretsiyada notiqlar faoliyati. Xalq yig‘inlarining notiqlik san’atining shakllantirishdagi o‘rni. Ijtimoiy-siyosiy masalalarda omma e’tiborini tortishning muhimligi. Fikr va g‘oyalarni to‘g‘ri va ta’sirchan ifodalashning ahamiyati. Huquq tizimida notiqlikning o‘rni. YUnon ritorlarining og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini egallashdagi faoliyatlari. Falsafa maktablarining notiqlik san’atiga munosabatlari.

Aristotelning notiqlik san’ati taraqqiyotidagi xizmatlari.

Rim notiqlik san’ati. Rim notiqlik maktabining o‘ziga xosliklari. Sitseronning notiqlik san’ati haqidagi qarashlari. Notiqlik vazifalari.

Sharqda voizlik san’ati. Sharq notiqligi haqida ma’lumot. Sharq voizlarining qarashlari. Mumtoz asarlarda voizlik san’atining ulug‘lanishi.
Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari

Til me’yori lingvistik tushuncha sifatida. O‘zbek adabiy tili – umumxalq o‘zbek tilining oliy shakli. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi. Adabiy tilga ta’rif. Adabiy tilga xos muhim belgilar: me’yorlashganlik, xalqchillik, umummajburiylik, ko‘p vazifalilik, uslubiy tarmoqlanganlik, qayd etilganlik, tanlanganlik, barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, zamonaviylik.

Me’yor ko‘rinishlari: fonetik, leksik, orfografik, orfoepik, so‘z yasash, so‘z qo‘llash me’yorlari; punktuatsion, sintaktik, stilistik me’yorlar.

Me’yoriylikdan maqsadli chekinish. Lug‘atlarning nutq madaniyati bo‘yicha universal manba sifatidagi ahamiyati.

Adabiy til nutq madaniyatining asosi sifatida. Adabiy til me’yorlarini egallashga to‘siq bo‘luvchi ba’zi holat va sabablar.
Nutqning kommunikativ sifatlari

Nutq sifatlari. Nutqning to‘g‘riligi – nutq madaniyatining birlamchi sharti. Nutqning aniqligi, mantiqiyligi, jo‘yaliligi, maqsadga muvofiqligi va ta’sirchanligi.

Til sofligi, nutq sofligi uchun kurash – umuxalq ishi. Nutq boyligi va ta’sirchanligi, ularga erishi yo‘llari.
Nutq shakllari va turlari.

Og‘zaki nutq xususiyatlari. To‘g‘ri talaffuz me’yorlari. O‘zbek tilida urg‘u. Olinma so‘zlar talaffuzi.

Yozma nutq xususiyatlari. Yozma nutqda oldindan hozirlanish xosligi hamda unda tahrir imkoniyatining mavjudligi. Matnni tahrirlash. Yozma nutqning nisbatan to‘g‘ri va aniqligi. Imlo me’yorlari: yozma nutqda uchraydigan tipik xatolar va ularning tasnifi.
Nutq madaniyati va uslubiyat.

O‘zbek adabiy tilining vazifaviy uslublari. Jonli so‘zlashuv uslubi. Adabiy til uslublari: ilmiy uslub, rasmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub. Ushbu uslublarning o‘ziga xos xususiyatlari. Badiiy uslubning keng qamrovliligi. Uning tarmoqlanishi: poetik nutq, dramatik nutq, nasriy nutq kabilar.



Tilning tasviriy vositalari

Ko‘chimlar: metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, ironiya, ironiyaning nutq emotsiyasini tashkil etishdagi o‘rni. Ekspressiv-emotsional leksika. Sintaktik figuralar: inversiya, ellipsis, gradatsiya, antiteza, ritorik so‘roq, takrorlarning nutq ta’sirchanligini ta’minlashdagi ahamiyati.

Badiiy nutqda adabiy til me’yorlaridan ma’lum maqsadda chekinishga yo‘l qo‘yilishi.
2-modul. Mutolaa san’ati
Mutolaa va voizlikning G‘arb madaniy tafakkurida tutgan o‘rni.

Ritorika tushunchasi asosida nutq, notiqlik degan mazmun yotishi, bunda asosan, nutqdagi marom e’tiborga olinishi. Va’z va voizlik esa sharqona pand-nasihat – didaktikaga asoslanishi.


Mutolaa va voizlikning Sharq madaniy tafakkurida tutgan o‘rni.

Mutolaa san’ati arabcha «mutolaa – o‘qish, o‘qib o‘rganish» ma’nolarni anglatishi, voizlik esa Sharq va G‘arbda boshqa-boshqa tushunchalar o‘laroq talqin qilinishi.


Lirik janrlarda marom va ohang.

Lirik janrlar asosida marom va ohang turishi, voiz nutqida ham maqom va ohang ishtirokiga alohida e’tibor qaratish. Ritor tanlagan mavzuga qarab lirik janrlarga xos tez, sekin, yuqori yoki past ohanglarning o‘rin almashinib turishi. SHe’r vaznlariga xos marom, nutq materiali semantikasiga bevosita ta’sir etishi.


Dramada ritm va ohang.

Dramatik asarda ritm va ohangning etakchi mavqeda turishi. Dramatik asardagi muallif nutqi asosiy ritm va ohang regulyatori vazifasini bajarishi. Qahramonlararo dialogda, monolog va ichki nutq talqinida notiqlik san’atiga xos marom o‘zgarishlarining muqarrarligi. Shu nuqtai nazardan voizlik va dramatik janrlar mustahkam aloqaga ega bo‘lishi.


Epik ijodda nutq va mutolaa masalasi.

Epik ijod namunalarining mutolaa san’ati bilan mushtarak holatda yashashi qonuniyligi. Mutolaa jarayonida notiqlikka xos marom, ohang, urg‘u, talaffuz va ifodaning muhim retseptiv vazifa bajarishi. Epik ijodda ham nutqning obrazlar, personajlar, ifoda shakllari, pafos bilan bog‘liq ko‘rinishlari uchrashi.


Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi.

Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi bir nechta bosqichlardan iborat ekanligi. Birinchi bosqichning psixologik funksiyaga yo‘naltirilishi. Bunda jumla va so‘zning psixologik ta’sir kuchiga ega bo‘lishi. Ikkinchidan, ayni matn bo‘laklarining semantik-struktural vazifalarini bajarishi. Uchinchidan, obraz mohiyatini ochishda va tushunib etishda jumla, so‘z va tovushning zarur retseptiv komponent vazifasini bajarishi.


Ritorika va zamonaviy adabiyot.

Ritorika, mutolaa zamonaviy adabiyot rivojini ta’minlovchi, o‘quvchi va badiiy asar munosabatini mustahkamlovchi vosita ekanligi, badiiy asarni o‘qish, tushunish, tushuntirish jarayonida ritorika mezonlarining ulkan ahamiyat kasb etishi. Zamonaviy epik, dramatik, lirik janrlarga xos semantik-struktural mohiyat bevosita mutolaa san’ati va ritorika bilan bog‘liqligi.


«Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:


t/r

Mavzular nomi

Jami

soat

Ma’ruza

Amaliy

1

«Nutq madaniyati» faniga kirish. Nutq madaniyati tushunchasi, tarixi.

4

2

2

2

Notiqlik san’ati tarixi.


4

2

2

3

Rim notiqlik san’ati.


4

2

2

4

Sharqda voizlik san’ati.

4

2

2

5

Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari

4

2

2

6

Me’yor ko‘rinishlari: fonetik, leksik, orfografik, orfoepik, so‘z yasash, so‘z qo‘llash me’yorlari; punktuatsion, sintaktik, stilistik me’yorlar.

4

2

2

7

Nutqning kommunikativ sifatlari

4

2

2

8

Nutq shakllari va turlari.

4

2

2

9

Nutq madaniyati va uslubiyat.

4

2

2

10

Tilning tasviriy vositalari

4

2

2

11

Mutolaa va voizlikning G‘arb madaniy tafakkurida tutgan o‘rni.

4

2

2

12

Mutolaa va voizlikning Sharq madaniy tafakkurida tutgan o‘rni.

4

2

2

13

Lirik janrlarda marom va ohang.

4

2

2

14

Dramada ritm va ohang.

4

2

2

15

Epik ijodda nutq va mutolaa masalasi.

4

2

2

16

Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi.

4

2

2

17

Ritorika va zamonaviy adabiyot.

4

2

2

18

O‘zbek nutqi madaniyatining asosiy xususiyatlari

4

2

2

19

O‘zbek muloqot xulqining gender xususiyatlari

4

2

2

20

Pedagogning nutqiy madaniyati

4

2

2

21

Istiqlol va notiqlik san’ati

5

2

3




Jami

85

42

43

Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling