Samarqand Davlat Universiteti Xalqaro Ta’lim Dasturlari Fakulteti
Download 16.54 Kb.
|
E'tibor X
Samarqand Davlat Universiteti Xalqaro Ta’lim Dasturlari Fakulteti Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi yo’nalishi 206-guruh talabasi Xushvaqtova E’tiborning Malakaviy amaliyot ishi Samarqand 2020-2021 Men Xushvaqtova E’tibor Samarqand Davlat Universiteti Xalqaro Ta’lim Dasturlari fakultetining 206-guruh talabasiman. Fakultetimiz buyrug’iga binoan biz 5.01.2021sanasidan boshlab malakaviy amaliyot o’tash uchun yo’l oldik. Biz o’z malakaviy amaliyot darslarini Bulung’ur tumanidagi BULUNGUR SHOES xususiy korxonasida boshladik. Dastavval biz korxona direktori G’aybullayev J.L bilan o’quv amaliyot o’tashimiz uchun universitetimiz bizga taqdim etgan shartnomani imzolatdik va ishni korxonaning ish jarayonini va korxonada ishlab chiqariladigan poyabzallar turlari bilan yaqindan tanishib chiqishdan boshladik. Bulung`ur shoes xususiy korxonasi Bulung`ur tumanidagi eng sifatli erkaklar va o`smirlar poyabzali ishlab chiqaradigan korxonalardan biri xisoblanar ekan. Ushbu Xususiy korxona Bulung’ur tuman tadbirkorlikni ro’yxatga olish inspeksiyasi tomonidan 2011 - yil 20 - noyabrdagi № 271 - sonli qarori asosida ro’yxatga olingan. Korxonada erkaklar va o`smirlar mavsumiy poyabzallari ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnalogiyalar bilan jixozlanganligini va Korxonada xar xil turdagi zamonaviy va arzon narxdagi poyabzallar ishlab chiqarilishining guvohi bo’ldik. Poyabzal ishlab chiqarish liniyasi har xil turdagi poyabzal va terliklarni ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin bo'lgan asbobdir. Ushbu uskuna tarkibiga sanoat konveyerlari, kesma dastgohlar, dastgohlar, zımbalama presslar, orqa moshinalarni tushirish va yumshatish, kichkina presslash, charmning kichik qismlari uchun gilyotin va poyafzal ishlab chiqarishda muayyan operatsiyalarni bajaradigan boshqa turli mexanizm va qurilmalar kiradi. Biz o’quv amaliyoti davomida korxonaning qadoqlash tsexida ham bo’ldik. qadoqlash tsexida tayyor va sifatli poyafzallarni qadoqlab o’zining Partiyasi buyuch va shartnoma orqali butun viloyatga tarqatar ekan. Malakaviy amaliyotni 28.02.2021gacha o’tadik, korxonaning ishlash prinsipini qund bilan o’rgandik va kelajakda shunday xususiy korxona faoliyatini yo’lga qo’yib o’z biznesimni yo’lga qo’yishni oldimga maqsad qilib qo’ydim. Download 16.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling