Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti


A.Isashov Ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash raisi, q.x.f.d., professor. A.N.Jo‘rayev


Download 7.15 Mb.
bet3/28
Sana14.08.2023
Hajmi7.15 Mb.
#1666955
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
26.07.2023.Avtoreferat.Eshmurodova M.Q

A.Isashov
Ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash raisi, q.x.f.d., professor.
A.N.Jo‘rayev
Ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi, q.x.f.f.d., dotsent.
K.S.Komilov
Ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, q.x.f.n., dotsent.



KIRISh (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda “Dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlarida yiliga 26,2 mln tonnadan ortiq paxta tolasi yetishtirilib, shundan, 79,7 foizi Hindiston, Xitoy, AQSh, Pokiston va O‘zbekiston davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi”1. Dunyo aholisini tola mahsulotlariga, ishlab chiqarish sanoatini esa xomashyoga bo‘lgan talabini bir me’yorda qondirishda asosiy e’tibor g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli tola hosili yetishtirishga qaratilgan bo‘lib, bu borada jahon andozalariga mos tola beruvchi yangi navlarni maqbul ko‘chat qalinligini hamda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biridir.
Dunyoning paxtachilik tarmog‘i rivojlangan mamlakatlarda yaratilgan har bir g‘o‘za navini mintaqalar kesimida ekish muddati va maqbul ko‘chat qalinligi hamda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari ishlab chiqilganlik asnosida, to‘qimachilik sanoatini talablariga mos tola yetishtirib kelinmoqda. Bugungi kunda sug‘oriladigan maydonlardan unumli foydalanish maqsadida navlarni potensial imkoniyatlarini ishga solgan holda yuqori va sifatli tola yetishtirishda resurstejamkor agrotexnologiyalardan samarali foydalanish, har bir ekishga tavsiya etilgan navlarni biologik va morfologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirib borish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda respublikamizning 1,4 mln gektar sug‘oriladigan maydonida g‘o‘za navlari parvarish qilinib, yiliga 1,0 mln tonna atrofida tola yetishtirilib kelinmoqda. Keyingi paytlarda Respublikamiz Prezidentining tashabbuslari bilan paxtachilik klasterlari tashkil etildi va qishloq xo‘jaligiga xorijdan katta miqdorda investitsiyalarni olib kirish jadallashdi. G‘o‘za navlaridan ertaki va yuqori paxta hosili yetishtirishda klasterlar tomonidan, tuproqning unumdorlik xususiyatlarini hisobga olgan holda, chigitlarni turli ekish tizimlarida ekish orqali ko‘chat qalinliklarini gektariga 200 minggacha oshirib borishga, ko‘chat qalinliklariga bog‘liq holda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda maqbul me’yorlarini ishlab chiqishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021˗yil 26˗fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”2gi PQ−5009 sonli, 2022˗yil 7˗iyuldagi “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”3gi PQ˗308 sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda g‘o‘za navlarini ko‘chat qalinligini hamda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini mintaqaning tuproq˗iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligi ekinlarni yetishtirishda resurstejamkor agrotexnologiyalardan keng ko‘lamli foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-sonli Farmonida “Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash” bo‘yicha hamda 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”4 gi qarori va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 7.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling