Samarqand diyoriga sayr


Download 3.85 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi3.85 Kb.
#1571591
Bog'liq
Документ


“Samarqand diyoriga sayr” mavzusidagi tasviriy faoliyat mashg‘ulot ishlanmalari
(1-qism)
Mavzu: Registon maydoni rasmini chizish.
Mashg‘ulotning maqsadi: Samarqanddagi muqaddas tarixiy obidalar bilan tanishtirish orqali bolalarda ona vatanga muhabbat va faxr tuyg‘ularini shakllantirish.
Kerakli jihozlar: Qog‘oz va rangli qalamlar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, bugun biz sizlar bilan yurtimizning qadimiy va ulug‘ shahri – Samarqandga sayohat qilamiz. Samarqand haqida eshitganmisiz?
Bolalar: Xa.
Bolalar: Men televizorda ko‘rganman.
Bolalar: Men rasmini ko‘rganman.
Bolalar: Biz oilamiz bilan yozda Samarqandga bormoqchimiz.
Tarbiyachi: Juda yaxshi. O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson Samarqand haqida bilishi kerak. Chunki Samarqand juda qadimiy va buyuk shahar. Samarqandda tarixiy obidalar va ziyoratgoh joylar juda ko‘p. Uni ko‘rishga ko‘p mamlakatlardan sayyohlar kelishadi.
Kelinglar hozir “Afrosiyob” poyezdlariga o‘tiramiz va O‘zbekistonning yuragi bo‘lgan Samarqandga yo‘l olamiz!
(Tarbiyachi bolalar bilan “poyezd-poyezd” o‘yinini o‘ynaydi. Undan so‘ng bolalarga Samarqanddagi obidalar aks etgan videorolik ko‘rsatadi. Tarbiyachi “Registon” maydoniga alohida to‘xtalib o‘tadi )
Tarbiyachi: Bolalar, “Registon” so‘zining ma’nosi nima ekan?
Bolalar: “Qumli joy”
Tarbiyachi: Registon maydonida nechta madrasa bor ekan?
Bolalar: 3 ta.
Tarbiyachi: Ular qaysilar?
Bolalar: “Mirzo Ulug‘bek” madrasasi, “Tillakori” madrasasi, “Sherdor” madrasasi.
Tarbiyachi: Peshtoqida she’r surati tasvirlangan madrasa qanday nomlanar ekan?
Bolalar: “Sherdor”
Tarbiyachi: Nima uchun “Tillakori” madrasasi deb aytilar ekan?
Bolalar: Devorlariga tilla suvi yuritilgan naqshlar bilan bezatilgani uchun. Tarbiyachi: Barakalla, bilag‘on bolajonlar. Registon haqida yaxshi bilib olibsizlar. Kelinglar, hozir Registon maydonidagi madrasalardan birining rasmini chizamiz. (Bolalar tarbiyachi ko‘rsatmasiga binoan rasm chizishni boshlaydilar)

“Samarqand diyoriga sayr” mavzusidagi tasviriy faoliyat mashg‘ulot ishlanmalari
(2-qism)
Mavzu: Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini o‘rganamiz.
Mashg‘ulotning maqsadi: Bolalarda ulug‘ bobokalonlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish hamda va ular qoldirgan buyuk meroslarni qadrlashga o‘rgatish.
Kerakli jihozlar: Moviy rangdagi qog‘oz, guash, mo‘yqalam, kartondan yasalgan oy va yulduz shaklidagi qolip.
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi bolalar bilan salomlashadi. O‘tgan mavzu yuzasidan suhbat o‘tkazadi.
Tarbiyachi: Bolalar, Samarqandga sayohatimiz sizlarga yoqyaptimi?
Bolalar: Xa.
Tarbiyachi: Yana shunday me’moriy obidalar bilan tanishishni xohlaysizmi?
Bolalar: Albatta!
Tarbiyachi: Bugun biz sizlar bilan Mirzo Ulug‘bek Rasadxonasini o‘rganamiz. Bolalar Mirzo Ulug‘bek bobomiz kim edi?
Bolalar: Buyuk olim.
Bolalar: Registonda maqbara qurdirgan.
Tarbiyachi: Barakalla zukko bolajonlar! Judayam to‘g‘ri aytdingiz. O‘tgan safar sizlar bilan Registondagi Ulug‘bek maqbarasi suratini chizgan edik. Bu safar bobomiz qurdirgan rasadxona haqida bilib olamiz. Rasadxona ichiga oʻrnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlik bilan oʻrganilgan fazoni o‘rganishadi. Ulug‘bek bobomiz yuldzlarni o‘rgangan olim bo‘lganlar. Kelinglar, hozir sizlar bilan bobomiz o‘rgangan yulduzlarni tasvirlaymiz:
Moviy rangdagi qog‘oz bolalarga tarqatiladi.
Kartondan yasalgan oy va yulduz shaklidagi qolip guash bilan bo‘yaladi.
Muxr bosish usuli bilan moviy rangdagi qog‘ozga qolip bosiladi.


Mashg‘ulot yakuni: Tarbiyachi bolalar ijodiy ishlarini na’munalar tokchasiga joylashtiradi. Bolalar rag‘batlantiriladi.
Download 3.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling