Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti


Download 61.77 Kb.
bet1/8
Sana28.10.2023
Hajmi61.77 Kb.
#1729394
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzuReja


O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI RAQAMLI TЕXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
SAMARQAND FILIALI





KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI


Gurux nomeri-KIS-21-04


MUSTAQIL ISHI


Tekshirdi______________________
___________________
Bajardi_______________________
SAMARQAND-2023


6-MAVZU: IX-XII ASRLARDA O’RTA OSIYO XALQLARI HAYOTIDA YUZ BERGAN UYG’ONISH DAVRI. FAN VA MADANIYATNING YUKSAK RAVNAQ TOPISHI
Reja:

1. O’rta Osiyoda madaniy yuksalishni ta’minlagan omillar va sharoitlar.





  1. IX-XII asrlarda tabiiy va ijtimoiy fanlar hamda badiiy adabiyotning ravnaqi.




  1. IX-XII asrlarda islom dini va so’fiylik.




  1. IX-XII asrlarda me’morchilik va san’at.

Tayanch so’z va iboralar: Renessans, «Sharq Uyg’onish davri», «Bayt ul-hikma», «Ma’mun akademiyasi», ilm-fan, O’rta Osiyoning buyuk allomalari, badiiy adabiyot, islom madaniyati, hadisshunoslik, tasavvuf ta’limoti, binokorlik, me’morchilik, maqbaralar, minoralar, masjidlar, madrasalar.


- I –
Uyg’onish davri, Renessans – O’rta Osiyo, Eron, Xitoy, G’arbiy Yevropada yuz bergan madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. «Renessans» (fransuzcha, renaitre – qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug’ilmoq) atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-ma’naviy yuksalish (XIV-XVI asrlar)ga nisbatan qo’llanilgan, uni o’rta asr turg’unligidan yangi davrga o’tish bosqichi deb baholaganlar. Birinchi marta «uyg’onish» atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari o’z asarlarida ishlatadi. «Uyg’onish», «uyg’onish davri» atamalari XIV-XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini anglatib, ko’proq antik davr merosini, ya’ni antik madaniyatga o’xshash madaniyatni qaytadan «tirilishi», «uyg’onishi» ma’nosida ishlatila boshladi. Keyinchalik fanda bu atama keng qo’llanila boshladi.
Renessans, ya’ni Uyg’onish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib o’rgangan olimlarning ishlari shuni ko’rsatadiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (IX-XII asrlar) ulkan madaniy ko’tarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot rivojlanib, ilg’or insonparvarlik g’oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida «Musulmon Renessansi» (A.Mes) yoki «Sharq Uyg’onishi» (N.Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uyg’onish davrida Yevropa Uyg’onish davrining asosiy belgilalari mujassam: jo’shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlari, aqlni hayratda soluvchi bemisl asarlar shundan dalolat beradi. Sharq Uyg’onish davri ham ulug’ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yaratdi.
Arab halifaligida hokimiyat ummaviylar sulolasidan abbosiylar qo’liga o’tgandan keyin, yangi sulola katta saltanatni idora qilishda, uning taraqqiyotini ta’minlashda ilmu-fanning ahamiyatini chuqurroq anglab yetdi. VIII asr oxiri IX asr boshlarida Bag’dodda ilm-fanga e’tibor kuchayib, qadimgi yunon olimlari Platon (Aflotun), Aristotel (Aristu), Sokrat (Suqrot), Yevklid (Iklidus) va b. asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Turli dinlarga e’tiqod qiluvchi olimlar o’rtasida hamkorlik kuchaydi. Ayni paytda, arab (islom) sivilizasiyasining shakllanishida Hindiston, Eron, Yunoniston, O’rta Osiyo va Kavkaz xalqlari madaniyatining ta’siri katta bo’ldi. Halifalik ilm olmoq farz, degan hikmatga amal qilib o’z tasarrufidagi o’lkalarda olimlarning ishlashlari uchun sharoit yaratishga harakat qildi.

Download 61.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling