Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti
Sun’iy intellekt ilovalari sohalari va rivojlanish tarixi
Download 231.91 Kb.
|
MI 1
1. Sun’iy intellekt ilovalari sohalari va rivojlanish tarixi. 1200 yillardayoq, sun'iy odam va uning aqlini yaratish uchun urinishlar bo'lgan. Ixtirochi Raymond Lullius turli tushunchalarni, tabiiy hodisalani, sub’yektlar va ob’yektlarni ramzlarini anglatuvchi harflar bilan belgilangan va turli ranglarga bo’yalgan doiralardan tashkil topgan mashinani ishlab chiqgan [4]. Mantiqiy amallar yordamida ularning turli kombinatsiylaridan "bilimlar formulalari" hosil qilindi. 20-asrning 40-yillarida, elektron hisoblash mashina(EHM)larning paydo bo'lishi, sun'iy intellektning rivojlanishiga sezilarni ta’sir ko’rsatdi. SIsohasidagi tadqiqotlar ikkita maqsadga yo’naltirilgan [4]:
1) Tabiiy intellektning mohiyatini tushuntirish (inson intellekti); 2) Yangi bilimlarni qayta o’zgartirish va intellektual masalalarni yechish
Birinchi maqsadni psixologlar amalga oshiradilar. Ular masalani yechishda inson harakati modelini nazorat qiladi va uni tuzatadilar. Ikkinchi maqsadni tadqiqotchi bajaradi. U odamlar foydalanadigan usullardan qat'iy nazar, tizimning intellektual xatti-harakatini sintez qiladi Bu maqsadlarga muvofiq, sun'iy intellekt, ikki asosiy qismga bo'linadi: neyrokibirnetika va kibernetika "qora quti" [4]. Birinchi yo’nalish ta’kidlaydiki, faqat inson miyasi fikrlash qobilyatiga ega,shuning uchun ixtiyoriy mashina inson miyasining strukturasi va unug ishlash prinsipini bajarishi lozim. 1950-yillarning oxirida Amerika olimlar U. Mack Kalok, U. Pitts, F. Rosenblatt tomonidan birinchi neyrotarmoqlar va neyrokompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi va ular hozirgi davrda SITning neyrokompyuterlar yo’nalishini tashkil etadi. Ikkinchi yo'nalish fikrlaydigan qurilmalaning hatti-xarakati prinsiplarini emas, balki ularning ishlashini modellshtirish, ya’ni intellektual masalalarni yechish algoritmlarini izlash, boshqacha qilib aytganda qurilmalar inson miyasi kabi fikrlashi emas, balki shaxsiy fikrlash modellariga asoslanishi lozim. SIsohasidagi ishlar neyrokibernetikaning paydo bo’lishidan boshlandi. Inson miyasi ko'p nerv hujayralari - neyronlardan iborat bo'lganligi sababli, tadqiqotchilar neyronlarning birgalikdagi harakatlarini takomillashtirib, intellektli mashina qurishga harakat qilishdi. Neyrokibirnetikaning asosiy g'oyasini quyidagicha ifodalash mumkin. Fikrlashi mumkin bo'lgan yagona narsa - inson miyasi hisolanadi. Shuning uchun har qanday o'ylaydigan qurilma inson miyasi strukturasi va hatti-harakati kabi bajarilishi kerak, uning tuzilishini, harakat tamoyilini takrorlaydi. Shunday qilib, neyrokibirnetika inson miyasining tuzilishi va uning faoliyatini modellashtirish bilan bog'liq. 1943 yilda У. Мак Колак va U.Pits ikkita turg’un holatda turuvchi neyronlar uchun formal mantiqiy modelni taklif qildilar. D.Hebb 1949 yilda neyronlarni o’ganish maqsadida neyronlar orasidagi bog’lanishlar vaznini o’zgartirishning oddiy qoidalarini ishlab chiqdi. 1951 yilda M. Minskiy va D. Edmonds 40 ta neyronlardan iborat neyrokompyuter yaratdi. SI borasida olib borilayotgan tadqiqotlarni shartli ravishda uch bosqichga bo`lish mumkin [11-13]. Download 231.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling