Samarqand filiali
Download 86.5 Kb.
|
Davlat tili buyruq
- Bu sahifa navigatsiya:
- B U Y R U Q 20____ yil “___”___________ № _____ Samarqand shahar
- Direktor O.Murtazayev Buyruq loyihasini tayyorladi
B U Y R U Q 20____ yil “___”___________ № _____ Samarqand shahar Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish markaziga malaka oshirishga yuborish to‘g‘risida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 05-noyabrdagi № 4/14-2/6-448-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida BUYURAMAN: 1. 2023 yil 3-iyuldan bir oy muddatga, filial Kengash kotibi Mallayev Zafar Sadullayevichni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘limiga malaka oshirishga yuborilsin. 2. Malaka oshirish kursini tugatgan tinglovchilarga: - bir oy muddatda malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikat va hisobotini O‘quv-uslubiy bo‘lim (Z.Bobomurodov, U.Umirov) va xodimlar bo‘limiga topshirish vazifalari yuklatilsin. 3. Malaka oshirish to‘lovlari tegishli shartnoma asosida amalga oshirilsin (R.Eshaliev). 4. Xodimlar bo‘limiga mazkur buyruqni direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekani, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlariga ma’lumot va ijro uchun yetkazilishini ta’minlasin. 5. Ushbu buyruq ijrosi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 05-noyabrdagi № 4/14-2/6-448-sonli xati. Direktor O.Murtazayev Buyruq loyihasini tayyorladi: Ilmiy tadqiqot ishlari 1-toifali muxandisi U.Umirov Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Z.Abdullayev Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i N.Tuxtamurodova Yuriskonsult M.Xolmatov Download 86.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling