Samarqand filliali


Download 69.15 Kb.
bet1/3
Sana22.01.2023
Hajmi69.15 Kb.
#1110155
  1   2   3
Bog'liq
KTE3,4

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

SAMARQAND FILLIALI





MUSTAQIL ISH 3-4

“Komyuterni tashkil etilishi” fanidan

Guruh: KI-204-20-guruh
Tayyorladi :Bekmurodov K

Samarqand 2023




5-VARIANT:
Nazariy qism:

  1. Kesh xotira. Kesh xotiraning turlari va darajalanish.

  2. microATX tizimli platasining asosiy ko`rsatkichlari.

Kesh xotira.Kesh xotiraning turlari va darajalanish .


Reja:
1.Operativ qurilmasi haqida
2.Operativ qurilma tarkibi
3. ROM tipidagi xotira
4. DRAM xotirasi
5. SRAM kesh-xotira

Operativ xotira — bu kompyuter protsessori uchun ishchi sohadir. Unda ish jarayonida dasturlar va ma’lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko‘pincha ma’lumotlar va dasturlar faqat kompyuter qo‘shilganida yoki reset tugmasi bosilgunga qadar vaqtinchalik saqlash sifatida qaraladi. O‘chirilguncha yoki reset tugmasini bosguncha barcha ma’lumotlar doimiy xotiraga (asosan qattiq disklarga) o‘tguncha ish vaqti davomida sodir etiladigan o‘zgartirishlarni eslab turish vazifasini bajaradi. Qaytadan manba’ga ulanilganda saqlangan ma’lumotlar yana xotiraga yuklanishi mumkin.
Operativ xotira qurilmasi ba’zan ixtiyoriy paytda kirish mumkin bo‘lgan eslab qoluvchi qurilma ham deyiladi. Bu shuni bildiradiki, operativ xotirada saqlanuvchi ma’lumotlarga murojaat qilish, ularning u yerda joylashishi tartibiga bog‘liq emas. Kompyuter xotirasi haqida gapirilganda, odatda uning operativ xotirasi, ya’ni ishlatilayotgan protsessor, avvalom bor faol dasturlar va ma’lumotlar saqlovchi xotira mikrosxemalari yoki modullari o‘ylab ko‘riladi. Xotira termini tashqi eslab qolish qurilmalariga yoki magnit tasmalari kabilarda nisbatan ham ishlatiladi.
Operativ xotira terminini faqatgina tizimda xotira qurilmasini bajaruvchi mikrosxemalar sifatida tushunmasdan, balki joylashtirish va mantiqiy akslantirish deb ham qarash mumkin. Joyashtirish – bu ma’lumotarni (axborotlar va buyruqlar) aniqlangan tipi bo‘yicha aniq xotira manzillariga o‘natishdir.
Xozirgi kompyuterlarda eslab qolish qurimalarining uchta ko‘rinishi ishlatiladi.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling