Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi 102-guruhda 2023-yil 25-fevralda o`tkazilgan ota-onalar yig`ilishi
BAYONNOMASI
Samarqand sh. Qatnashdilar: yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 25.02.23 direktor muovini S.Nazarov, bo`lim boshlig`i
A.Toʼxtamishov, guruh rahbari O.Esanov,
matematika o`qituvchisi B.Adilov, ingliz tili o`qituvchisi S.Mamayusupova, ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi X.Xoliqulova litsey xotin-qizlar qoʻmitasi raisasi A.Otaboyeva va 21 nafar o`quvchining ota-onasi
KUN TARTIBI:
2022/2023-oʻquv yili birinchi yarmida guruh o‘quvchilarining darslarda ishtiroki va fanlarni o‘zlashtirish koʻrsatkichi toʻgrisida.
Oʻquvchilarning darslarga kechikmasligi, dars qoldirmasligi to`g`risida.
Oʻquvchilarning odob-axloqi, muomala va kiyinish madaniyati hamda yo‘l harakati, texnika xavfsizligi va ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi to`g`risida
Ijarada va oʻquvchi-yoshlar turar joyida yashovchi oʻquvchilarning yashash sharoiti va darslardagi ishtiroki to‘g‘risida.
Turli masalalar.
ESHITILDI:
Birinchi masala yuzasidan guruh rahbari O.Esanov so`zga chiqib, o`quvchilarning 2022-2023- o`quv yili birinchi yarim yillik yakunlari(I semestr) haqida so`zladi. Ekran orqali fanlar kesimida tayyorlangan jadvallar namoyish etildi. O.Esanov guruh o`quvchilarining umumiy ballari aytar ekan, bu yaxshi natija emasligini alohida ota-onalarga aytib o`tdi. Guruhdagi ayrim o`quvchilar(Bobomurodov Diyorbek, Eshqulov Eldor)ning fanlarni oʻzlashtira olmayotganligi to`g`risida ota-onalari ogohlantirildi. Semestr mobaynida bu kabi holatlar davom etadigan bo`lsa, tegishli choralar ko`rilishi ma`lum qilindi. Lekin hali bu natija nisbiy ekanligini, o`qish jarayonida hali o`quvchilar tirishqoqlik va mehnatsevarlik bilan o`qib-o`rgansalar, ularning o`zlashtirish darajalari ham shunga yarasha bo`lishi aytib o`tildi. Shuningdek, guruh o`quvchilarining nafaqat o`qishda, balki boshqa sohalarda ham faol bo`lishlari kerakligi aytildi. Ushbu masala bo`yicha bo`lim boshlig`i A.Toʼxtamishov, yo`nalish fan o`qituvchialari: matematika o`qituvchisi B.Adilov, ingliz tili o`qituvchisi S.Mamayusupova, ona tili oʻqituvchisi X.Xoliqulova, so`zga chiqib, har bir o`quvchiga qo`ygan baholarini asoslab, tushuntirib berdilar. Birinchi yarim yillik yakunlari bo`yicha yaxshi ko`rsatkichlarga ega bo`lgan Ne’matov Abrorbek, Mamatqulov Imronbek, Shodiye Sardorlarning ota-onalariga alohida tashakkurnomalar e`lon qilindi.
Ota-onalar tomonidan litseydagi taʼlim-tarbiya yuqori saviyada ekanligi taʻkidlab oʻtildi.
Ikkinchi masala yuzasidan guruh rahbari O.Esanovning axboroti tinglandi. Guruh oʻquvchilarining darslarga kechikmay kelishi masalalari toʻgrisida alohida toʻxtalib oʻtildi. 2022-2023-oʻquv yilining I semestr davomida kechikib kelgan oʻquvchilarning ota-onalari oʻsha kuni ogohlantirilganligi, bu esa ijobiy natija koʻrsatganligi taʼkidlab oʻtildi. 102-guruhda muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar yo‘q ekanligi aytib oʻtildi. Bu masala to`g`risida bo`lim boshlig`i A.Toʼxtamishov ham so`zga chiqib, oʻz fikrini bayon etishdi.
Guruhning ota-onalar qoʻmitasi aʼzolari bu masalada guruh rahbariga yordam berishini aytib oʻtishdi.
Uchinchi masala yuzasidan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor muovini S.Nazarov soʻzga chiqib, o‘quvchilarning yo‘l harakati va texnika xavfsizlik qoidalariga, odob-axloq, kiyinish madaniyati talablariga rioya qilishi alohida toʻxtalib oʻtdilar. Bu masala yuzasidan guruh rahbari O.Esanov ham o‘z fikrlarini aytdi. O`quvchilarni turli g`ayriqonuniy xatti-harakatlar, huquqbuzarliklardan asrash, telefondan foydalanishlarini cheklash, xafvsizlik kabi masalalar ko`plab hayotiy misollar orqali muhokama qilindi. Ota-onalardan farzandlarining litsey ichki tartib-qoidalariga rioya qilish to`g`risida kafolat xatlari rasmiylashtirildi. Ushbu masalalar yuzasidan litsey xotin-qizlar qoʻmitasi raisasi A.Otaboyeva ham o`z fikrlarini bildirdi. U qizlarni erta turmushga bergan ota-onalarning javobgarlikka tortilishi haqida ta`kidlab o`tdi.
Toʻrtinchi masala yuzasidan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor muovini S.Nazarov so`zga chiqib, talabalar uyida yashaydigan o`quvchilarga imtiyozli ovqatlanish va bu jarayonning ota-onalar tomonidan qo`llab-quvvatlanishi haqida alohida to`xtalib o`tdilar. Ota-onalar ham bu jarayondan mamnun ekanligini aytib o`tishdi. Bu masala yuzasidan guruh rahbari O.Esanov ham o‘z fikrlarini bildirib, guruhda 12 nafar oʻquvchi oʻquvchi-yoshlar turar joyida yashayotganligi, ularning yashash tarzidan doimiy xabar olinayotganligi haqida maʼlumot berib oʻtildi.
Beshinchi masala yuzasidan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor muovini S.Nazarov, guruh rahbari O.Esanov so`zga chiqib, xonalarni jihozlash va darslik, o`quv qurollari haqida hamda boshqa tashkiliy ishlar to`g`risidagi masalalar ko`rilgandan so`ng quyidagicha
QAROR QILINDI:
1. O.Esanovning guruh o‘quvchilarining darslarda ishtiroki va fanlarni o‘zlashtirishi toʻgrisidagi ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2. Guruhda faol bo‘lgan o‘quvchilarning kelajakda rag‘batlantirib borilishi yo‘lga qo‘yilsin.
3. Ota-onalarning litsey ichki tartib-qoidalariga rioya qilish to`g`risida yozgan kafolat xatlari hujjat sifatida saqlab qo`yilsin.
GURUH RAHBARI: O.Esanov
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi 102-guruhda 2022-2023-o`quv yilida o`tkazilgan ota-onalar yig`ilishidan lavhalar(125.02.23)
Do'stlaringiz bilan baham: |