Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "bank-moliya xizmatlari" fakulteti "bank ishi" kafedrasi


-rasm.AT “Aloqabank”kredit portfelining tarmoqlar bo’yicha tasnifi.6


Download 1.71 Mb.
bet11/13
Sana14.05.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1462416
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

2-rasm.AT “Aloqabank”kredit portfelining tarmoqlar bo’yicha tasnifi.6
Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin.
Almashuv kursining erkin shakllanishi sharoitida milliy valyutaning barqarorligi uning ichki harid qobiliyatini saqlash orqali erishiladi.
Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, to‘lov balansi bilan bog‘liq tashqi shok va qiyinchiliklar kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda o‘zgarishi ekportyorlar va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy yo‘nalishini aniq belgilab olish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
1994 yildan boshlab O‘zbekistonda amalga oshirilgan pul-kredit siyosati ham pul massasining keskin o‘sib ketishini oldini olish orqali milliy valyuta barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratildi. Bunda rezerv pullar va pul massasining o‘zgarishi operatsion hamda oraliq mo‘ljallar sifatida qo‘llanildi.
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kreditni tartibga solish davlatning iqtisodiy siyosatining elementlaridan biri bo'lib, muomaladagi pul massasini, kreditlar hajmini, foiz stavkalari darajasini va pul muomalasining boshqa ko'rsatkichlarini va kredit kapitali bozorini o'zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'plamidir. U barqaror iqtisodiy o'sishga, past inflyatsiya va ishsizlikka erishishga qaratilgan. Markaziy banklar to'g'risidagi qonunlarda ularning pul muomalasi barqarorligi va milliy valyuta kursi uchun javobgarligi ta'kidlangan.
Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirib, tijorat banklarining kredit faoliyatiga ta'sir ko'rsatmoqda va tartibga solishni iqtisodiyotga kredit berishni kengaytirish yoki kamaytirishga yo'naltiradi, ichki iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga, pul muomalasini kuchaytirishga va ichki iqtisodiy jarayonlarni muvozanatlashga erishadi. Shunday qilib, kreditga ta'sir butun iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yanada chuqurroq strategik maqsadlarga erishishga imkon beradi.
Pul-kredit siyosati pul nazariyasiga asoslangan bo'lib, u, xususan, pul va pul-kredit siyosatining umuman iqtisodiyot holatiga ta'siri jarayonini o'rganadi. Zamonaviy sharoitda iqtisodiyotning bozor modellari bo'lgan davlatlar pul-kredit siyosatining ikkita tushunchasidan birini qo'llaydilar:

  • kreditni kengaytirish siyosati yoki "arzon" pul;

  • kreditni cheklash siyosati yoki "qimmat" pul.

Markaziy bankning kredit kengayishi tijorat banklarining mablag'larini ko'paytiradi, bu esa berilgan kreditlar natijasida muomaladagi umumiy pul massasini ko'paytiradi. Kreditni cheklash tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini cheklashga va shu bilan iqtisodiyotni pul bilan to'ldirishga olib keladi.


Xulosa:
Ko`rib chiqilgan masalalar bo`yicha shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda tijorat banklarining o`rnini bundanda mustahkamlash, har bir operatsiyada banklarning ahamiyati o`ziga xosligi, bank – mijoz o`rtasidagi o`zaro ishonchning mustahkamligi, yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga bo`lgan talabini vaqtida ta`minlash, bu borada ularga imkoniyatlar yaratish, kredit bahosini kredit siyosati bandida alohida ko`rib chiqish zarurligini belgilab berdi. Kredit bahosi bilan bog`liq muammolarni o`z vaqtida aniqlagan holda, mijozlarga ilochi boricha arzon kreditlar bilan ularni rag`batlantirib, bank aktiv operatsiyalariga ijobiy ta`sir ko`rsatishdan iboratdir. Shuni to`g`ri tushunishimiz lozim, bizning mamlakatimiz bank amaliyotida bir qancha muommolar bor, bunday muammolarga hech birimiz ko`z yummasligimiz kerak. Jahon tajribasi shuni ko`rsatdiki, rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida har qanday yo`l bilan mijoz ishonchini oqlash, ularni ilochi boricha bank xizmatlaridan foydalanishga rag`batlantirish, “bank - mijoz uchun” shiorini doim tushurmasligiga guvoh bo`lmoqdamiz. Chunki, bankning barqaror rivojlanishi mijozlar manfaatlarining ustuvorligi bilan belgilanadi. Mamlakatimizda tijorat banklari kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari juda keng bo'lib, ulardan samarali foydalanishga erishish milliy iqtisodiyotning rivoji va aholining turmush darajasini yaxshilanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida olib borgan tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, respublikamizda foliyat olib borayotgan tijorat banklarining kreditlash salohiyatining birlamchi omili hisoblangan kapitali hamda ular tomonidan jalb qilinayotgan yuridik shaxslarning depozitlari va aholi omonatlari yildan-yilga o’sish tendentsiyasiga ega bo‟lmoqda. Davlatimiz tomonidan banktizimi barqarorligini oshirish, ularning resurs bazasini mustahkamlash va kapitallashuv darajasini doimiy ravishda o‟sishini ta‟minlash xar yili ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Bu esa bevosita tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishga va natijada ularning iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonidagi ishtirokini faollashuviga olib kelmoqda.
Olib borilgan tahlillar natijasida respublikamiz tijorat banklari resurs bazasining zaif ekanligi va etarli uzoq muddatli resurs bazasiga ega emasligi aniqlandi. Mamlakatimiz tijorat banklari brutto depozitlari tarkibida talab qilib olingunga qadar depozitlar ulushining xalqaro amaliyotdagi me‟yorlardan yuqori ekanligi bir tarafdan resurs bazasi zaifligidan dalolat bersa, boshqa tarafdan bankning likvidlilik ko‟rsatkichlariga salbiy ta‟sirni yuzaga keltiradi. Shuning uchun yurtimiz banklari ko`proq muddatli depozitlar jalb qilib, kelajakda kredit operatsiyalarining prognoz ko`rsatkichlarini ijobiy holatga olib kelishi mumkin.
Respublikamiz tijorat banklarining kreditlash amaliyotini va ularning kreditlash salohiyatini oshirishga qaratilgan quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
1. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida faoliyat ko'rsatayotgan va mahsulotlarini eksport qilayotgan kichik biznes sub'ektlariga tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning imtiyozli foiz stavkasi bilan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o'rtasidagi farqni davlat byudjeti tomonidan subsidiyalashni joriy qilish lozim.
2. Tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo‟yicha diversifikatsiyalashuv darajasini oshirish taklifi. Mamlakatimizda tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo’yicha diversifikatsiyasini ta’minlash lozim. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank kreditlarining hududlar va tarmoqlar bo’yicha diversifikatsiyasini amalga oshirish YaIMning o‟sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatlilik ko’rsatkichlarini baholash tizimini takomillashgan varianti tavsiya etildi.
3. Banklar banki ya`ni Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati elastiklini oshirish va markazlashgan kreditlar hajmini ko`paytirish orqali tijorat bankalari kredit bahosi mexanizmi barqarorligiga ijobiy ta`sir ko`rsatish.
4. Respublikamiz tijorat banklarida kredit bahosini chiqarishda mijozning kredit tarixi tahlili asosida shakllantirish tartibini yo`lga qo`yish. Mijozlarni kreditlash jarayonida ularning kredit tarixini tahlil qilish orqali mijozlarning majburiyatlarni bajarishi, to`lov tizimiga rioya qilishi baholanadi. Bu esa kredit bahosini shakllatirishda munim omil bo`lib xizmat qiladi. Mijozning kredit tarixi to`rt kategoriya asosida sinflarga ajratilib, risk darajasi baholanadi. Bank mijozlarining majburiyatlari qay darajada bajarganligini tahlil qilish va shunga muoviq o`z siyosatini amalga oshirish lozim.
5. Mamlakatimiz bazi bir tijorat banklarida jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotida vositachilik haqining nisbatan yuqoriligi yoki kredit chiqarishda turli chalkashliklarning bartaraf etish darkor.
Hozirgi sharoitda bank iqtisodiy sektorning lokomativi hisoblanadi. Bankning
asosini esa kredit operatsiyalari tashkil qiladi. Ayniqsa, jismoniy shaxslarning bank kreditlari hisobiga turli iste`mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishga bo`lgan talabning oshishi tijorat banklari kreditlariga bo`lgan talabning o`sishiga imkon yaratdi. Respublikamiz bank amaliyotida kredit bahosining shakllanishida kredit foiz stavkasidan tashqari, tijorat banklari tomonidan qo`shimcha to`lovlar joriy qilinganligiga guvoh bo`lmoqdamiz.
Yuqoridagi takliflar tijorat banklarining kredit bahosi mexanizmining tartibga solinishi, ularning kreditlash salohiyatinining barqarorlashiga, banklarning kreditlash faoliyati samaradorligi oshishiga va natijada ular tomonidan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ustuvor tarmoqlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashdagi faolligini oshirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko‟rsatadi degan umiddamiz.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling