GLOSSARIY
Aktiv pul aylanmasi (оборачиваемость активов денежных средств /
The turnover of cash assets) – bu toʻlov jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan
harakatdagi pul massasidir.
Asosiy vositalar (Основные средства / Plant and equipment) –moddiy ishlab chiqarish sohasida va ishlab chiqarishga taalluqli boʻlmagan sohada uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) harakatda boʻladigan hamda ijaraga topshirilib ham foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Aktiv pul oboroti (Оборачиваемость активов денежных средств /
The turnover of cash assets) – bu toʻlov jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan
harakatdagi pul massasidir.
Bank (банк / bank) – tijorat tashkiloti bulib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuasini amalga oshiradigan yuridik shaxs: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablagʻlardan tavvakal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish, toʻlovlarni amalga oshirish.
Bank aksiyadori (Акционер банка / A shareholder of the bank) – bank aksiyalariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxs.
Bank kafolati (Банковская гарантия / Bank guarantee) – mijozning iltimosiga binoan tijorat banki tomonidan boʻnak sifatidagi summani kontrakt shartlari boʻyicha bajarish va kafolatlash.
Bank riski (Банковский риск / Bank risk) – Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatida moliya bozoridagi iqtisodiy kon‘yukturaning oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan zarar koʻrish xavfi tushuniladi.
Bank sindikati (Банковский синдикат / Bank Syndicate) – sinditsiyalash-tirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq banklar oʻrtasida oʻzaro kelishuv.
Banklararo kredit (Межбанковский кредит / Interbank loan) – boshqa tijorat banklaridan olingan kredit.
277
Do'stlaringiz bilan baham: |