Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet22/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Qisqacha xulosalar

Tijorat banklari aktivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi: aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish; aktivlarning daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash; pul oqimlariga boʻlgan barcha ehtiyojlarni qondirish imkonini beradigan darajada likvidlilikni saqlash; aktivlarning foiz stavkalari va valyuta kurslarining tebranishlariga nisbatan moslashuvchanligini taʻminlash.


Tijorat banklari passivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi: passivlarning optimal tarkibini shakllantirish; depozitlarning yetarliligini taʻminlash; regulyativ kapitalning yetarliligini taʻminlash; passivlarning foiz stavkalari va valyuta kurslarining tebranishlariga nisbatan moslashuvchanligini taʻminlash; bank tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning investitsion jozibadorligini taʻminlash.


39
Tayanch soʻz va iboralar

Pul oqimlari, valyuta kursi, regulyativ kapital, passiv foiz stavkalari jozibadorligi, toʻgʻri REPO, teskari REPO, qimmatli qogʻozlar prospekti, nobarqaror moliyalashtirish manbalari.


Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar



  1. Tijorat banki aktivlarining optimal tarkibini shakllantirish.




  1. Bank passivlarining optimal tarkibini shakllantirish.




  1. Tijorat banklari aktivlarining daromadliligi bilan jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar oʻrtasidagi ijobiy farqni taʻminlash.




  1. Tijorat banklarining daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash.




  1. Tijorat banklarida pul oqimlariga boʻlgan barcha ehtiyojlarni qondirish imkonini beradigan darajada likvidlilikni saqlash.




  1. Tijorat banklarida aktivlar va passivlarni foiz stavkalari va valyuta kurslarining tebranishlariga nisbatan moslashuvchanligini taʻminlash.

40


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling