Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


-modda. Banklarning moliyaviy hisobotlarni e’lon qilishi


Download 0.53 Mb.
bet26/36
Sana31.07.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1663973
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
akamning amalyot hisoboti

42-modda. Banklarning moliyaviy hisobotlarni e’lon qilishi
Banklar o‘z moliyaviy hisobotlarini Markaziy bank belgilaydigan shakl va muddatlarda, unda ko‘rsatilgan ma’lumotning to‘g‘riligini auditorlar tasdiqlagach, matbuotda e’lon qiladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom (ro‘yxat № 1419, 25.10.2004-y.)
43-modda. Banklar auditi
Banklarning faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tekshirishlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlar tomonidan har yili tekshirib turilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 78-sonli № 78-II sonli “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining birinchi qismi.
Audit, xususan, kapitalning yetarliligini baholash, ssudalarni tasniflash, ssudalar bo‘yicha zararlarni qoplash, tavakkalchilikni va likvidlikni o‘lchashni o‘z ichiga oladi.
Banklar qonun hujjatlariga muvofiq ichki auditorlik dasturlarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari ham shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy banki tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom (yangi tahriri) (ro‘yxat № 992-1, 20.04.2004-y.).
44-modda. Banklarni nazorat qilish
Markaziy bank qonun hujjatlariga muvofiq banklar faoliyatini nazorat qilib boradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 50 — 54-moddalari.
Markaziy bank tijorat banklaridan axborot berishni talab qilishga va ushbu Qonunni bajarish maqsadida boshqa ishlarni amalga oshirishga haqlidir.
Banklar faoliyatini tekshirish Markaziy bank tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

  • LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2217, 14.04.2011-y.).

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling