Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Download 303.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana12.11.2017
Hajmi303.93 Kb.
#19951
1   2   3   4



2013 yil 

1

Boshqaruv apparati

13

2

Yordamchi ishlab chiqarish xodimlari

Tayyorlov va T.M.B.



5

Yordamchi xizmatchi xodimlar



16

Texnik nazorat bolimi



6

Ma’muriy xo’jalik



12

Qurilish bo’limi



5

Yong’in hanfsizligi va qo’riqlash



20

CHiqindi yig’uvchi ishchilar



6

Bolalar dam olish oromgohi



2

Jami:

72

3

Asosiy ishlab chiqarish xodimlari

№1 Ishlab chiqarish korxonasi



96

№2 Ishlab chiqarish korxonasi



69

Jami:

165

4

Tamirlash-mexanika bo’limi

Tozalash quritish bo’limi

5

Jinlash bo’limi



2

Linterlash bo’limi



2

Toylash bo’limi



4

Asbob sozlik xo’jaligi



7

Arra charxlash va sozlash bo’limi



4

Nurchilar bo’limi



6

Ishlab chiqarishda qatnashuvchi ishchilar



5

Jami:

35

5

Tayyorlov bo’limi xodimlari

Korxona qoshidagi PTM

42

25


Korxona tashqarisidagi M G’ofurov PTM

42

Korxona tashqarisidagi Xonchorvoq PTM



42

Korxona tashqarisidagi Samarqand PTM



42

Korxona tashqarisidagi Ulug’bek PTM



35

Korxona tashqarisidagi M Qo’chqorov PTM



35

Korxona tashqarisidagi T.Usmonov PTM



35

Jami:

273

Hammasi:

558

                    4-jadval ko‘rinib korxonada ishchilar soni Jamiyatning mehnat jamoasi 

ishtirokchilar va ishga qabul qilingalar hisoblanadi.Jamiyatda ishchilarning oyligi 

tomonidan belgilangan eng kam maoshning miqdoridan kam bolmasligi kerak.

Shuningdek  jamiyatda  ishchilarning  mehnat  kuni,  haftasi  va  mehnat  ta’ 

tilining  davomiyligiga  amal  qilinadi  Jamiyatda  ish  vaqti  mehnat  stajiga  kiradi. 

Bunda   Pensiya   fondiga   jamiyat   tomonidan   otkaziladigan   mablag   nafaqa   olish 

huquqini beradi. 

     Har qanday korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish 

uchun eng avvalo shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim. Xodimlarni ishga 

qabul qilish, bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, ularga ta’til berilgani tunda ish 

vaqtidan   tashqari   vaqtda,bayram   kunlarida   ishlaganligi   to‘g‘risida   ishonchli 

ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlar bilan o‘z vaqtida hisob kitob qilishi 

mumkin.Anashu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini hamda 

boshqa   xizmatlar   bilan   birgalikda   ish   vaqtidan   foydalanish   hisobini   olib 

boradi.Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:  

   T-1 shakl. Ishga qabul qilish to‘g‘rsida buyruq. 

   T-2 shakl.Shahsiy varaqa. 

   T-5 shakl. Boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq.

   T-6 shakl.Ta’til berish haqida qayt. 

   T-8 shakl. Mehnat  shartnomasini bekor qilish haqida buyruq.   

   Ish haqini hisobga olish uchun T-12 shakldagi mahsus tabeldan foydalaniladi. 

26


   Tabel bo‘lim, brigada, sex xodimlarining nomma nom ro‘yxati bo‘lib, undan ish 

vaqtini   hisobga   olish   uchun   foydalaniladi.   Har   bir   xodimga   tabel   raqami 

biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo‘yich rasmiylashtiraladigan barcha hujjatlarda 

ko‘rsatilib   boriladi.Hisobot   davri   boshlanishidan   avval   o‘tgan   oydagi   tabeldan 

xodimning ism sharifi ko‘chirib yoziladiva ishga chiqish, ish vaqtining sarflanishi 

shartli   belgilar   yordamida   hisobga   olib   boriladi.   Isga   chiqish   va   ish   vaqtidan 

foydalanish hisobi tabelda 2xil usulda amalga oshiriladi. 1-usulda barcha ishga 

chiqgan, kechikkan va ishga chiqmagan xodimlarto‘liq ro‘yxat qilib boriladi. 2-

usulda esa tabelda faqat kechikkanlar ishga chiqmaganlar yani ma’lum me’yordan 

chetga chiqgan xodimkar ro‘yxat qilib boriladi.

Har bir ishlagan xodimning islagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga 

va   oy   oxiriga   yani   2marta   hisoblab   chiqiladi.   Tabel   sex   boshlig‘i   tomonidan 

imzolanadi va buxgalterga ish haqi hisoblash uchun topshiriladi. 

         Korxonada ishlovchi xodimlar ikkita guruhga bo‘linadi: Asosiy xodimlar va 

asosiy bo‘lmagan xodimlar 

Asosiy   xodimlar-   korxonaning   shtat   jadvalida   belgilangan   lavozimlarni   egallab 

turgan xodimlar tushiniladi 

Asosiy bo‘lmagan xodimlar deganda individual mehnat shartnomaga ko‘ra alohida 

ishlarni bajarish uchun 

vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushiniladi. 

  « Juma paxta tozalash zavodi » OAJda ishlovchi xodimlarning umumiy soni 

558   nafarni   tashkil   etadi.   Ular   muhandislar,   buxgalterlar,   yuristlar   bo‘lim 

boshliqlari, tehnologlar, mehaniklar, iqtisodchilar, kassirlar va boshqa xodimlardir. 

Ushbu korxonada xodimlarni ishga olish va ishdan bo‘shatish, ular bilan mehnat 

shartnomalarini   tuzish   hamda   uni   bekor   qilish   respublikamis   qonun   hujjatlari 

asosida « Juma paxta tozalash zavodi » OAJning rahbari buyrug‘iga asosan amalga 

oshiriladi.  

27


Asosiy   va   qo‘shimcha   ish   haqlarini   hisoblashga   quyidagi   hujjatlar   asos 

bo‘ladi:




Ishbay   ishlovchilar   uchun  –   bajarilgan   ishlarning   hajmini   tasdiqlovchi 

hujjatlar (naryadlar, ma’lumotnomalar, hisobotlar, dalolatnomalar va boshqalar), 

bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi me’yori, ishga chiqish hisobi tabeli (ishni 

kollektiv tarzda bajaruvchilar uchun).



Vaqtbay ishlovchilar uchun – shtat jadvali, ishga chiqish hisobi tabeli



Mehnat ta’tilini hisoblash uchun  – buyruq, xodimning ish haqi bo‘yicha 

buxgalteriyada yuritilgan shaxsiy schyoti varag‘i.



Vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganlikda beriladigan nafaqani 



hisoblash   uchun  –   kasallik   varaqasi,   kasaba   uyushma   qo‘mitasining   qarori   va 

xodimning ish haqi bo‘yicha buxgalteriyada yuritilgan shaxsiy schyoti varag‘i.



Asosiy   ish   haqini   hisoblash   tartibi.    Ishbay   ish   haqi   shaklida   ishlovchi 

xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda bajargan ish hajmini bir birlik 

ish   uchun   belgilangan   ish   haqi   me’yoriga   ko‘paytirish   yo‘li   bilan   topiladi. 

Masalan,   ishchi   oy   maboynida   100   dona   mahsulot   ishlab   chiqardi.   Bir   birlik 

mahsulot   uchun   ish   haqi   me’yori   1000so‘m.   Ishchiga   hisoblanadigan   ish   haqi 

summasi bu holda 100000 so‘mni (100x1000) tashkil etadi.

Vaqtbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning 

haqiqatda ishlagan soatlari yoki kunlari sonini bir soatlik yoki bir kunlik o‘rtacha 

ish haqiga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. 

Masalan,   Bosh   injenerning   shtat   jadvali   bo‘yicha   maoshi   350000   so‘m. 

Avgust   oyida   u   20   kun   to‘liq   ishladi,   qolgan   kunlar   uchun   kasallik   varaqasini 

taqdim   etdi,   uning   mehnat   staji   6   yil,   bolalarining   soni   2   ta.  Avgust   oyidagi 

kalendar ish kunlari soni 25. Bosh injenerga asosiy ish haqi hisoblash uchun bir 

kunlik   o‘rtacha   ish   haqi   summasi   topiladi.   Bizning   misolimizda   u   14000so‘m 

(350000:25).   Bosh   injenerning   haqiqatda   ishlagan   kunlariga   hisoblanadigan   ish 

haqi summasi 280000 so‘m (14000 x 20).

28


Ish haqining hisoblangan barcha turlari va ularning jami summasi hisob-to‘lov 

qaydnomasida   yoki   ish   haqi   bo‘yicha   yuritilgan   kitobda   alohida   ustunchalarda 

ko‘rsatiladi.    5-jadval. Hisoblangan asosiy va qo’shimcha ish haqlari schotlarda 

aks ettirilshi                                                                                             5-jadval

Hisoblangan asosiy va qo’shimcha ish haqlari schotlarda aks ettirilshi

Operatsiyaning mazmuni

Debet

Kretet

Asos

     Ish haqining hisoblanishi:

Asosiy



 

ishlab


 

chiqarish 

xodimlariga 

Yordamchi   ishlab   chiqaruvchi 



xodimlarga

Umum xo’jalik xodimlariga



Yordamchi xo’jaliklar xodimlariga

Boshqaruv xodimlariga



Sotishga doir xodimlarga

Kapital qurilishga doir xodimlarga



Asosiy vositalarni tugatish uchun

Moddiy   yordamlar,   hisoblanga 



kompensatsiyalarga

Kasal   kunlar   uchun   hisoblangan 



nafaqa summasiga

Hisoblangan dividend summasiga



2010

2310


2510

2710


9420

9410


0810

9210


9430

9430


8710

6710


Hisob-to’lov 

qaydnomalari, 

Buyruqlar, 

naryadlar, 

hisbotlar,   tabel, 

kasal   varaqalari 

va

 

boshqa 



hujjatlar

         Ish haqini berish tizimlari. Xodimlarga ish haqini berishning ikkita tizimi 

mavjud:



Avansli   tizim  –   ushbu   tizim   asosan   vaqtbay   ishlovchi   xodimlar   uchun 



qo‘llaniladi.   Unga muvofiq to‘liq ishlagan xodimlarga hisobot oyning birinchi 

yarimi   uchun   belgilangan   ish   haqining   50   foizigacha   avans   beriladi.   Avans 

kassadan to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi.

29




Avanssiz tizim  –ushbu tizimda ish haqi bo‘yicha korxonaning qarzi faqat 

hisobot oyi tugagandan so‘ng to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi.

Hisob-to‘lov qaydnomasida yoki ish haqi bo‘yicha yuritilgan kitobda hisobot 

davri boshidagi qarz, shuningdek, hisoblangan jami ish haqi va jami ish haqidan 

ushlanmalar asosida har bir xodim bo‘yicha hisobot davrining oxirdagi qarz,yani 

korxonaning xodimga bo‘lgan yoki xodimning korxona oldidagi qarzi aniqlanadi.

21-son BHMS ga muvofiq ish haqi bo‘yicha majburiyatlarning sintetik hisobi 

6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashish» va 6720 «Deponentlangan 

ish haqi» schyotlarida yuritiladi.

Bankdan   ish   haqi   uchun   olingan   pul   mablag‘lari   kassadan   olingan   kundan 

boshlab   uch   kun   ichida   tarqatiladi.Ushbu   muddatda   olinmagan   ish   haqi 

deponentlangan ish haqi deb ataladi,u aloxida qaydnomaga ko‘chirib yoziladi va 

bankka   topshiriladi.Deponentlangan   ish   haqlari   xodimlarning   talabiga   ko‘ra 

bankdan darxol olinib kelinishi va tarqatilishi lozim.

Voyaga yetmagan bolalar uchun sud qaroriga ko‘ra undiriladigan alimentlar 

miqdori (O‘zR Oila kodeksining 99-moddasi) quyidagilardan iborat:

-bir bola uchun-ish haqi va boshqa daromadning to‘rtdan bir qismi

-ikki bola uchun-ish haqi va boshqa daromadning uchdan bir qismi

-uch va undan ortiq bola uchun ota-onaning har oydagi ish haqi va boshqa 

daromadning yarimisi.

Bu to‘lovlarning miqdori talablarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa 

e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki 

ko‘paytirilishi mumkin.

2.2 Qo’shimcha ish haqini  hisob-kitob qilish va hisobga olish tartibi.

    Qo‘shimcha ish haqi deganda xodimga uni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, 

shuningdek unga korxona faoliyatida erishilgan yutuqlar, atoqli sanalar, turli shart 

–sharoitlar   uchun   asosiy   ish   haqiga   qo‘shimcha   tarzda   hisoblangan   to‘lovlar 

tushuniladi. qo‘shimcha ish haqiga vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik 

uchun   hisoblangan nafaqalar, mehnat ta’tili haqi, unvon, kategoriya va boshqa 

30


ajralib turadigan tavsiflari uchun beriladigan qo‘shimchalar, mukofatlar, moddiy 

yordamlar va kompensasiyalar kiradi.



Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash tartibi.  Kasal kunlar uchun nafaqa 

hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

1.Xodimga   o‘tgan   oyda   hisoblangan   ish   haqi,   shuningdek   o‘rtacha   oylik 

mukofotlar summasi asos qilib olinadi va u kasal   bo‘lgan oydagi kalendar ish 

kunlari soniga bo‘linadi. Topilgan summa o‘rtacha bir kunlik to‘lov summasini 

beradi. Aytaylik, yuqoridagi misolda keltirilgan Bosh injenerning iyuldagi ish haqi 

300000 so‘m, o‘rtacha oylik mukofat summasi 80000 so‘m bo‘lgan. Unda o‘rtacha 

bir kunlik to‘lov summasi avgust oyi uchun 15200 (380000: 25) so‘m bo‘ladi.

2. Kasal kunlarga nafaqa hisoblash uchun bir kunlik o‘rtacha to‘lov summasi 

nafaqani   to‘lash   koeffisiyentiga   ko‘paytiriladi.   Ushbu   koeffitsiyent   O‘zbekiston 

Respublikasi Adliya Vazirligidan 2000 yil 19 yanvarda 873–tartib raqami bilan 

ro‘yxatdan   o‘tgan   “Mehnatga   layoqatsizlik   varaqalari   va   ma’lumotnomalarini 

berish   to‘g‘risida   Yo‘riqnoma”,   shuningdek   o‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar 

Mahkamasining   2002   yil   28   fevraldagi   “Vaqtinchalik   mehnatga   layoqatsizlik 

bo‘yicha   nafaqalar   to‘lash   me’yorlarini   takomillashtirish   to‘g‘risida”gi   71-son 

qaroriga muvofiq 2002 yil 1 martda boshlab xodimning xizmatlari, mehnat staji, 

kasallik toifasi, bolalarining soniga qarab quyidagicha  belgilangan:

1.Ish haqining 100 % miqdorida:

Qaromog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar uchun –18 yosh) to‘lmagan uch nafar 



va undan ko‘p farzandi bo‘lgan xodimlarga;

Chernobl AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan xodimlarga, 



Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuasiya 

qilingan xodimlarga;

Ko‘chirilgan   qon   hosil   qiluvchi   organlar   kasalliklari   (o‘tkir   leykoz), 



qalqonsimon   bez   (adenoma,   rak)   va   xavfli   o‘smalar   bilan  bog‘lik  kasalliklarga 

chalingan xodimlarga;

31


Yadro poligonlarida va boshqa radiasiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni 

o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar qatoridan nogiron xodimlarga;

Ishda shikastlangan va kasb kasalliklariga chalingan xodimlarga.



2. Oylik ish haqining 60 % dan 100% gacha bo‘lgan  miqdorda:

Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo‘yicha hisobda turuvchi xodimlarga, 



ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar to‘lab kelinishi muddatiga (ish 

stajiga) qarab.

3.

Oylik ish haqining 60%dan 80 % gacha bo‘lgan miqdorda - qolgan hollarda, 

xodimlarning umumiy ish stajiga qarab.

Davlatimiz qonunlariga muvofiq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik uchun 

nafaqalar   o‘z   sog‘ligiga   ataylab   ziyon   etkazilganda,   mastlik   yoki   narkomaniya 

oqibatida,   jinoyat   sodir   etgan   va   ular   bilan   bog‘liq   boshqa   hollarda   vujudga 

kelganda hisoblanmaydi va to‘lanmaydi.

Bizning misolda keltirilgan bosh injenerning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha 

uchinchi   guruh   bo‘yicha   nafaqa   oluvchi   hisoblanadi.   Shuning   uchun   uning   bir 

kunlik nafaqa summasi to‘lov koeffisiyentiga ko‘ra 9120 so‘mni (15200x 0,6 ) 

tashkil qiladi.

4. Bir   kunlik   nafaqa   summasi   kasal   bo‘lgan   kalendar   ish   kunlari   soniga 

ko‘paytiriladi. Topilgan summa kasal kunlar uchun hisoblanadigan nafaqaning 

summasini bildiradi. Bizning misolimizda buxgalterga hisoblanadigan nafaqa 

summasi 45600 so‘mni (9120*5) tashkil qiladi.

Ishbay   ishlovchi  xodimlarga   kasal   kunlar   uchun  nafaqa   hisoblashda   oxirgi 

ikki oylik ish haqi va o‘rtacha oylik mukofat summasi asos qilib olinadi. Qolgan 

hisob-kitoblar yuqorida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi.  

Mehnat ta’tili haqini hisoblash tartibi. Korxona xodimlari ish faoliyatining 

birinchi yili 6 oy ishlaganlaridan so‘ng, keyingi yillarda esa mehnat ta’tili grafigi 

yoki   xodimning   arizasiga   muvofiq   mehnat   ta’tilini   olish   huquqiga   egadirlar. 

Mehnat ta’tilini qaysi sanadan boshlab necha kunga berilishi korxona rahbarining 

32


buyrug‘ida   ko‘rsatiladi.   Buyruq   asosida   mehnat   ta’tili   haqi   quyidagi   tartibda 

hisoblanadi.



1. Ishbay ishlovchilar uchun

Oldingi   mehnat   ta’tilidan   keyingi   mehnat   ta’tiligacha   olgan   ish   haqi 

summasi, shuningdek shu davrda olgan mukofatlarining summasi topilib, ushbu 

summa ishlagan oylar soniga bo‘linadi. Topilgan summa o‘rtacha bir oylik to‘lov 

summasini   bildiradi.  Aytaylik,   xodimning   o‘tgan   yilda   olgan   ishbay   ish   haqi 

summasi 2450000 so‘mni, olgan mukofatlari 420000 so‘mni tashkil qilgan, deylik. 

Unda   ushbu   xodimga   o‘rtacha   bir   oylik   to‘lov   241666   so‘mni 

((2450000+450000 ) /12 ) tashkil etadi.  

O‘rtacha oylik to‘lov summasi oydagi o‘rtacha ish kunlari soniga (25,4 kun) 



bo‘linadi. Topilgan summa o‘rtacha bir kunlik to‘lov summasini bildiradi. Bizning 

misolimizda ushbu to‘lov 9666 so‘mni (241666:25,4) tashkil qiladi.

O‘rtacha bir kunlik to‘lov summasi buyruq bo‘yicha berilgan mehnat ta’tili 



kunlari   soniga   ko‘paytiriladi.  Topilgan   summa   xodimning   mehnat   ta’tili   haqini 

bildiradi. Agar xodimga 15 kunlik mehnat ta’tili berilgan bo‘lsa, u holda uning 

mehnat ta’tili haqi 145000 so‘mni (9666x 15 ) tashkil qiladi.

2.Vaqtbay ishlovchilar uchun  xodimning oxirgi oydagi maoshi  va o‘rtacha 

bir oylik olgan mukofatlari summasi  mehnat ta’tili haqini hisoblashga asos qilib 

olinadi.   hisob-kitoblarning   qolgan   qismi   yuqorida   keltirilgan   tartibga   o‘xshash 

tarzda amalga oshiriladi.

Ish haqining hisoblangan barcha turlari va ularning jami summasi hisob-to‘lov 

qaydnomasida yoki ish haqi bo‘yicha yuritilgan kitobda alohida ustunchalarda 

ko‘rsatiladi. (6-jadval) Hisoblangan qo’shimcha ish haqi hisoblash bo’yicha 

quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi;                                     

            6-jadval

Operatsiyaning mazmuni

Debet

Kretet

Asos

33


Moddiy


 

yordamlar, 

hisoblanga 

kompensatsiyalarga

6990

6710


Hisob-to’lov 

qaydnomalari, 

Buyruqlar, naryadlar, 

hisbotlar, tabel

Kasal   kunlar   uchun 



hisoblangan

 

nafaqa 



summasiga

6990


6710

 kasal varaqalari va 

boshqa hujjatlar

2.3 Ish haqidan ushlanmalar va ajratmalarni hisob-kitob qilish hisobga  

olish tartibi

O‘zbekiston   Respublikasi   Mehnat   kodeksining   164-moddasiga   muvofiq 

mehnat haqi to‘lovlaridan ushlab qolishlarni quyidagilarga taqsimlash mumkin:

-majburiy ushlab qolishlar

-ish beruvchi tashabbusi bilan ushlab qolishlar

-xodim tashabbusi bilan ushlab qolishlar 

Umumiy   qoidaga   ko‘ra,   xodimning   yozma   roziligi   bilan,   bunday   rozilik 

bo‘lmagan taqdirda esa sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi 

mumkin.

Mehnat haqidan majburiy ushlab qolishlarga quyidagilar kiradi:



-O‘zbekiston   Respublikasida   belgilangan   soliqlar   va   boshqa   majburiy 

to‘lovlar, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i;

-Sudning   qarorlari   va   boshqa   ijrolar   hujjatlarini   ijro   etish   uchun   ushlab 

qolishlar;

Ish beruvchining tashabbusi bo‘yicha quyidagilar ushlab qolinadi:

-xodim   tomonidan   ish   beruvchiga   yetkazilgan   zararni   qoplash   uchunagar 

yetkazilgan   zararning   miqdori   xodimning   o‘rtacha   oylik   ish   haqidan   ortiq 

bo‘lmasayaroqsiz mahsulot uchun ushlanmalar.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ushlab qolish O‘zR Soliq 

kodeksining «Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq» 3-bo‘limi hamda 

O‘zbekiston   Respublikasi  Adliya   Vazirligida   2002   yil   14-mart   1110-son   bilan 

ro‘yxatdan   o‘tkazilgan   «Jismoniy   shaxslardan   olinadigan   daromad   solig‘ini 

34


hisoblab   chiqarish   hamda   budjetga   to‘lash   tartibi   to‘g‘risida»gi   yo‘riqnomaga 

muvofiq amalga oshiriladi.

Jismoniy   shaxslarning   jami   yillik   daromadiga   soliq   to‘lovchi   olishi   lozim 

bo‘lgan yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar, shu jumladan:

-mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar;

-jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi;

-jismoniy   shaxslarning   tadbirkorlik   faoliyatidan   keladigan   yalpi   daromadi 

kiradi.


Ixtiyoriy   ushlanmalarga   hayriya   sifatidagi   ushlanmalar,kasaba   uyushma   va 

boshqa   uyushmalarga   a’zolik   to‘lovlari,jamg‘arma   shotlariga   ushlanmalar,turli 

kommunal xizmatlar uchun ushlanmalar va xodimning o‘z arizasiga ko‘ra amalga 

oshiriladigan boshqa ushlanmalar kiradi.

Ish haqidan ushlanmalarning barcha turlari va ularning jami summasi hisob-

to‘lov   qaydnomasida   yoki   ish   haqi   bo‘yicha   yuritilgan   kitobda   aloxida 

tushunchalarda ko‘rsatilgan.Mehnat kodeksiga muvofiq (164-modda) xodimning 

ish haqidan ushlanmalarning jami miqdori hisoblangan ish haqining 50%dan oshib 

ketmasligi lozim.

Solik kodeksining 171 moddasida jismoniy shaxslarning jami daromad tarkibi 

keltirilgan.   Unga   muvofik   jismoniy   shaxslarning   jami   daromadiga   kuyidagilar 

kiradi: 


1) mexnatga haq tulash tarzidagi daromadlar;

2) mulkiy daromadlar;

3) moddiy naf tarzidagi  daromadlar;

4) boshka daromadlar. 

   Soliq   kodeksiga   muvofiq   (186-modda)   xodimlardan   ushlanadigan   daromad 

solig‘ini   hisoblab   chiqish   va   ushlab   kolish   tartibi   soliq   solinadigan   baza   va 

stavkalardan kelib chiqqan holda daromad hisoblanishiga qarab yil boshidan o‘sib 

35


boruvchi   yakun   bo‘yicha   har  oyda   xodimning  asosiy   ish   joyi   bo‘yicha   amalga 

oshiriladi. 

     Har   bir   hisobot   yilining   boshida   O'zbekiston   Respublika   Prezidentining 

«O'zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiktisodiy kursatkichlari  va 

davlat byudjeti parametrlari to'g'risida» karoriga (2013 yil 25 dekabr, PF-1887 son) 

asosan belgilangan stavkalar buyicha amalga oshiriladi.

Hisoblangan   ish   haqidan   turli   ushlanmalar   qilinadi,   ularni   ikki   guruh   ajratish 

mumkin: 


Download 303.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling