Samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet Servis va turizm Kafedra


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/40
Sana02.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#185186
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
limitlarni  bekor  qildi.  Boz  ustiga,  ushbua  konvensiya  javobgarlikning  ikki 

darajali tizimini amalga joriy etdi. Birinchi darajada, sug‘urta hodisasi yuz bergani 

zahoti, aviakompaniya (yoki uning sug‘urtalovchisi) jabr ko‘rgan har bir kishiga, 

hatto  tashuvchining  aybi  isbotlanmagan  bo‘lsa  ham,  taxminan  135 000  (135 

ming) AQSH dollari to‘lashi lozim. Bordiyu aviakompaniya hodisada aybdor deb 

topilsa,  javobgarlikning  ikkinchi  darajasi  amalga  kiritiladi  va  unda  zararni 

qoplash  bo‘yicha  to‘lanadigan  tovon  puli  summasi  chegaralanmaydi. 

Tashuvchining  yo‘lovchilar  bagajini  yo‘qotganlik  uchun  javobgarligi  ham 

oshirildi.  

Monreal  konvensiyasi  kuchga  kirgan  paytgacha  uni  31  davlat  imzoladi 

(Barbados,  Baxreyn,  Beliz,  Botsvana,  Makedoniya,  Gresiya,  Iordaniya, 

Kamerun,  Kanada,  Keniya,  Kipr,  Kolumbiya,  Quvayt,  Meksika,  Namibiya, 

Nigeriya,  Yangi  Zelandiya,  Tanzaniya,  Birlashgan  Arab  Amirliklari,  Panama, 

Paragvay,  Peru,  Portugaliya,  Ruminiya,  Suriya,  Slovakiya,  Sloveniya,  AQSH, 

Chexiya Respublikasi, Estoniya, Yaponiya). Yangi hujjatga O‘zbekiston rasman 

qo‘shilgani  yo‘q,  shu  sababli  mamlakatimizda  xalqaro  aviatashuvlarni  amalga 

oshirishda Varshava konvensiyasi amal qiladi. 

Shunga qaramay, ayrim tashuvchilar, ayniqsa, xususiy tashuvchilar xalqaro 

standartlarning  yangi  qoidalariga  muvofiq  o‘z  harajatlari  moddalarini  oshira 

boshladilar.  Tabiiyki,  bunga  faqat  ko‘proq  kafolatlar  bera  oladigan  va 

samolyotlarni  750  mln.  –  1  mlrd.  AQSH  dollarga  sug‘urta  qiladigan  moliyaviy 

jihatdan  barqaror  va  yirik  aviakompaniyalargina  qodir.  Qolgan  kompaniyalar 

hukumat qarorlarini bajarishi shart.  

Ko‘pgina  ekspertlarning  fikricha,  O‘zbekiston  yuqorida  ko‘rsatilgan 

konvensiyaga  yaqin  kelajakda  albatta  qo‘shiladi,  chunki  ushbu  jarayonning 

kechga  surilishi  milliy  aviakompaniyaning  xalqaro  bozordagi  mavqeni 

pasayishiga olib keladi. O‘zbekiston fuqarolari kam havo kemasi bortidagi noxush 

hodisalar  uchun  ko‘proq  tovon  to‘laydigan  chet  el  tashuvchilari  xizmatlaridan 

foydalanishni  ma’qul  ko‘rishlari  mumkin.  Bundan  tashqari,  xalqaro  uchishlar 




22 

 

qabul  qilingan  xalqaro  normativlarga  rioya  qilishni  talab  etganligi  uchun 



konvensiyaga  imzo  chekkan  mamlakatlarning  aviatsiyani  boshqarish  idoralari 

ko‘rsatilgan hujjatni hali imzolamagan davlatlardan samolyotlarni o‘z hududiga 

kiritmaslik huquqiga ega. Masalan, shovqinni chegaralash bilan bog‘liq hollarda 

shunday  bo‘lgan:  shovqinni  kuchli  samolyotlarning  uchishini  chegaralovchi 

xalqaro  standartlarni  qabul  qilgan  mamlakatlar  Rossiyaning  samalyotlarini  o‘z 

aeroportlariga  kiritmadi,  iqtisodiy  holatini  hisobga  olish  niyatida  emas 

ekanliklarini namoyish etdilar.  


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling