Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/81
Sana07.11.2023
Hajmi5.07 Kb.
#1754128
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81
Bog'liq
«mehmonxona servis xizmati»

Flaytellar, qoida tariqasida, aholi gavjum joylardan ancha chetda joylashgan 
bo‘ladi. Ularga faqat havo transportida borish mumkin. Flaytel yaqinida aerodrom, 
angarlar, ellinglar, ustaxonalar joylashadi. Tabiiyki, restoranlar, barlar, konsert 
zallari, dansing va sh.k. ham bo‘ladi.
Ayrim flaytellarda reklama har xil kalibrli (hajmli) havo sharlarida va har xil 
dirijabllarda sayr qilishni va’da qiladi. Flaytel qoshida havo va quyosh vannalari 
qabul qilish uchun mo‘ljallangan bog‘lanma aerostatlar ham bo‘ladi. Tabiiyki, 
bularning barchasi juda katta pul turadi va ulardan faqat juda boy odamlar 
foydalanishi mumkin.
Birinchi flaytel AQShning Oklaxoma shtatidagi Talas shahri yaqinida tashkil 
etilgan. Bu mehmonxona korxonasining reklama bukleti vertolyotlar qo‘nishi uchun 
maydoncha, samolyotlar uchun kichik aerodrom, uchuvchilar uchun radiostansiya va 
meteorologiya stansiyasi bilan bevosita aloqa qilish imkoniyatini taklif qiladi. 
Uchish vaqtida uchuvchilar flaytel rahbariyati bilan bog‘lanib, hzlariga nomer hamda 
samolyot yoki vertolyot uchun qo‘nalg‘a buyurtma qilishlari mumkin.
Suv bo‘ylab sayohat qilayotgan turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun 
mo‘ljallangan suzuvchi mehmonxonalar va mehmonxona komplekslari juda ko‘p 
mamlakatlarda, chunonchi: Fransiya, Gresiya, Shveysariya, Daniya, Niderlandiya
Shvesiya, Ispaniya va boshqalarda loyihalashtirilmoqda va qurilmoqda. Suzish 
vositalarining aksariyati prichallar, pirslar, suvga tushirish va suvdan ko‘tarish 
moslamalari, shuningdek qayiqlarni saqlash, ularni ta’mirlash va ularga yonilg‘i 
quyish inshootlari bilan jihozlangan. Bu o‘rinda shuni alohida qayd etish kerakki, 
suzish vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish inshootlari va uskunalari suv bo‘ylab 
sayohat qiluvchi turistlar uchun mo‘ljallangan mehmonxona komplekslarining 
ajralmas qismi hisoblanadi.
«Botel» atamasi – mehmonxona biznesidagi yangi tushuncha (boat - qayiq, 
kema, hotel – mehmonxona). Odatda, botel deganda ekskuriya barjalari tipidagi 
suzuvchi mehmonxona tushuniladi.
Botellar mavsumiy yoki yil bhyi ishlaydigan muassasalardir. Bu guruhga «suv 
turizmi markazlari» (Polsha), «dam olish bazalari-shaharchalari» (Germaniya), 
flotellar (Ispaniya va Yugoslaviya) kiradi.
Bu muassasalar shinamlik darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ular eng 
avvalo yozgi suv turizmi, qayiq sporti yoki yelkanli sport, qishda – buyer sporti bilan
shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan.



33 
Yuqorida sanab o‘tilgan muassasalarning barchasi suvdagi marshrutlarning 
tayanch punktlari hisoblanadi. Ular suzish vositalariga texnik xizmat khrsatish 
kengaytirilgan dasturiga muvofiq jihozlanadi.
Botokempinglar suv bo‘ylab sayohat qiluvchi turistlarga safarda xizmat 
khrsatish uchun mo‘ljallangan. Turistik muassasalarning bu tipiga Polshada keng 
tarqalgan «suv stansiyalari» hamda Germaniyadagi «yozgi turistik shaharchalar» 
kiradi.

Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling