Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova
Kichik mexmonxonani boshkarish tuzilmasi
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
«mehmonxona servis xizmati»
2. Kichik mexmonxonani boshkarish tuzilmasi
Standart motellarda boshkarishning eng oddiy sxemasi taxminan quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 100 nomerli motelda direktorga qabul qilish va moliya xizmatining to‘rt klerki, xo‘jalik xizmatining boshlig‘i bevosita bo‘ysunadi, xo‘jalik xizmati boshlig‘ining ko‘l ostida sakkiz xodima, to‘qqiz paj (bellman) (ular mijozlarning avtomobillarini parkovka qilish bilan ham shug‘ullanadi) va bir ta’mirlovchi (elektr va santexnika ishlarini bajaruvchi) ishlaydi. Yukori darajali yirik mexmonxonalarda esa, aksincha, boshkaruv pog‘onalari soni ko‘payadi: masalan, bosh direktor uch o‘rinbosarga (nomer fondi, ovkatlanish va ma’muriy xizmatlar bo‘yicha) ega bo‘ladi. Nomer fondi direktoriga qabul qilish xizmati, xo‘jalik xizmati (xodimalar va farroshlar, kirxona, kimyoviy tozalash shoxobchasi va sh.k.) bo‘ysunadi. Umumiy ovqatlanish direktoriga oshxona, restoranlar, barlar, banket xizmati, nomerlarda xizmat ko‘rsatish bo‘limi bo‘ysunadi. Ma’muriy ishlar buyicha direktorga kontroller, marketing va sotuvlar bo‘limi menejeri, bosh muxandis, xavfsizlik xizmati va xodimlar bo‘limi bo‘ysunadi. Mexmonxona mulkdori davlat, munitsipalitet, jismoniy shaxs, aksiyadorlik jamiyati bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydi (aksiyador saylaydigan kengash a’zolari soni unga tegishli aksiyalar mikdoriga mo‘tanosib bo‘ladi). Direktorlar kengashi bosh direktorning ishini nazorat kiladi, moliyaviy reja (budget)ni tasdiklaydi, bosh direktorning reja ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini tinglaydi. Direktorlar kengashi majlisi odatda yilning har choragida bir marta chaqiriladi. Maxsus adabiyotlarda mexmonxona bo‘limlari tanlangan mezonga ko‘ra muayyan guruxlarga birlashtiriladi. Masalan, mexmonxonaning asosiy (daromadni shakllantiruvchi) bo‘limlari (Revenue centers) va yordamchi bo‘limlari (Support centers) farqlanadi. Asosiy bo‘limlarga nomer fondi, restoranlar, barlar, yordamchi bo‘limlarga esa - texnik bo‘lim, kadrlar bo‘limi, buxgalteriya kiradi. Mexmonxona xizmatlarini front of the house va back of the house ga tasniflash metodi keng tarkalgan bo‘lib, mazkur metod zamirida mexmonxona muayyan bo‘limi xodimlarining mijozlar bilan aloka qilish darajasi yotadi. Front of the house ga qabul qilish xizmati, restoran; back of the house ga oshxona va buxgalteriya esa kiradi. So‘nggi zikr etilgan gurux xizmatchilari mijozlar bilan bevosita aloka qilmaydi. Mazkur guruhlarning xodimlari har xil dasturlar bo‘yicha o‘qitiladi, ular xizmat ko‘rsatadigan xonalar aniq ajratiladi. Hatto ularning forma kiyimi ham farq kiladi. Kichik mexmonxonalar, tabiiyki, ancha sodda boshkaruv tuzilmasiga ega bo‘ladi. Ammo asosiy bo‘limlar o‘ziga xos funksiyalari bilan saqlanib qoladi. 2-rasmda mashxur Holliday Inn mexmonxonalar tarmog‘iga kiruvchi kichik (130 nomerli) mexmonxonani boshkarish tuzilmasi ifodalangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling