Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
«mehmonxona servis xizmati»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar
- Mavzu 9. Mehmonxonaning yordamchi xizmatlari Reja: 1. Injenerlik xizmati. 2. Xavfsizlik xizmati. 3. Harid qilish xizmati. 1. Injenerlik xizmati
Umumiy foydalanish sanuzelini tozalash Umumiy foydalanish sanuzelini harkunlik tozalash ishlari tarkiba quyidagilar kiradi: 1. osma oynali rastacha va ko‘zguni artish; 2. umivalnik, unitaz va pissuarni yuvish va dezinfeksiya ishlarini olib borish; 3. kafel plitalarni artish; 4. devor va peregorodkalarni yuvish. Dushni har kun tozalashda quyidagi tartibga amal qilinadi: - echinish xonasidagi ko‘zguni artish; - banketka, veshalkadagi changlarni artish; - rezina gilamchalar, sovun qo‘ygichlarni yuvish; - kafel devorlarni artish; - chiqindi savatini bo‘shatib, yuvish; - polni yuvish. Tayanch iboralar: Nomer fondini boshqarish xizmatining tashkiliy prinsiplari.Tozalash ishlarini tashkil etish. Nomerni joylashish uchun tayyorlash.Turli tozalash ishlarini bajarish texnologiyasi. Tubdan tozalash; bron qilingan nomerni tozalash; ekspress tozalash; individual foydalanish sanuzelini tozalash. Umumiy foydalanish sanuzelini tozalash. Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 1. Nomer fondini boshqarish xizmatining tashkiliy prinsiplari. 2. Tozalash ishlarini tashkil etish. 3. Nomerni joylashish uchun tayyorlash tartibini tushuntiring. 4. Turli tozalash ishlarini bajarish texnologiyasi. 5. Nomerni tubdan tozalash texnologiyasi. 6. Nomerni bron qilingan nomerni tozalash texnologiyasi. 7. Nomerni ekspress tozalash texnologiyasi. 92 Mavzu 9. Mehmonxonaning yordamchi xizmatlari Reja: 1. Injenerlik xizmati. 2. Xavfsizlik xizmati. 3. Harid qilish xizmati. 1. Injenerlik xizmati Zamonaviy mehmonxona murakkab injenerlik uskunalari bilan jihozlangan (lift, konditsionerlar, issiqlik manbai, suv taminoti, kanalizatsiya, elektr energiya, gaz uskunalari, kabel televideniye, kompyuterlar).Tabiiyki, mehmonxona barcha uskunalarni tamirlash va xizmat ko‘rsatish maqsadida to‘liq shtatda injener-texnik ishchilarni saqlab tura olmaydi.Odatda, ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus firmalar bilan shartnoma tuzadi. Injenerlik xizmati unchalik katta bo‘lmagan shtatga ega (iloji boricha universal xodimlar ishlaydilar, yani unchalik qiyin bo‘lmagan santexnik ishlar, elektr uskunalarni sozlash). Injenerlik xizmati o‘z tarkibiga mebel, gilam tamirlovchilar, nomerlarga bo‘yash ishlarini olib boruvchi bo‘yoqchilarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Bosh injenerlik xizmati suv, gaz, elektr energiya sarfini ham nazorat qiladilar.Ular bajargan barcha ishlar maxsus ro‘yxatga olish jurnaliga yuritiladi. Injenerlik xizmatining muhim vazifasi- yong‘in xavfsizligini taminlashdir.Yong‘in mehmonxona biznesida ko‘p tarqalgan hodisadir. Yong‘inning asosiy sabablari- chekuvchi mehmonlar, nosoz oshxona va elektr uskunalari, kaminlar, omborxonadagi ximikatlar, chiqindilarni yoqish va boshqalar bo‘lishi mumkin. Yong‘in xavfsizligi tizimi mehmonxonadagi barcha inshootlar yong‘in signalizatsiyasi tizimini, yong‘in o‘chirish vositalarini, evakuatsiya vositalarini (yong‘in zinalari) va xodimlarni doimiy o‘qitish tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Barcha nomerlarni, yong‘in ro‘y berganda evakuatsiya qilish sxemasi bilan taminlash zarur. Mehmonxonaning barcha xodimlari yong‘in paytida o‘zlarini qanday tutishlarini bilishlari kerak. Yong‘in ro‘y berganda xodimning birinchi vazifasi yong‘in signalizatsiyasi tugmasini bosishdir.Keyinchalik quyidagicha harakatlanadi: biri yong‘inni o‘chiradi, boshqalari mehmonlarni evakuatsiya qilishadi. Nima bo‘lganda ham sarosimaga tushmasdan tinchlikni saqlash zarur. Yugurib borish, liftdan foydalanish mumkin emas.Zinalardan harakatlanish kerak.Evakuatsiya yo‘li yopiq bo‘lsa (yong‘in bilan ),eshikni yopib, unga nam odeyalni osib, derazadan yong‘in o‘chirish xodimlariga signal berishi zarur. Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling