106
Mavzu 11. Mehmonxona biznesida sifatning mazmuni va mohiyati
Reja:
1.
Xizmatning sifati - boshqarish ob’ekti
2. Xizmatning sifati iste’molchi nuqtai nazarida
3. Mehmonxona xizmatlari sifatini boshqarish tizimi
4. Mehmonxonada xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish dasturini ishlab chiqish
1. Xizmatning sifati - boshqarish ob’ekti
«Xizmatning sifati» tushunchasini talqin qilishga nisbatan har xil yondashuvlar
mavjud. ISO 8402-94 «Sifatni boshqarish va ta’minlash. Lug‘at» xalqaro standartida
berilgan ta’rif ayniqsa ko‘p qo‘llanadi:
«
Xizmatning sifati – xizmatning belgilangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarni
qondirish qobiliyatini ta’minlovchi xususiyatlari majmui».
ISO 8402-94 xalqaro standartida «xizmat ko‘rsatish sifati»
atamasi ham qabul
qilingan bo‘lib, unga iste’molchining aniqlangan yoki taxmin
qilingan ehtiyojlarini
qondirish imkonini beruvchi xizmat ko‘rsatish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari
va shartlari majmui deb qaraladi.
Xizmatning muayyan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini ta’minlovchi eng
muhim
xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
ishonarlilik;
jonkuyarlik;
ishonchlilik;
tezkorlik;
kommunikativlik;
seriltifotlik.
Do'stlaringiz bilan baham: