Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi


Vaziyat tahlili, korxona maqsadini rejalashtirish


Download 2.33 Mb.
bet142/169
Sana02.12.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1779575
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   169
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va

19.2. Vaziyat tahlili, korxona maqsadini rejalashtirish

Korxona marketing strategiyasini aniqlash, mazkur korxonadagi aniq vaziyatga bog‘liqdir. Shuning uchun strategik marketingni rejalashtirishni birinchi bosqichi – bu korxonaning joriy faoliyatini tahlilidir. U marketing tadqiqotlari natijalariga asoslanadi, hamda uning yordamida korxonaning bozor imkoniyatlari aniqlanadi.


Vaziyat tahlili avvalo, SWOT – tahlilni aniqlashga yo‘naltiriladi:

  • tashqi marketing muhitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar va xavf-xatarlar;

  • korxonaning ichki marketing muhtini ichki hisoblarini belgilovchi kuchli va kuchsiz tomonlar.

Shu tarzda, vaziyat tahlili korxonaning ichki imkoniyatlari va resurslarini baholashga, bu o‘zgarishlarga korxonaning moslashuv darajasi va tashqi muhit o‘zgarishlar tendensiyasini aniqlashga imkon beradi.



    1. Muqobil strategiyalarni tanlab olish

Muqobil strategiyalarni ishlab chiqishda marketing modellarini turli sinalgan nazariya va amaliyotidan foydalaniladi. Uning doirasida korxona o‘z imkoniyatlarini, mahsulotlarini, bozorlarini, raqobatchilar holatini, iste’molchilarni va h.k. larni baholashi mumkin. Olingan baholar asosida korxona resurslari va vazifalari taqsimlanadi hamda mos ravishdagi marketing strategiyalari ishlab chiqiladi.


Keng tarqalgan muqobil strategiyalarni tanlash modellari bo‘lib quyida-gilar hisoblanadi:
«Mahsulot bozor» matritsasi

Mazkur matritsa to‘rtta marketing strategiyasini ishlab chiqishga imkon beradi.


Bozorni chuqurroq o‘zlashtirish strategiyasi, agar firma amaldagi bozorda yetarli darajada mashhur bo‘lgan tovar bilan oldindan faoliyat ko‘rsatayotgan vaziyatda tavsiya etiladi.
Agar bozor o‘sayotgan bo‘lsa yoki to‘yinmagan bo‘lsa, bu usul yaxshi samara beradi. Mazkur strategiya sotishni rag‘batlantirishni turli-tuman shakllari, intensiv reklama qilish yo‘li bilan sotish hajmini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Yangi mahsulot ishlab chiqish strategiyasi amaldagi bozorga firma o‘zining yangi xizmatlarini taklif etish tavsiya etiladi. Firma yangi mahsulotlarini korxonaga nisbatan aniq bo‘lgan yaxshi taniqli bo‘lgan mijozlarga taqdim etsagina mazkur strategiya samara beradi. Sotishning odatdagi usullaridan foydalaniladi. Biroq, qo‘llab-quvvatlovchi marketing tadbirlari zarurdir, chunki yangi mahsulot bo‘lgani uchun faol reklama, bozorga mahsulotni siljitish, sotishni rag‘batlantirishni taqoza qiladi.
Bozor chegaralarining kengayish strategiyasi bozorni yangi segmentlarini aniqlash hisobidan, ya’ni amaldagi mahsulotlarni sotish uchun va rejalashtirilgan foydani olish uchun yetarli bo‘lgan talab mavjud xolatda samara beradi.
Diversifikatsiyalash strategiyasi faoliyat ko‘lamini kengaytirish zaruriyati uchun foydalaniladi. Bu esa yangi bozorlar uchun yangi mahsulotlar taklifida aks etadi.



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling