Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi
Download 2.33 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va
Xalqaro turizm huquqi
Turizm ko‘pchilik mamlakatlar iqtisodiyotining muhim qismi sifatida, xalqaro aloqalarning tarkibi sifatida alohida huquqiy tartibga solishni talab qiladi. Shuning uchun o‘ziga xos tarmoq - turistlik huquq tarkib topgan. Ko‘pchilik mamlakatlarda rezident va norezident kompaniyalar uchun turistlik faoliyat normalari va rivojlanish tamoyillarining asosiy konsepsiyalari turizm haqida milliy qonunlar bilan mustahkamlangan. Norezidentlar faoliyati uchun odatda ma’lum cheklashlar mavjud. Turizm tashkilotchilari va turist-mijozlar munosabatlari tartibga solingan. Xalqaro turizm ko‘pgina konvensiyalar, xalqaro shartnomalar va bitimlar bilan tartibga solinadi. Dastlab turizm rivojlanishiga asos bo‘lgan, dam olish va bo‘sh vaqtning asosiy huquqlarini ta’minlash to‘g‘risidagi bitimga erishildi. 1948 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan inson huquqlari Umumjahon Dekleratsiyasining 24-moddasida shunday deyiladi: «Har bir inson ish vaqtini oqilona chegaralanishi va har yilga pullik ta’tilni olishi, dam olishi va bo‘sh vaqt huquqiga egadir». 1966-yil BMT Bosh Assambleyasi bu shiorni tasdiqladi va kengaytirdi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Paketga imzo chekkan davlatlar har bir insonning «dam olish, bo‘sh vaqt, ish vaqtini oqilona cheklash, davriy pullik ta’til hamda bayram kunlari uchun to‘lov» huquqini ta’minlash majburiyatini bo‘yniga olganlar. Bu nizomlar turizm rivojlanishiga, xususan, xalqaro turizm rivojlanishiga turtki berdi. Xalqaro turizmning jadal rivojlanishi turistlik faoliyatni tartibga soluvchi me’yorlar o‘rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Xalqaro turistlik huquq tashkil topishining eng asosiy yo‘nalishlaridan biri terminologiya va ta’riflar to‘g‘risidagi bitim tuzish edi. Bugungi kunda xalqaro turizm o‘z faoliyatini asosiy xalqaro kelishuvlarga binoan olib boradi: Gaaga (1989-yil, Gaaga, Niderlandiya) va Manila (1980-yil, Manila, Filippin) bitimlari, turizm vazirliklarining Osaka konferensiyalari yo‘riqnomalari (1994-yil, Osaka, Yaponiya). Hududiy qonunlar va me’yoriy aktlarni ham ta’kidlab o‘tish muhim. Yevropa iqtisodiy hamjamiyati ushbu ittifoqqa kiruvchi mamlakatlar turistlik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha bir qator qonunlar va me’yoriy aktlar qabul qilgan. Masalan, yagona vizali hudud, turistlik xizmatlar shartnomasi to‘g‘risidagi Shengen shartnomasi (YEES Direktivasi №90/134 13-may 1995-yil. «Turistlik agentlik va mijoz o‘rtasida imzolanishi kerak bo‘lgan namunaviy shartnoma», «Sayohat qilish shartnomasi bo‘yicha Xalqaro Konvensiya», 1970-yil 22-oktyabrda FUAAV ning Bosh Assambleyasida qabul qilingan «Mehmonxona egalari va turistlik agentliklar o‘rtasida bitimlar tuzishga tegishli Xalqaro mehmonxona Konvensiyasi», Yo‘lovchilar va ularning yuklarini xalqaro havo, avtomobil va dengiz transportida tashish alohida tartibga solingan. Havo transporti Varshava Konvensiyasi bilan (1929-yil Varshavada qabul qilingan), Avtomobilda passajirlar va yuklarni tashish Berlin Konvensiyasi bilan (1975-yil, Berlin), dengiz transportida passajirlarni tashish esa Afina Konvensiyasi bilan boshqariladi. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling