Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi


Download 2.33 Mb.
bet45/169
Sana02.12.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1779575
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   169
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va

Tayanch iboralar: Aktiv va passiv turizm, turistlik marshrutlar, sarguzashtli sayyohlik, temiryo‘l sayyohligi marshruti, avtobusli marshrutlar, sog‘lomlashtirish va davolash maqsadlarida qilinadigan turizm, o‘rganuvchi turizm, qishloq turizmi, safari tur, marosim turizmi, qumsash turizmi, diniy turizm, klubli dam olish.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:



  1. Aktiv va passiv turizm turlarining xususiyatlarining farqi nimadan iborat?

  2. Harakatlarning turlariga nisbatan sayyohlik marshrutlar tasnifi qanday ko‘rinishlarga ega?

  3. Turizm turlarining tasnifi buyicha qanday turlarni bilasiz?

  4. Qishloq turizmining rivojlanishi nimaga bog‘liq ?

  5. Diniy turizmning hozirgi ko‘rinishi nimadan iborat?

  6. Klubli dam olishni egallash tizimi va uning turlari nimalardan iborat?

  7. O‘zbekiston turizm tarmog‘idagi turistlik turlarning umumiy hajmidagi ulushlarida qaysi turlar katta ahamiyatga ega?


6. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA TURLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Reja:


    1. Turistlik xizmatlarini loyihalashtirish

    2. Xizmat ko‘rsatish dasturini yaratish

    3. Turmahsulotni hisoblash jarayoni

    4. Turistlik marshrutini ishlab chiqish bosqichlari

    5. Turistlik sayohatining yo‘llanmasi va texnologik haritasini tuzish

    6. Turistlik korxonaning yuklama grafigi va marshrutini tuzish



6.1.Turistlik xizmatlarini loyihalashtirish

O‘zbekistonda turistlik xizmatlarini shakllantirish Davlat standartlari bilan tartibga solinadi. Turistlik xizmatni yo‘lga qo‘yish uchun uning qisqacha xizmatlar bayoni asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu bozor ehtiyojlarini o‘rganish natijasida aniqlangan buyurtmachi bilan muvofiqlashtirilgan xizmatlar va xizmatlarni bajaruvchining imkoniyatlarini hisobga oluvchi talablar yig‘indisidan iboratdir.


Turistlik muassasasining rahbariyati muayyan xizmatni yo‘lga qo‘yish tartibi va jarayonini, xizmat ko‘rsatishni tashkil etish usullarini belgilaydi va xizmatlarni loyihalashtirish jarayonini har bir qatnashchisi mas’uliyatini belgilaydi.
Turistlik xizmatlarini loyihalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Xizmatlarning me’yorlashtirilgan tavsifini belgilash;

  2. Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni texnologiyalarini belgilash;

  3. Texnologik hujjatlarni ishlab chiqish;

  4. Sifat nazorati metodlarini belgilash;

  5. Loyiha tahlili

  6. Loyiha tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Xizmatning har bir tavsifi ist’emolchi va ijrochi uchun imkoniyat darajasida ahamiyatli bo‘lishi shart. Xizmatning muayyan tavsifi tegishli xizmat turlariga belgilangan davlat standarti talablaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoniga qo‘yiladigan talablarni batafsil yorituvchi hujjatlar quyidagilarni qamrab olishi shart:

  • turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni, shakli va usullari bayoni;

  • turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni tavsifinining mazmuni;

  • foydalaniladigan uskunalarning turiga, miqdoriga va qabul qilish qobiliyatiga talablar;

  • zarur xizmatchilar soni va ularning kasbiy malakasi darajasini;

  • buyurtmalar va xizmatlarning shartnomaviy ta’minoti;

  • kafolatlar;

  • zaruriy kelishuvlar (rekratsion zaxiralar mulkdorlari, sanitariya – epidemiologiya va yong‘in xavfsizligi, DAN va boshqa organlar bilan).

Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoniga qo‘yiladigan aniq talablar amaldagi me’yoriy hujjatlar talablaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalashtirish xizmat ko‘rsatishning har bir bosqichi bo‘yicha (masalan, xizmatlar bo‘yicha ma’lumot berish, xizmat ko‘rsatish, xizmatlar uchun hisob-kitob) amalga oshiriladi va ularning har biri uchun alohida texnologik harita tuziladi.
Bosqichlarning mazmuni va ketma-ketligi xizmat turiga qarab o‘zgarishi mumkin. Turistlik xizmatni loyihalashtirishning natijasi texnologik hujjatlar hisoblanadi (texnologik haritalar, yo‘riqnomalar, qoidalar, reglamentlar va b.)
Sifat nazoratiga doir hujjatlarda turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish yuzasidan nazorat qilish shakllari, usullari va tashkil etilishi, ularning loyihalashtirilgan tavsiflariga mos tarzda kelishini ta’minlash maqsadida belgilanishi lozim.
Sifat nazoratini loyihalashtirish quyidagilardan iborat:

  • xizmatlar tavsifiga muhim ta’sir ko‘rsatuvchi xizmat ko‘rsatish jarayonining muhim jihatlarini belgilash;

  • xizmatlar tavsifini tahrir etish usullarini belgilash;

  • nazoratdagi tavsiflarni baholash usullarini belgilash.


Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling