Samarqand Madaniyatlar chorrahasi Samarqandni chinakam noyob shahar, deb atash mumkin!


Download 18.02 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi18.02 Kb.
#1296233
Bog'liq
New Документ Microsoft Word


Samarqand
Samarqand - Madaniyatlar chorrahasi
Samarqandni chinakam noyob shahar, deb atash mumkin! Dunyoning eng buyuk shoir va faylasuflari uni - qalb bog‘i, sharq durdonasi, dunyoning ko‘zgusi va hatto yer yuzi deb atashganlarida ham, ular bu go‘zal shaharning barcha go‘zalligi va boyliklarini tasvirlab berolmagan bo‘lardilar.
Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar
Samarqandning madaniy merosi juda katta. Аsrlar davomida bu shahar Buyuk Ipak yo'lining asosiy markazi bo'lib kelgan.
XXI asr boshlarida shahar YuNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi" nomi bilan kiritildi!
Shaharni ziyorat qilsangiz, siz bu yerda joylashgan tarixiy obidalarning sonidan hayratda qolasiz, ammo biz sizga albatta ko'rishga arziydigan eng mashhur diqqatga sazovor joylarni ko'rsatishga harakat qilamiz
Samarqandda yangi ochilgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi yiliga 2 mln turistga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Majmua qurilishi 2019-yili Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida, 212 gektar maydonda boshlandi.
Markaz ichida “Congress Hall”, “Boqiy shahar” majmuasi, amfiteatr va ko‘plab boshqa inshootlar bor.
Shu jumladan, dunyoning yetakchi mehmonxonalari ro‘yxatiga kiritilgan 22 qavatli “Samarqand Regency Amir Temur” va yana yettita mehmonxona kiradi.
Markazda shu yilning kuzida O‘zbekistonda ilk bor “Silk road literary festival” bo‘lib o‘tadi.
Yangi turizm markazi kelgusi yillarda Samarqandga keladigan xorijiy sayyohlar sonini 1,5 mlndan oshirishda muhim o‘rin tutadi. Kelgusi besh yilda keladigan sayyohlar sonini hozirgi 2 mlndan 9 mlnga yetkazish maqsad qilingan.
Eng muhimi, turizm sohasida mehnat qilayotganlar soni 500 mingdan oshadi.
Download 18.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling