Samarqand qishloq xo’jalik instituti
Download 266.5 Kb.
|
Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti P.Z.Davronovn
4. Sonli qatorlarning absolut va shartli yaqinlashishi
O`zgaruvchi ishorali sonli qator u1 + u2 + ... + un + ... (5) berilgan bo`lsin. (5) sonli qator hadlarining absolut qiymatlaridan yangi sonli qator (6) tuzamiz.
Agar (6) qator yaqinlashuvchi bo`lsa, u holda (5) sonli qator absolut yaqinlashuvchi qator deyiladi. Agar (6) qator uzoqlashuvchi bo`lib, (5) qatorning o`zi yaqinlashuvchi bo`lsa, u holda (5) sonli qator shartli yaqinlashuvchi qator deyiladi. Absolut yaqinlashuvchi sonli qator hamma vaqt yaqinlashuvchi bo`ladi. Ushbu
c1 - c2 + c3 - c4 + ... (-1)n-1cn + ... (7) sonli qatorga ishoralari almashinuvi qator deb ataladi. Bunday qatorlarni tekshirish uchun Leybnis teoremasidan foydalaniladi. Leybnis teoremasi. Agar ishoralari almashinuvchi (7) qatorning hadlari uchun: c1 > c2 > c3 > ... o`rinli bo`lsa, berilgan sonli qator yaqinlashuvchi bo`ladi va uning yig`indisi musbat bo`lib, birinchi haddan katta bo`lmaydi. Ishorasi almashinuvchi qator qoldigi tengsizlik bilan baholanadi. Misol. Ushbu sonli qatorning yaqinlashuvchanligini tekshiring. Yechish. Leybnis teoremasi shartlarining yuqorida berilgan ishorasi almashinuvchi qator uchun bajarilishini ko`ramiz, ya`ni va . Demak, qator yaqinlashuvchi bo`lar ekan. Absolut va shartli yaqin-lashuvchi qatorlarning xossalari: 1. Absolut yaqinlashuvchi qatorda o`rinlarini almashtirishdan tuzilgan yangi qator ham yaqinlashuvchi bo`ladi va yig`indisi berilgan qator yig`indisi bilan bir xil bo`ladi. 2. Shartli yaqinlashuvchi qatorda, b soni ixtiyoriy son bo`lishdan qat`i nazar, hadlar o`rnini shunday almashtirish mumkinki, natijada olin-gan yangi sonli qator yig`indisi b ga teng bo`ladi. 3. Shartli yaqinlashuvchi sonli qatorda hadlar o`rnini shunday almashtirish mumkinki, natijada uzoqlashuvchi yangi qator olinadi. Download 266.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling