Samarqand rossiya mustamlakasi davrida


Download 45.1 Kb.
bet1/14
Sana21.04.2023
Hajmi45.1 Kb.
#1372908
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-seminar (копия)


SAMARQAND ROSSIYA MUSTAMLAKASI DAVRIDA

  1. Rossiya imperiyasi istilosi arafasida Samarqand shahrining ijtimoiy-siyosiy ahvoli.

  2. Samarqand shahri «Yangi qismi»ning shakllanishi va shaharsozligi.

  3. Samarqandda milliy siyosiy tashkilotlar faoliyati hamda sovet hokimiyatining majburan o‘rnatilishi

  4. I jahon urushi yillarida Samarqandliklarning fidoyiliklari

XIX asr boshiga kelib esa Samarqand yana yirik shaharga aylangan. 1812 yilda amirlikka kelgan ingliz ayg‘oqchisi Mir Izzatullaning guvohlik berishicha, bu davrda Samarqand kundan-kun rivojlanib borgan edi. Shaharning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishiga uning qulay geografik joylashuvining ahamiyati katta bo‘lgan.
XIX asrning 60 yillari oxirlarigacha Samarqand shahri hududi kengayib borib, N.V.Xanikovning ma’lumot berishicha, «shahar aylanasi 13 verstga, uning kvadrat yuzasi 2280000 sajenga yoki 2533,31 tanobga teng bo‘lib, Buxoro shahri hududidan 500 tanobga katta» bo‘lgan.
XIX asrda shahar aholisining soni, uning o‘sish dinamikasi haqida ma’lumotlar manbalarda turlicha keltiriladi. Meyyendorf ma’lumotlariga ko‘ra, 1820 yilda Samarqandda 50 ming aholi, N.Xanikov 1841 yilda 25 ming, 1863 yilda A.Vamberi 20 minggacha, 1868 yilda V.V.Radlov shahar aholisining sonini 10 mingdan oshiq kishi deb keltiradi. XIX asrning 70-yillarida Samarqandda 6000 xonadon bo‘lib, unda 30 ming aholi yashaganligi qayd etiladi. 1889 yilda Samarqand shahri aholisining soni 40 ming atrofida bo‘lib, shulardan 6 mingtasi Yevropadan ko‘chib kelganlar va 1500 kishi esa yahudiy millatiga mansub bo‘lgan. 1839 yilda Buxoro yahudiylarining bir guruhi Samarqandga Mashhaddan ko‘chirib keltirilgan, qolgan guruhi esa 1859 yilda Qobuldan ko‘chirilgan. Boshqa manbalarda Samarqand atroflarida 80 000 o‘zbek oilalari istiqomat qilgan deb ko‘rsatiladi. Samarqand shahri va uning atroflari vohadagi aholi eng zich istiqomat qilgan hudud bo‘lgan.
General fon Kaufman Amir Said Muzaffarga 1867 yil oxirida Buxoro amirligining Qo‘qon xonligi singari «oq podsho» hukmronligini tan olib unga vassal bo‘lishi taklif qiladi. 1868 yil aprel oyiga qadar ikki o‘rtadagi muzokaralar shartnomaga olib kelmadi, ikkala tomon ham urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. 1868 yilda Erjar va Jizzax olingandan so‘ng ruslar Samarqand ostonasiga yetib keldilar, bosqinchilar Buxoro amirligining «ikkinchi poytaxti» bo‘lgan Samarqandni egallashga alohida ahamiyat berishgan.
Ruslar tomonidan Samarqand shahrini zabt etish 1868 yil 1 may kuni Cho‘ponota tepaligida boshlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shaxsan general fon – Kaufman qo‘mondonligidagi ruslar armiyasining soni 13500 kishidan iborat bo‘lib, amir sarbozlarining soni ulardan qariyb 5 baravar ko‘p edi. Jang vaqtidagi Kaufmanning eng yaqin yordamchilari keyinchalik Turkiston siyosiy tarixida muhim rol o‘ynagan Abramov va Golovachevlar bo‘lgan. Bu jangda ruslarning g‘alabasini ta’minlagan asosiy kuch, ularning harbiy texnikasining, ayniqsa, artilleriyasining ustunligida edi, deb qayd qilish mumkin.1868 yil 2 mayda Samarqand shahri ruslar qo‘liga o‘tdi.
1868 yilning may oyining oxiriga qadar, uning atrofidagi barcha tuman markazlari bosib olindi. Ruslar Urgut va Chelakdan tashqari biror joyda jiddiy qarshilikka duch kelmadilar. Ammo tez orada mahalliy xalqlar ularga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradilar.
Rus qo‘mondonligi Samarqanddagi harbiy qo‘rg‘onda 658 kishini qoldirib, Buxoro tomon hujumni davom ettirdi. Kattaqo‘rg‘on va ayniqsa, Zirabuloqda qattiq to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. Afsuski, ichki ziddiyatlar tufayli Amir Muzaffar qo‘shinlari katta talofat ko‘rib mag‘lubiyatga uchraydi. 1868 yil 2 iyunda Zirabuloq tepaligida bo‘lgan jangda ruslar tomonidan misli ko‘rilmagan vahshiylik amalga oshirilgan. Xuddi shu vaqtda, Samarqandni ozod etish uchun Shahrisabzdan Jo‘rabek va Kitobdan Bobobeklar boshchiligida katta harbiy kuch yo‘lga chiqdi. Ular Qarshi bekligi tomonidan quvvatlandi. Qo‘zg‘olonchilarni shahar aholisi va uning atrofidagi joylardagi xalq quvvatladi. Natijada, 20-25 ming qo‘zg‘olonchilar soni tez orada 50 mingga yetdi va 2 iyun 1868 yilda ular shaharga hujum boshladi. Yetti kun davomida shiddatli janglar bo‘ldi, janglar davomida ruslar talofati 240 kishi bo‘lib, ulardan 70 kishi o‘lgan.
Kaufmanning buyrug‘i bilan shaharning obod, tarixiy Siyob bozori butkul yondirildi. «Samarqand qo‘zg‘oloni» davomida va undan keyin minglab bolalar, ayollar va keksalar yovuzlarcha o‘ldirildi. Samarqand va uning atrofida ruslarning «tinchlantirish» tadbiri natijasida xalq juda ko‘p vatanparvar farzandlaridan judo bo‘ldi.
Samarqand qayta bosib olingandan so‘ng 28 iyun 1868 yilda Rossiya va Buxoro amirligi o‘rtasida shartnoma imzolandi va unga ko‘ra, Buxoro Rossiyaga nisbatan o‘zining vassal ekanligini tan oldi. Shartnomaga muvofiq amir Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni Rossiyaga berishga majbur bo‘ldi va katta miqdorda kontributsiya (tovon) to‘lash majburiyatini ham oldi. Bosib olingan yerlardan 1868 yilda Zarafshon okrugi tashkil etilib, unga boshqaruvchi qilib general A.K.Abramov tayinlandi.
Bosqinchilar tomonidan tarixiy yodgorliklar - Buxoro amirining Samarqanddagi saroyi, masjidlar, aholiga tegishli bo‘lgan chiroyli imoratlarga ham katta shikast yetkazildi: shahar harbiy qo‘rg‘oni ichida joylashgan amirning arki harbiy gospitalga aylantirildi, sobiq Samarqand hokimi binosi Zarafshon okrugi boshqaruvchisi general – mayor A.K.Abramovga bo‘shatib berildi.
A.K.Abramov (1868-1877) Samarqand boshqaruvi 1868 yil 29 iyunda tasdiqlangan Zarafshon okrugini boshqarishning vaqtinchalik qoidalari asosida tuzildi. Zarafshon okrugi markazi hisoblangan Samarqandda shahar boshqaruvi quyidagi tarkibdan iborat bo‘lgan: okrugda umumxalq ishlari bo‘yicha mudir va shahar me’mori; okrugda sug‘orish ishlari bo‘yicha mudir; okrugda aksiz soliqlari bo‘yicha mudir; shahar hokimi.
1874 yilga kelib Turkiston general-gubernatori ruxsati bilan «yangi shahar» uchun Zarafshon okrugi harbiy xalq boshqaruvida turli lavozimlardagi amaldorlardan maxsus shtat asosida doimiy shahar boshqarmasi tashkil etildi.
1886 yilda «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom»ning qabul qilinishi munosabati bilan Zarafshon okrugi tugatilib, Samarqand viloyatiga aylantirilgan. Samarqand viloyat harbiy gubernatorini harbiy vazir emas, imperatorning o‘zi tayinlaydigan bo‘ldi. Uning qo‘lida ikki: fuqaroviy va harbiy hokimiyat to‘plangan edi. Samarqand viloyati harbiy gubernatori o‘rni kelganda Turkiston general-gubernatori vazifasini bajargan. Samarqand viloyatini 1886-1917 yillar oralig‘ida sakkizta (A.M.Yafimovich (1887-1891), N.Y.Rostovsev (1891-1897), Y.D.Fedorov (1897-1899), V.Y.Medinskiy (1899-1905), S.D.Gesket (1905-1908), A.S.Galkin (1908-1911), I.Z.Odisheladze (1911-1914), N.S.Likoshin (1914-1917) kabi gubernatorlar boshqargan. O‘rta hisobda ularning har biri 3-4 yildan viloyatni boshqargan.
Shahar boshqaruvida yuqoridagilar qatorida alohida lavozimlar ham joriy etilgan: shahar arxitektori, yo‘l ustasi, shahar shifokori, shahar doyasi, shahar feldsheri, veterenariya feldsheri, shahar bog‘boni, shahar savdo nazoratchisi, shahar ariq-oqsoqoli va miroblar bo‘lgan. Mansabdorlardan tashqari, Samarqand shahar shifoxonasi, shahar shifoxonasi huzuridagi xo‘jalik qo‘mitasi, mahalliy ayollar va bolalar uchun Samarqand ambulatoriya shifoxonasi, shahar dorixonasi, Samarqand ipak qurti tayyorlash punkti, Samarqand paxta hakamligi qo‘mitasi kabi turli tashkilot va muassasalar bo‘lgan.
Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasi bo‘yicha moliyaviy tushumlarini yig‘ish uchun o‘lka viloyatlari qismlarga taqsimlangan. Shunda Samarqand viloyati beshta o‘lpon yig‘iluvchi hududlarga ajratilgan. Samarqand uyezdining «yangi shahar» qismi, Samarqand shahrining mahalliy aholi istiqomat qiluvchi qismi va uyezdning boshqa volostlari, Kattaqo‘rg‘on uyezdi; Xo‘jand uyezdi; Jizzax uyezdi kirgan.

Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling