Samarqand shahar 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani
Download 4.22 Kb.
|
Do‘stlarim va qiziqishlarim. (Gap bo‘laklarining uyushib kelishi
Samarqand shahar 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani pedagogik amaliyotchisi I. Umarovaning O’zbek tili fanidan 2-“b” sinfida “Harflar maydonchasi” mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili BAYONNOMASI Sana: “28”-fevral 2022-yil Tahlilda ishtirok etdilar: Maktab direktori: O. Daminova Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi: G.Qo’ziyeva Ko’rilgan masala: ochiq darsning tahlil qilinishi. 1. 2-sinfda o’zbek tili fani bo’yicha “Harflar maydonchasi” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars tahlili. Masala yuzasidan maktab direktori so’zga chiqdi. U o’z so’zida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi. U pedagogik amaliyotchining quyidagi yutuq va kamchiliklari haqida aytib o’tdi: Yutuqlari: Darsda o’quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanildi: kartochka, buklet, tarqatma materiallardan foydalanildi. Yig’ilishda fan o’qituvchilari ham dars to’g’risida o’z fikrlarini aytdilar: Jumladan, G.Qo’ziyeva o’z so’zida dars davomida ba’zi o’quvchilar o’qituvchi nazaridan chetda qolganligi, buning natijasida o’quvchilarga darsda berilishi kerak bo’lgan BKM (bilim, ko’nikma, malaka) elementlari o’zlashtirilmay qolganligi ta’kidlab o’tildi. Darsda erishilgan yutuqlar txususida to’xtalib, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy o’qitishning interfaol uslub metodlardan foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuq va kamchiliklarga to’xtaldi. Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qarori: 1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan o’tkazilgan dars “yaxshi” deb baholansin. 2. Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin. Yig’ilish raisi: Daminova O Download 4.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling