Samarqand shahar 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani


Download 4.22 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi4.22 Kb.
#1444451
Bog'liq
Do‘stlarim va qiziqishlarim. (Gap bo‘laklarining uyushib kelishi


Samarqand shahar 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani 
pedagogik amaliyotchisi I. Umarovaning O’zbek tili fanidan 2-“b” sinfida 
“Harflar maydonchasi” mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili 
BAYONNOMASI 
Sana: “28”-fevral 2022-yil 
Tahlilda ishtirok etdilar: 
Maktab direktori: O. Daminova 
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi: G.Qo’ziyeva 
Ko’rilgan masala: ochiq darsning tahlil qilinishi. 
1. 2-sinfda o’zbek tili fani bo’yicha “Harflar maydonchasi” mavzusida 
o’tkazilgan ochiq dars tahlili. 
Masala yuzasidan maktab direktori so’zga chiqdi. U o’z so’zida darsda 
erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi. U pedagogik 
amaliyotchining quyidagi yutuq va kamchiliklari haqida aytib o’tdi: 
Yutuqlari: Darsda o’quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko’rgazmali 
qurollardan foydalanildi: kartochka, buklet, tarqatma materiallardan foydalanildi. 
Yig’ilishda fan o’qituvchilari ham dars to’g’risida o’z fikrlarini aytdilar: 
Jumladan, G.Qo’ziyeva o’z so’zida dars davomida ba’zi o’quvchilar o’qituvchi 
nazaridan chetda qolganligi, buning natijasida o’quvchilarga darsda berilishi kerak 
bo’lgan BKM (bilim, ko’nikma, malaka) elementlari o’zlashtirilmay qolganligi 
ta’kidlab o’tildi. Darsda erishilgan yutuqlar txususida to’xtalib, zamonaviy texnika 
vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz 
tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina 
afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy o’qitishning interfaol uslub metodlardan 
foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuq va kamchiliklarga to’xtaldi.
Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qarori: 
1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan o’tkazilgan dars “yaxshi” deb baholansin. 
2. Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda 
bartaraf etilsin. 
Yig’ilish raisi: Daminova O 
Download 4.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling