Samarqand shahar


Amir Temur va Temuriylar davrida


Download 118.44 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi118.44 Kb.
#1572614
1   2   3   4   5
Bog'liq
Samarqand

Amir Temur va Temuriylar davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Temur Samarqandda

Amir Temur maqbarasi, Samarqand

Amir Temur jome masjidi

Mirzo Ulugʻbek madrasasi, Samarqand.
XIV asr oʻrtalarida Movarounnahrda moʻgullarga qarshi xalq harakatlari boʻlib oʻtdi. Sarbadorlar isyoni natijasida shaharda bir necha oy xalq hokimiyati oʻrnatildi. XIV asr oxiri va XV asrda Samarqand iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Amir Temur saltanati poytaxti sifatida Samarqand jahonga mashhur boʻldi. Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh shaharlarining meʼmor va binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo etiladi (qarang Amir Temur bogʻlari). Xususan, Shohi Zinda meʼmoriy majmuasiga mansub Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza oʻrnatildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, goʻzalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmogʻi lozim edi.
Bu davrda Samarqand koʻpgina Sharq va Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari oʻrnatgan. Samarqandda koʻplab hashamatli meʼmoriy inshootlar qurilgan. Yirik sharqshunos olim V. V. Bartold taʼkidlaganidek, Amir Temurning fikriga koʻra, Samarqand jahonning birinchi shahri boʻlishi kerak edi. Amir Temur vafoti (1405) dan soʻng Samarqand taxtini Ulugʻbek egalladi. Ulugʻbek davrida Samarqandda bunyodkorlik avj oldi. Qoʻshni davlatlar bilan aloqalar kuchaydi. U Oʻrta Osiyo xalqiari ilm-fani va madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo fanining muayyan pogʻonasiga olib chiqsi. Uning qilgan eng katta ishi — Samarqand ilmiy maktabini oʻsha davr akademiyasini barpo etganligi boʻldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng kattalari Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy edi. U.ning ilmiy maktabi oʻz faoliyatida oʻrta osiyolik mashhur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad al-Fargʻoniy, Abul Abbos al-Javhariy, Ibn Turk al-Xuttaliy, Xolid al-Marvarrudiy, Ahmad al-Marvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylir boshlab bergan ilmiy anʼanaga asoslanar edi. U. Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi. XV asr oxirida Samarqandni Zahiriddin Muhammad Bobur egalladi (1497).
Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida (XVI-XVIII asrlar)[tahrir | manbasini tahrirlash]
1500-yil Shayboniyxon Samarqandni deyarli urushsiz bosib oldi. XVI asr oʻrtalarigacha Samarqand Shayboniylar davlatining poytaxti boʻlib turdi. Oʻsha vaqtdan rus bosqiniga qadar (1868) Buxoro amirligi tarkibida edi.

Shayboniyxon, Behzod miniaturasi, 1507-yil

Shayboniylar dahmasi, Registon maydoni, Samarqand, XVI asr
Shayboniylar daxmasi — Samarqanddagi oʻrta asr meʼmoriy yodgorligi (16-asr). Shayboniyxon 1510 y. Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda halok boʻlgach, Samarqandga olib kelinib oʻzi kurgan madrasada marmar supa ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503—04 y. oʻldirilgan), Mahdiy sulton, Hamza Sulton (1511-yil oʻldirilgan), Muhammad Temur Sulton (1511-yilv.e.), Qutlugʻ Muhammad Sulton (1545-yilv.e.), Abulxayr Sulton (1511-yil udsirilgan), Yodgor Sultonim (1526-yilv.e.), Shaxribonu xonim (1535-yilv.e.), Shoh Sulton xonim (1530-yilv.e.), Suyunch Muhammad Sulton (1586-yilv.e.) lar dafn etilgan.

Tillakori madrasasi, Samarqand
Ashtarxoniy Imomqulixon davrida (1611-1642) Samarqandda mashhur meʼmorchilik durdonalari qurilgan. Shuningdek, ushbu davrda Samarqandning hozirgi kunda saqlanib kelayotgan yodgorliklaridan Abdi Berun ansambli barpo etildi.
Registon ansamblida Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-asr) oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (164146). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa (shim. sharqiy qismida), hujralar oʻrnida peshtoq gumbazli masjid (gʻarbida) joylashgan. Dastlab „Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi“ deb nomlangan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorda oltin sarflangani uchun „tillakori“ (tilladan ishlov berilgan) deb yuritila boshlagan. Tilla Qori madrasasidan shahar jome masjvdi va Madrasa sifatida foydalanilgan. Peshtoq ravogʻidagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659—60 yillarda bajarilganligi yozilgan.


Mirzo Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Yalangtoʻsh Bahodir Sherdor madrasasini (161936) qurdirgan. Ulugʻbek madrasasining roʻparasida joylashgan.
Samarqandga oʻzbek adabiyotining shoiri va mutafakkiri, naqshbandiylar tariqati vakili Boborahim Mashrab (1657-1711) ham tashrif buyurgan.
1723—30 yillarda qozoklar bosqini davrida katta talofat koʻrdi. 1740—47-ylarda Nodirshohga tobe boʻldi. XVII asrning 1-yarmida olchin urugʻidan chiqqan oʻzbek harbiy zamindorlarining katta vakili Yalangtoʻsh Bahodir Samarqand hokimi boʻlgan. 1758—1868 ylarda esa Samarqand Buxoro amirligiga itoat qilgan.
Buxoro amirligi davrida (1756-1868)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chorsu savdo majmuasi. Samarqand. 1785-yil

Hazrat Hizr masjidi. Samarqand. 1854-yil
Amir Shohmurod (1785—1800) davrida Samarqandda koʻplab madrasalar, masjidlar va turli binolar qurilgan. Xususan, Zarafshon vodiysidagi dehqonchilikka katta eʼtibor qaratilib, Zarafshon daryosidan turli ariqlar (Qozonariq, Toyman arigʻi, Toʻgʻuzariq). Oqdaryo va Qoradaryodan yangi ariqlar chiqarilgan hamda boshqa sugʻorish inshootlari qurilgan. shahrining oʻzi Samarqandni qayta qurish tarkini chizgan. Sh. shaharda 24 ta mavze qurib, mamlakatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga aholini koʻchirib keltirgan.
1841—42 yillarda Buxoroga Rossiya elchisi qilib yuborilgan sharqshunos N. V. Xanikovning yozishicha, oʻsha vaqtda Samarqand baland devor bilan oʻralgan boʻlib, uning 6 ta darvozasi: Buxoro, Paykobod, Shohizinda, Qalandarxona, Soʻzangaron, Xoja Ahror boʻlgan. Kechalari shaharga kiribchiqish taqiqlangan. Shahar devorining aylanasi 13,9 km, uning umumiy maydoni esa 10,4 km²ni tashkil qilgan. Shaharda juda koʻp bogʻ, ariqzovur va hovuzlar, ikkita gʻishtin karvonsaroy va uchta hammom (2 tasi Xoja Axror hammomlari, bittasi Miri hammomi) faoliyat koʻrsatgan. Koʻchalar shaharning 6 ta darvozasini Registon maydoni bilan bogʻlagan. Bibixonim masjidi bilan Chorsu oʻrtasidagi koʻcha ancha serqatnov boʻlgan. Qoʻrgʻon shaharning gʻarbiy qismida boʻlib, uning uz. 3,2 km li tashqi devori va ikkita darvozasi boʻlgan. Qoʻrgʻonda hokim saroyi, sipohilar yashaydigan uylar joylashgan. Shahar aholisining soni 25—30 mingga yetgan.

Download 118.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling